Apteka.uz
SavatKirish

AMBSET sirop 100ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Ambroksol, Setirizin
Ishlab chiqaruvchi:Fourrts (India) Laboratories Pvt. Ltd
ATX kodi:R05CA
Barcha Ambtset dorilari
24 ta dorixonada bor
Narxi 56 100 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 24 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AMBSET sirop 100ml qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Preparatning so'rilishi tez va yetarlicha to'liq, terapevtik diapazonda chiziqli bog'liqlik bilan. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga 30 daqiqa – 3 soatdan keyin erishiladi. Plazmada preparatning taxminan 90 % proteinlar bilan bog'lanadi. Preparatning qon va to'qimalar o'rtasida taqsimlanishi tez sodir bo'ladi, o'pkada faol moddalarning yuqori kontsentratsiyasi kuzatiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil qiladi; to'qimalarda to'planish aniqlanmagan. Preparat asosan jigarda kon'yugatsiya yo'li bilan metabollanadi. Preparatning taxminan 90 % buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Preparat ambroksol gidroxloridi va setirizin gidroxloridini saqlovchi noyob majmuaviy preparat hisoblanadi. Ambroksol gidroxloridi – mukolitik vosita, bronxosekretolitik, sekretomotor (balg'am ko'chiruvchi) ta'sirga ega. Surfaktant hosil bo'lishini rag'batlantiradi, o'zgargan bronx-o'pka sekretsiyasini me'yorlashtiradi, balg'amning reologik ko'rsatkichlarini yaxshilaydi, uning qovushqoqligi va yopishqoq xususiyatlarini kamaytiradi, mukotsiliar transportni oshiradi, balg'amning bronxlardan chiqishini osonlashtiradi. Preparat sekretning ortiqcha hosil bo'lishini keltirib chiqarmaydi, bronxlar giperreaktivligini kamaytiradi. Setirizin gidroxloridi selektiv periferik gistamin H1-retseptorlari blokatori, gidroksizin metaboliti, antigistamin, antiallergik ta'sir ko'rsatadi. Allergik reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta'sirga ega. Allergik reaktsiyalarning erta bosqichiga ta'sir qiladi, shuningdek yallig'lanish hujayralari migratsiyasini kamaytiradi; kech allergik reaktsiyada ishtirok etuvchi mediatorlar ajralishini susaytiradi. Kapillarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalar shishi rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini yo'qotadi. Gistamin, o'ziga xos allergenlar yuborilishiga, shuningdek sovutishga (sovuq eshakemida) teri reaktsiyasini bartaraf etadi. Yengil kechuvchi bronxial astmada gistamin chaqirgan bronxokonstriktsiyani kamaytiradi. Tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda deyarli sedativ samaraga ega emas va deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish trakti tomonidan:
- ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, epigastral sohada noqulaylik, jig'ildon qaynashining yengil ko'rinishlari;

Allergik reaksiyalar:
- teri toshmasi, qichishish, eshakemi, yakka holatlar – kontakt dermatit, Kvinke shishi, anafilaktik shok, juda kam hollarda teri shikastlanishlari (Stivens-Jonson sindromi va Layell sindromi) haqida xabar berilgan;

Boshqalar:
- holsizlik, bosh og'rig'i, charchoq, migren.

Maxsus saqlash sharoitlari

Siropni cho'zilgan kasalliklarda uzoq muddatli terapiya sifatida ishlatmaslik kerak. Agar preparat samarasi qisqa muddat qo'llanilgandan keyin arzimas bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar balg'am ajralishi va yo'tal davolashning 2 haftasidan keyin kamaymasa, bunday turg'unlik sababini aniqlash va nafas yo'llarining ehtimoliy xavfli kasalligini istisno qilish uchun terapevt bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlar davolash davrida sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak. Bronxospazm yuzaga kelganda, preparat bilan terapiyani darhol to'xtatib turish kerak.

Siropni anamnezida peptik yarasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki preparat bilan bog'liq ko'ngil aynishi va qusish oshqozon-ichakdan qon ketish xavfini oshiradi, shuningdek mukolitik oshqozon shilliq qavatini buzishi mumkinligi nazariy xavfi tufayli.

Siropni qo'llashni teri allergik testini o'tkazishdan bir necha kun oldin to'xtatish kerak, chunki preparat allergen ekstraktlariga teri gistamin javobini bostirishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ambtset preparatning biron-bir ingredientiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga mumkin emas.
Homilador va emizikli ayollarda xavfsizligi aniqlanmaganligi sababli, homiladorlik va emizish davrida Preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni 2 yoshdan kichik bolalarga tayinlash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ambroksolni antibiotiklar: amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin, doksitsiklin bilan bir vaqtda qo'llash o'pka to'qimasida antibiotiklar kontsentratsiyasining oshishiga yordam beradi.

Preparatni yo'talga qarshi faollikka ega dori vositalari (masalan, kodein saqlovchi) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki yo'tal kamayishi fonida bronxlardan balg'am chiqishi qiyinlashadi.

Ambroksolni yurak glikozidlari, diuretiklar bilan birga qo'llash mumkin.

Hozirgi vaqtgacha setirizinning alkogol bilan o'zaro ta'siri to'g'risida ma'lumotlar olinmagan, shunga qaramay, setirizin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

2-6 yoshdagi bolalarga 2,5 ml dan sutkasiga 3 marta.
6-12 yoshdagi bolalarga 5 ml dan sutkasiga 2-3 marta.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 10 ml dan kuniga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AMBSET sirop 100ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Analoglar AMBSET sirop 100ml
Analoglari yo'q

AMBSET sirop 100ml haqida savollar

AMBSET sirop 100ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil