Динфлазон

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Dinflazon

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Dinflazon»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 100 ml sirop tarkibida):


Faol moddalar

1

Qalampir yalpiz ekstrakti

1,33 g.

2

Tog‘rayxon ekstrakti

2,66 g.

3

Oddiy fenxel ekstrakti

3,99 g.

4

Moychechak ekstrakti

1,33 g.

5.

Dorivor valeriana ekstrakti

1,33 g.

6.

Arpabodiyon  ekstrakti

2,66 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 100 ml ga yetgunicha.


Ta’rifi: Sirop. Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin sariqdan – yashil ranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan yel haydovchi preparat.BFQ.

Farmakologik xususiyatlari:

Dorivor o‘simliklar ekstraktlaridan tayorlangan spazmolitik vosita, o‘t haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, gaz haydovchi ta’sirga ega. Me’da va ichaklarda hazimlanish jarayonida motor va sekretor funksiyasini stimullaydi. Me’da va ichak sanchiqlarida spazmni kamaytiradi.

Qo'llanilishi:

Oshqozon ichak trakini funksional buzilishlarida (meteorizm, ich qotishlarida, oshqozon ichak traktining matorikasini buzilishlarida).

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

3 yoshgacha 1,25 ml dan kuniga 2 mahal.

3-6 yosh bolalarda 2,5 ml dan kuniga 2 mahal.

6-12 yosh bolalarda 5ml dan kuniga 2 mahal.

Bolalarda 12 yoshdan boshlab va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.Davolash kursini davomiyligi 10 kun. Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin. Kurs davomiyligi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan sirop 100 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo'lgan

haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston