Apteka.uz
SavatKirish

Ziomitsin

Ziomitsin chiqarilish shakllari

ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
14 500 so'm dan
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
Retseptli
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
- Ziomitsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ziomitsinning tarkibi
- Ziomitsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ziomitsin narxi Toshkent dorixonalarida

Ziomitsin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZIOMISIN®

ZIOMYCIN

 

Preparatning savdo nomi: Ziomisin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin digidrati

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg va 500 mg azitromisinga ekvivalent bo‘lgan azitromisin digidrati;

yordamchi moddalar: PH101 mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfati, povidon K-90, tozalangan talk, magniy stearati, Opadray 04B520005 sariq.

Ta‘rifi:

250 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «A 250» gravirovkasi va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar.

500 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «A 500» gravirovkali va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar.

Farmakologik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Makrolidlar. Azitromisin.

ATX kodi: J01FA10

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Azitromisin azalidlar guruhiga mansub makrolid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi. Molekula A eritromisini halqasi laktoniga azot atomini qo‘shish yo‘li bilan tuziladi. Azitromisinning kimyoviy formulasi – 9-dezoksi-9a-aza-9a-metil-9a-gomoeritromisin A. Molekulyar massasi – 749,0. Azitromisinning ta‘sir mexanizmi ribosomaning 50s subbirligi bilan bog‘lanish yo‘li bilan oqsilni bakterial sintezini so‘ndirishga va translokasiya peptidini ingibisiya qilishga asoslangan.

Rezistentlik mexanizmi:

Azitromisinga chidamlilik xos bo‘lishi yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarda uchta asosiy: maqsadli uchastkani o‘zgartirish, antibiotikni yetkazib berishni o‘zgartirish va antibiotikni modifikasiya qilish rezistentlik mexanizmlari mavjud.

Azitromisin eritromisinga barqaror bo‘lgan grammusbat izolyatlar bilan kesishgan rezistentlikni namoyon qiladi. Vaqt o‘tishi bilan makrolidlarga beriluvchanlikni pasayishi xususan, Streptococcus pneumoniae va Staphylococcus aureus da qayd etilgan. Aynan shunday tarzda linkozamidlar tomonidan ham boshqa makrolidlarga qarshi sezuvchanlikni pasayishi streptokokkni Streptococcus viridans va Streptococcus agalactiae turlari (B guruhi) orasida kuzatilgan.

Chegaraviy ko‘rsatkichlar

EUCAST tomonidan e‘lon qilingan ma‘lumotlarga ko‘ra azitromisinga tipik bakterial patogenlar barqarorligining chegaraviy ko‘rsatkichlari:

Organizm MBK barqarorlik (mg/l)
Sezgirlik (S≤) Rezistentlik (R>)
Staphylococcus spp. 1 2
Streptococcus groups A, B, C va G 0,25 0,5
Streptococcus pneumoniae 0,25 0,5
Haemophilus influenzae 0,12 4
Moraxella catarrhalis 0,25 0,5
Neisseria gonorrhoeae 0,25 0,5

Sezgirlik

Orttirilgan rezistentlikning ustunligi alohida turlari uchun geografik jihatdan va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi mumkin va rezistentlik haqidagi mahalliy axborot, ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolashda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zaruratga qarab, rezistentlikning lokal tarqalganligi hech bo‘lmaganida infeksiyalarning ayrim turlari uchun dori vositasining foydaliligi noaniq bo‘lganida, ekspertlarning maslahatlariga murojaat qilish lozim.

Azitromisinning antibakterial doirasi jadvali

Odatda beriluvchan turlari
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Metisillinga sezgir tillarang stafilokokk
Penisillinga sezgir pnevmokokk
Piogen streptokokk (A guruhi)
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Haemophilus influenza, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida
Anaerob mikroorganizmlar
Clostridium perfringens, Fusobacterium spp. Prevotella spp. Porphyromonas spp.
Boshqa mikroorganizmlar
Traxomatis xlamidiyalari
Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlari
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Pnevmokokk

Penisillin-oraliq

Penisillin-rezistent

Ajralmas chidamli organizmlar
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Fekal enterokokklar
MRSA, SEPsS* stafilokokklari
Anaerob mikroorganizmlar
O‘zgaruvchan guruhdagi bakteroidlar

* Metisillinga chidamli bo‘lgan stafilokokklar makrolidlarga nisbatan orttirilgan rezistentlikning juda keng tarqalishiga ega bo‘lib, ular azitromisinga kam holda sezgir bo‘lganligi sababli bu yerda joylashtirilgan.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Peroral qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi taxminan 37% ni tashkil etadi. Qon plazmasida konsentrasiyaning eng yuqori ko‘rsatkichiga dori vositasi qabul qilinganidan keyin 2-3 soat o‘tgach erishiladi.

Taqsimlanishi

Peroral qabul qilinganida azitromisin butun organizm bo‘ylab keng taqsimlanadi. Farmakokinetik tadqiqotlarda to‘qimalarda aniqlangan azitromisin konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan sezilarli darajada (50 marta) yuqoriligi ko‘rsatilgan, ushbu holat vosita to‘qimalar bilan mustahkam bog‘lanishidan dalolat beradi.

Zardob oqsillari bilan bog‘lanish plazmadagi konsentrasiyaga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi va azitromisin/zardobning 0,5 mkg/ml da 12% dan 0,05 mkg/ml da 52% gachani tashkil etadi. Barqaror holatda taqsimlanishning o‘rtacha hajmi (VVss) 31,1 l/kg sifatida hisoblangan.

Chiqarilishi

Plazmadan yarim chiqarilishning yakuniy davri to‘qimalardan yarim chiqarilish davriga aniq mos keladi va 2-4 kunni tashkil etadi.

Azitromisinning vena ichiga yuborilgan dozasining taxminan 12% siydikda o‘zgarmagan ko‘rinishda keyingi uch kun davomida organizmdan chiqariladi. Ayniqsa o‘zgarmagan azitromisinning yuqori konsentrasiyalari odam safrosida aniqlangan. Shuningdek dezozamin- va aglikon halqalarini N- va O-demetilizasiyasi, gidroksilizasiyasi hamda kon‘yugat kladinozasini parchalash yo‘li bilan hosil qilingan o‘nta metabolit safroda aniqlangan. Suyuqlik xromatografiyasi va mikrobiologik tahlillar natijalarini taqqoslash azitromisin metabolitlari mikrobiologik jihatdan faol emasligini ko‘rsatdi.

 

Qo‘llanilishi

  • LOR-a‘zolari infeksiyalarida (sinusit, faringit, tonzilit, otit);
  • nafas yo‘llari infeksiyalari: o‘tkir bronxit, interstisial va alveolyar pnevmoniyada;
  • Helicobacter Pylori bilan bog‘liq me‘da va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklarida;
  • teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema (erta Laym kasalligi), saramas, impetigo, ikkilamchi piodermiyalar, dag‘al husnbuzarlarning murakkab shakllarini davolashda);
  • tanosil kasalliklarida (shu jumladan urogenital xlamidioz, asoratlanmagan uretrit va xlamidioz oqibatida servisit) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ziomisin® ni har doim ovqatlanishdan bir soat oldin yoki ovqatlangandan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilish lozim, chunki ovqat bilan birga qabul qilish azitromisinning so‘rilishini pasaytiradi. Preparatni kuniga 1 marta qabul qilish lozim.

Kattalar va tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalar:

LOR-a‘zolari va nafas yo‘llari infeksiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema bundan mustasno): 500 mg (250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka bir marta) 3 kun davomida har kuni qabul qilinadi.

Surunkali ko‘chib yuruvchi eritemada: 5 kun davomida kuniga bir marta, birinchi kun 1 g (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka), so‘ngra esa ikkinchi kundan beshinchi kun ichida 500 mg (250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka) qabul qilinadi.

Tanosil kasalliklarida: 1 g bir marotaba (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka) qabul qilinadi.

Me‘da yara kasalliklarida: uch kun davomida kuniga bir marta 1 g (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka) antisekretor agenti va shifokor tomonidan buyurilgan boshqa dori preparatlari bilan qabul qilinadi.

Oddiy husnbuzarlarda: davolash kursining dozasi 6 g ni tashkil etadi. Davolashning tavsiya etiladigan tartibi: birinchi 3 kunda 250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka kuniga 1 marta, keyingi 9 hafta davomida –250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka haftada 1 marta buyuriladi, bunda ikkinchi haftada tabletkalarni oxirgi qabul qilinishidan keyin 7 kun qabul qilinadi.

Tana vazni 25 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalar:

Tana vazni 25 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalarda 250 mg Ziomisin® preparatini tana vaznining har bir kilogrammiga 10 mg hisobidan kelib chiqqan holda 3 kun davomida buyurish tavsiya etiladi. Tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga kattalar uchun mo‘ljallangan doza buyuriladi.

Agar birinchi dozani qabul qilish vaqti o‘tib ketgan bo‘lsa, uni imkon qadar tezroq qabul qilish zarur va keyingi dozani 24 soatlik interval bilan qabul qilish kerak.

Keksa yoshdagi odamlar va buyrak funskiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish zarur, chunki azitromisin eng avvalo jigarda metabolizmga uchraydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Azitromisin qabul qilinganidan keyin nojo‘ya samaralar kam hollarda uchraydi.

Quyida klinik sinovlar va postmarketing kuzatuvlar davomida aniqlangan nojo‘ya reaksiyalar tizimlar va a‘zolar hamda uchrash tez-tezligi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan. Postmarketing davrda aniqlangan nojo‘ya reaksiyalar kursiv bilan berilgan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha guruhlar quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Har bir guruhda noxush samaralar jiddiyligi kamayib borgan holda taqdim etilgan.

Klinik sinovlar va postmarketing nazorat asosida aniqlangan yuz berishi mumkin bo‘lgan yoki azitromisin bilan ehtimol bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar:

Infeksiyalar va invaziyalar

Tez-tez emas: kandidoz, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, vaginal infeksiyalar.

Noma‘lum: soxtamembranoz kolit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Qon va limfatik tizimi

Tez-tez emas: leykopeniya, neytropeniya.

Noma‘lum: trombositopeniya, gemolitik anemiya.

Immun tizimini buzilishlari

Tez-tez emas: Kvinke shishi, yuqori sezuvchanlik.

Noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Metabolizm va oziqlanishni buzilishi

Tez-tez: anoreksiya.

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez emas: asabiylik.

Kam hollarda: ajitasiya.

Noma‘lum: tajovuzkorlik, havotirlik.

Nerv tizimini buzilishlari

Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, disgevziya.

Tez-tez emas: Hypoaesethesia, uyquchanlik, uyqusizlik.

Noma‘lum: hushdan ketishlar, konvulsiyalar, psixomotor giperfaollik, anosmiya, agevziya, parosmia, miasteniya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Ko‘z kasalliklari

Umumiy: ko‘rishning buzilishi.

Eshitishni va labirint buzilishlari

Tez-tez: karlik.

Tez-tez emas: eshitishning buzilishi, quloqlarda shovqin.

Kam hollarda: bosh aylanishi.

Yurak kasalliklari

Tez-tez emas: yurakning urib ketishi.

Noma‘lum: Torsades de pointes («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), aritmiya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi.

Qon tomir kasalliklari

Noma‘lum: gipotoniya.

Me‘da-ichak buzilishlari

Juda tez-tez: diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm.

Tez-tez: qusish, dispepsiya.

Tez-tez emas: gastrit, qabziyat.

Noma‘lum: pankreatit, tilni rangsizlanishi.

Gepatobiliar tizim tomonidan kasalliklar

Tez-tez emas: gepatit.

Kam hollarda: jigarning anomal funksiyasi.

Noma‘lum: kam hollarda o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi («Maxsus ogohlantirishlar va qo‘llanilishida ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang), gepatit, jigarning shiddatli nekrozi, xolestatik sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimasining buzilishlari

Tez-tez: qichishish va toshma.

Tez-tez emas: Stivens-Djonson sindromi, yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyalari, eshakemi.

Noma‘lum: toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklari

Tez-tez: artralgiya.

Buyrak kasalliklari va siydik yo‘llari kasalliklari

Noma‘lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstisial nefrit.

Umumiy buzilishlar va qo‘llash joyidagi holatlar

Tez-tez: toliqish.

Tez-tez emas: ko‘krakda og‘riq, shishlar, lohaslik, asteniya.

Tekshiruvlar

Tez-tez: limfositlar miqdorini kamayishi, eozinofillar miqdorini oshishi, qonda bikarbonatni pasayishi.

Tez-tez emas: aspartat aminotransferazani oshishi, alanin aminotransferazani oshishi, qonda bilirubinni oshishi, qonda mochevinani oshishi, qonda kreatininni oshishi, qonda kaliyning anomal miqdori.

Noma‘lum: elektrokardiogrammada QT ni uzayishi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

  • azitromisin, makrolid antibiotiklari yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • jigar va buyrak funksiyasining jiddiy buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar: antasid va azitromisinni bir vaqtda qabul qilinishi ta‘sirini o‘rganishga doir farmakokinetik tadqiqotlar, garchi zardobdagi cho‘qqi konsentrasiyalari taxminan 24% ga pasayishiga qaramay, umumiy biokiraolishligiga ta‘sirning mavjud emasligini ko‘rsatdi. Azitromisin va antasidni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar preparatlarni bir vaqtda qabul qilmasliklari kerak.

Setirizin: Sog‘lom ko‘ngillilarda stasionar holatda azitromisinning 5 kunlik kursini setirizin bilan 20 mg miqdorda bir vaqtda yuborilishi farmakokinetik o‘zaro ta‘sirga va QT intervalida biron-bir muhim o‘zgarishlarga olib kelmagan.

Didanozin (Didezoksiinozin): oltita OITV-musbat bemorlarga sutkada 1200 mg dozada azitromisinni sutkada 400 mg dozadagi didanozin bilan birga yuborilishi plasebo bilan taqqoslanganda didanozinning aniqlangan farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmagan.

Digoksin: Ayrim makrolid antibiotiklar ayrim pasientlarda ichakda digoksinning mikrobli metabolizmini pasaytirganligi haqida xabar berilgan. Azitromisin, azalid antibiotigi va digoksinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda digoksin darajasi oshishi mumkin.

Zidovudin: Azitromisinning yagona 1000 mg li dozasi va 1200 mg li yoki 600 mg li bir necha dozalari plazma farmakokinetikasiga yoki zidovudinni yoki uning metaboliti bo‘lgan glyukuronidni siydik bilan chiqarilishiga sezilarli bo‘lmagan ta‘sirni ko‘rsatadi. Shunga qaramay, azitromisinni yuborilishi periferik qonning mononuklear hujayralarida fosforlangan zidovudin, klinik faol metabolit konsentrasiyalarini oshiradi. Ushbu faktning klinik ahamiyati noaniq, ammo bu pasientlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Azitromisin jigardagi sitoxrom R450 tizimi bilan sezilarli o‘zaro ta‘sirlashmaydi. Eritromisin va boshqa makrolidlar bilan yuzaga keladigan dorilarning farmakokinetik o‘zaro ta‘siri mavjud emasligi taxmin qilinmoqda. Jigarni P450 sitoxromi bilan induksiyalash yoki sitoxrom-metabolit kompleksi yordamida faolsizlanishi azitromisin bilan yuzaga kelmaydi.

Shoxkuya hosilalari: Nazariy jihatdan ergotizm yuzaga kelishi ehtimoli tufayli, azitromisinni shoxkuya hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

O‘zaro ta‘sirlashishga doir farmakokinetik tadqiqotlari azitromisin va quyida ta‘riflangan preparatlar o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur preparatlar ma‘lumki sitoxrom R450 vositasida sezilarli metabolizmga uchraydi.

Atorvastatin: Atorvastatinni (har kuni 10 mg) va azitromisinni (kuniga 500 mg) birga yuborilishi atorvastatinning plazmadagi konsentrasiyasini (3-gidroksi-3-metilglyutaril-koferment A reduktaza ingibitori bilan ingibisiya qilish tahliliga asoslangan) o‘zgartirmaydi.

Karbamazepin: Sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik o‘zaro ta‘sirni o‘rganish jarayonida birga azitromisinni qabul qilayotgan pasientlarda karbamazepin yoki uning faol metabolitining plazmadagi darajalariga hech qanday sezilarli ta‘sir kuzatilmagan.

Simetidin: azitromisin qabul qilinishidan 2 soat oldin qabul qilingan simetidinnig bir martalik dozasini azitromisin farmakokinetikasiga ta‘sirini o‘rganishga doir farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin farmakokinetikasida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlar: farmakokinetik o‘zaro ta‘sirni o‘rganish jarayonida azitromisin sog‘lom ko‘ngillilarga yuboriladigan varfarinning bir martalik 15 mg dozasining antikoagulyant ta‘sirini o‘zgartirmasligi aniqlangan. Postmarketing davrda olingan xabarlarga ko‘ra azitromisin va kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlar birga yuborilganidan keyin antikoagulyantlikni oshishi aniqlangan. Garchi, sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlarda azitromisin qo‘llanilganida protrombin vaqti monitoringini o‘tkazish tez-tezligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim.

Siklosporin: 3 kun davomida sutkada 500 mg dozada azitromisin peroral yuborilgan, so‘ngra bir marta 10 mg/kg dozada siklosporin peroral yuborilgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar natijasida olingan siklosporinning Cmax va AUC0-5 ko‘rsatkichlari sezilarli darajada (muvofiq ravishda 24% va 21% ga) oshgan, biroq AUC0-∞ ko‘rsatkichida hech qanday sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. Demak, ushbu preparatlarni bir vaqtda yuborish masalasini ko‘rib chiqilayotganda ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim. Agar ushbu preparatlarni birga yuborish zarur bo‘lsa, siklosporin darajasini nazorat qilish lozim va dozalarga tegishli ravishda tuzatishlar kiritilishi kerak.

Efavirens: Azitromisinning 600 mg li bir martalik dozasini va 7 kun davomida bir kunda efavirensning 400 mg li dozasini birga yuborilishi klinik jihatdan ahamiyatli hech qanday farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlarga olib kelmagan.

Flukonazol: Azitromisinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi flukanazolning 800 mg li bir martalik dozasi farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Azitromisinning umumiy ekspozisiyasi va yarim parchalanish davri flukanazolni birga yuborilganidan keyin o‘zgarmaydi, biroq azitromisinning Cmax ko‘rsatkichini klinik jihatdan sezilarli bo‘lmagan pasayishi (18%) kuzatilgan.

Indinavir: Azitromisinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi indanavirni 5 kun davomida kuniga 3 marta 800 mg yuborilganida indanavir farmakokinetikasiga statistik jihatdan sezilarli ta‘sir bo‘lmagan.

Metilprednizolon: Sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik o‘zaro ta‘siri o‘rganilganida, azitromisin metilprednizolonning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Midazolam: Sog‘lom ko‘ngillilarda azitromisinni 3 kun davomida sutkada 500 mg dozada birga yuborilishi midazolamning bir martalik dozasi farmakokinetikasi va farmakodinamikasida klinik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmagan.

Nelfinavir: Azitromisinni (1200 mg) va nelfinavirni barqaror holda (kuniga uch marta 750 mg) birga yuborilishi azitromisin konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Hech qanday klinik jihatdan sezilarli nojo‘ya samaralar kuzatilmagan va dozaga hech qanday tuzatish kiritish talab qilinmagan.

Rifabutin: Azitromisin va rifabutinni birga qo‘llanilishi zardob yoki preparat konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Azitromisin va rifabutin bilan birga davolanayotgan pasientlarda neytropeniya kuzatilgan. Garchi neytropeniya rifabutinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, azitromisin majmuasi bilan sabab bog‘liqligi aniqlanmagan («Nojo‘ya samaralari» bo‘limiga qarang).

Sildenafil: Normal sog‘lom erkak ko‘ngillilarda sildenafil yoki uning aylanib yuruvchi asosiy metabolitining AUC va Cmax ko‘rsatkichlariga azitromisinning (3 kun davomida kuniga 500 mg) ta‘sirini isbotlovchi hech qanday dalillar kuzatilmagan.

Terfenadin: Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin va terfenadin o‘rtasida o‘zaro ta‘sirlarni isbotlovchi hech qanday dalillar aniqlanmagan. Bunday o‘zaro ta‘sirlar ehtimoli to‘liq istisno qilib bo‘lmaydigan kam uchraydigan hollar haqida xabar berilgan; biroq bunday o‘zaro ta‘sir mavjud bo‘lganligini isbotlovchi hech qanday aniq dalillar bo‘lmagan.

Teofillin: azitromisin va teofillinni sog‘lom ko‘ngillilarga birga yuborilganidan keyin klinik ahamiyatga ega farmakokinetik o‘zaro ta‘siriga doir hech qanday dalillar yo‘q.

Triazolam: 14 ta sog‘lom ko‘ngillilarga birinchi kunda 500 mg va ikkinchi kunda 250 mg azitromisinni hamda ikkinchi kunda 0,125 mg triazolamni birga yuborilishi triazolam va plasebo bilan taqqoslanganda triazolamning biron-bir farmakokinetik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Trimetoprim/sulfametoksazol: trimetoprim/sulfametoksazol DS ni (160 mg/800 mg) 7 kun davomida 1200 mg azitromisin bilan birga yuborilishi 7-kunda trimetoprimni ham va sulfametoksazolni ham cho‘qqi konsentrasiyalariga, umumiy ta‘siriga siydik bilan ajratilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmagan. Zardobda azitromisinning konsentrasiyalari boshqa tadqiqotlarda kuzatilgan konsentrasiyalarga aynan o‘xshash bo‘lgan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Yuqori sezuvchanlik

Eritromisin va boshqa makrolidlar qo‘llanilganida kam uchraydigan jiddiy allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaksiya (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) kuzatilgan. Azitromisin bilan ushbu reaksiyalardan ayrimlari qaytalanuvchi simptomlarga va uzoqroq muddat davomida kuzatish va davolashga ehtiyojlarga olib kelgan.

Gepatotoksiklik

Jigar azitromisinni organizmdan chiqarishning asosiy yo‘li bo‘lganligi sababli, azitromisinni jigarning ahamiyatli kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Azitromisin qo‘llanilganida hayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi yashin tezligidagi gepatit hollari qayd etilgan («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Ayrim pasientlar, ehtimol, anamnezda jigar kasalliklariga ega bo‘lgan yoki ehtimol, boshqa gepatotoksik dori vositalarini qabul qilgan.

Sariqlik bilan bog‘liq tezda rivojlanuvchi asteniya, siydikning qora rangda bo‘lishi, qon ketishlarga yoki jigar ensefalopatiyasiga moyillik kabi jigar funksiyasini buzilishlarining belgilari va simptomlari yuzaga kelganida jigar funksiyasiga oid tahlillar/tadqiqotlar darhol amalga oshirilishi kerak. Agar jigar funksiyasining buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, azitromisinni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

Shoxkuya hosilalari

Shoxkuya hosilalarini qabul qilayotgan pasientlarda ergotizm ayrim makrolid antibiotiklarni birga qabul qilish bilan tezlashadi. Shoxkuya va azitromisin o‘rtasida o‘zaro ta‘sir ehtimoli yuzasidan hech qanday ma‘lumotlar yo‘q. Shunga qaramay, nazariy jihatdan ergotizm ehtimoli mavjudligi tufayli, azitromisin va shoxkuya hosilalari birga qo‘llanilmasligi kerak.

QT intervalini uzayishi

Boshqa makrolidlar bilan davolashda uzoq muddatli yurak repolyarizasiyasi va yurak aritmiyasi hamda torsades de pointes rivojlanishi xavfini tug‘diruvchi QT intervali kuzatilgan. Yurakni uzoq muddatli repolyarizasiyasi rivojlanishi yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda azitromisin bilan bunday ta‘sirni to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang), shu sababli quyidagi hollarda:

  • tug‘ma yoki hujjatlashtirilgan QT intervali uzayishi bo‘lgan bemorlarni davolashda;
  • Ia va III sinfidagi antiaritmik preparatlar, sizapridom va terfenadin kabi QT intervalini uzaytirishga qodir boshqa faol moddalar bilan mazku
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Ziomitsin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Ziomitsin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
36 800 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
39 000 so'm
Bron qilish
OxyMed
Mirobod tumani, Mehrjon ko'ch., 45 uy
24/7
33 777 so'm
Buyurtma berish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
34 900 so'm
Buyurtma berish

Ziomitsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ziomitsin haqida savollar

Ziomitsin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil