Zerodol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ZERODOL®
ZERODOLUM®
Preparatning savdo nomi: Zerodol®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Umifenovir
Chiqarilish shakli: Kapsulalar 50 mg va 100 mg dan.
Farmakoterapevtik guruxi: Viruslarga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Viruslarga qarshi vosita. og‘ir o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS) bilan assosiasiyalangan A va V gripp viruslari, koronavirusni spesifik bostiradi. Viruslarga qarshi ta‘sir mexanizmi bo‘yicha qo‘shilish (fuziya) ingibitorlariga kiradi, gemagglyutinin bilan o‘zaro ta‘sir qiladi va virusning lipidli qobig‘ini hujayra membranalari bilan qo‘shilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. O‘rtacha immunomodullovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Interferonni induksiyalovchi faollikka ega, immunitetning gumoral va hujayraviy reaksiyalarini, makrofaglarning fagositar faoliyatini rag‘batlantiradi, organizmning virusli infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Virus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni rivojlanishini, shuningdek surunkali bakterial kasalliklarini zo‘rayishini kamaytiradi.
Virusli infeksiyalarda terapevtik samaradorligi umumiy intoksikasiyaning yaqqolligini va klinik ko‘rinishlarni kamayishi, kasallikning davomiyligini qisqarishi, asoratlarni rivojlanish havfini pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Kam zaharli preparatlarga (LD50>4 g/kg) kiradi. Tavsiya qilingan dozalarda peroral qo‘llanganida odam organizmiga hech qanday salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Tez so‘riladi va a‘zolar va to‘qimalar bo‘ylab taqsimlanadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 50 mg dozada qabul qilinganida 1,2 soatdan keyin, 100 mg dozada qabul qilinganda esa 1,5 soatdan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 17-21 soat. Tahminan 40% o‘zgarmagan holda, asosan o‘t-safro bilan (38,9%) va oz miqdorda preparatning (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda quyidagilarni oldini olish va davolash:
– A va V grippi, O‘RVI, og‘ir o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS) (shu jumladan bronxit, pnevmoniya bilan asoratlangan);
– ikkilamchi immuntanqislik holatlari;
– surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infeksiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Operasiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish va immun holatni me‘yorlashtirish.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalarini majmuaviy davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi. Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 dan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsuladan) qo‘llanadi.
Nospesifik profilaktika uchun:
Gripp va boshqa O‘RVI li bemorlar bilan bevosita muloqatda bo‘lganda:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg kuniga 1 marta 10-14 kun davomida buyuriladi.
Gripp va boshqa O‘RVI epidemiyasi davrida surunkali bronxitni zo‘rayishini, gerpetik infeksiyaning qaytalanishini oldini olish uchun:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg haftada 2 marta 3 hafta davomida buyuriladi.
– OO‘RS oldini olish uchun (bemorlar bilan muloqatda bo‘lganda): kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan kuniga bir marta 12-14 kun davomida buyuriladi.
Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg dan operasiyadan 2 sutka oldin, so‘ngra operasiyadan keyingi 2-5 kunlari buyuriladi.
Davolash uchun:
Gripp, asoratsiz boshqa O‘RVI:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida buyuriladi.
Gripp, asoratlar (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanishi bilan bo‘lgan boshqa O‘RVI:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida, so‘ngra bir martalik doza haftada 1 marta, 4 hafta davomida buyuriladi.
Og‘ir o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS):
– 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.
Surunkali bronxit, gerpetik infeksiyani majmuaviy davolashda:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 dan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg dan kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5-7 kun davomida, so‘ngra bir martalik doza haftada 2 marta, 4 hafta davomida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan bolalardagi rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyasini majmuaviy davolash:
– 3 yoshdan 6 yoshgacha – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan – 200 mg dan kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda – allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan buyurilganida salbiy samaralar aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va tibbiyot amaliyotida turli kasbdagi, shu jumladan yuqori diqqat va harakat koordinasiyasini talab qiladigan (transport haydovchilari, operatorlar va boshqalar) kasbdagi, amalda sog‘lom shaxslarda profilaktika maqsadlarida qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari