AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100

AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100 o'xshash dorilari


AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100 qo'llanmasi
Amitriptilin me'da-ichak traktida yaxshi so'riladi, peroral qo'llanilgandan so'ng qondagi maksimal kontsentratsiyaga 6 soat ichida erishadi. Qondagi terapevtik kontsentratsiya 100-250 ng/ml ni tashkil qiladi. Amitriptilinning biologik kira olishligi turli yuborish yo'llarida 30-60% ni tashkil qiladi. Amitriptilin me'da-ichak trakti harakatchanligini kamaytirib, o'z so'rilishini sekinlashtiradi, ayniqsa dozani oshirib yuborishda.
Gematoensefalik to'siq, yo'ldosh orqali oson o'tadi va ko'krak sutiga tushadi.
Preparatga tizim oldi metabolizmi xos, jigarda u taxminiy faol metabolit – nortriptilingacha demetillanadi. Aminotriptilinning boshqa biotransformatsiya turlari – gidroksillanish va N-oksidlanish. Nortriptilin bilan shunga o'xshash o'zgarishlar kuzatiladi. Amitriptilin va nortriptilin organizmda yaxshi tarqaladi va katta darajada (90% gacha) plazma va to'qima oqsillari bilan bog'lanadi. Amitriptilin siydik bilan asosan metabolitlar ko'rinishida ham erkin, ham konyugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 9 - 25 soatni tashkil qiladi va dozani oshirib yuborishda sezilarli darajada uzayadi.
Alohida individlarda plazmadagi amitriptilin va nortriptilin kontsentratsiyasi o'zgaruvchan, doza va terapevtik ta'sir o'rtasidagi korrelyatsiya yo'q.
Og'iz qurishi, qorachiqning kengayishi, akkomodatsiya buzilishi, siydik tutilishi, uyquchanlik, bosh aylanishi, qo'llar qaltirashi, paresteziyalar, allergik reaksiyalar, aritmiyalar. Bunday hollarda preparat dozasi kamaytiriladi.
Homiladorlikda qo'llanilishi va laktatsiya davri
Amitriptilin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Preparatning MNS, limbik tizimga noxush ta'siri yoki onalari homiladorlik davrida amitriptilin qo'llagan yangi tug'ilgan chaqaloqlar rivojlanishi buzilishlari haqida alohida xabarlar mavjud. Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llashga faqat kechiktirib bo'lmaydigan holatlarda shifokor ko'rsatmasi bo'yicha yo'l qo'yiladi.
Amitriptilinni qo'llash vaqtida bolani emizishni to'xtatish kerak. Amitriptilin ona suti bilan ajralib chiqadi. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, 100 mg/kun amitriptilin olgan va emizadigan onaning qon plazmasida preparat darajasi 83-141 ng/ml ga, sutda esa – 135-151 ng/ml ga yetadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar qon plazmasida amitriptilin mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Amitriptilin transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin (diqqat, harakat faolligi va tezkor tanlash qobiliyatiga qaytuvchan ta'sir qiladi).
Preparatni qo'llash vaqtida xavf bilan bog'liq bo'lgan va epchillik hamda tezkor reaksiyani talab qiladigan ishlardan saqlanish kerak.
Amitriptilinga va/yoki ushbu preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
o'tkir miokard infarkti davri;
aritmiyalar (ayniqsa yurak blokadasi);
16 yoshgacha bo'lgan bolalar;
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda.
Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash og'ir nojo'ya samaralar (giperpiretik kriz, tirishishlar) va hatto o'limga olib kelishi mumkin.
Amitriptilinni xolinoblokatorlar yoki neyroleptik vositalar bilan kombinatsiyada giperpireksiya holatlari ta'riflangan. Tritsiklik antidepressantlar (TTA) xolinoblokatorlar bilan kombinatsiyada shuningdek paralitik ileusni chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni simpatomimetik preparatlar (masalan, adrenalin, efedrin, izoprenalin, noradrenalin, fenilefrin va fenilpropanolamin va b.), shuningdek anestetiklar bilan birga qo'llash yurak aritmiyasi va gipotenziyani chaqiradi.
Metilfenidat tritsiklik antidepressantlar metabolizmini kechiktirishi mumkin.
Amitriptilinni amiodaron, pimozid yoki terfenadin bilan bir vaqtda qo'llash yurak ventrikulyar aritmiyasi xavfini oshiradi (bir vaqtda qo'llashdan saqlanish).
Amitriptilin guafenezin ta'sirini kamaytirishi mumkin. Amitriptilin klonidinning gipotenziv samarasini susaytiradi, buning ustiga oxirgi bekor qilingandan keyin gipotenziya xavfi ortadi.
Preparat alkogol, barbituratlar va boshqa MNT depressantlari ta'sirini kuchaytiradi. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni bir vaqtda qo'llash bemorning tirishish bo'sag'asini pasaytiradi.
Tramadol tritsiklik antidepressantlar bilan birgalikda MNT intoksikatsiyasi xavfini oshiradi.
Amitriptilin disulfiram bilan bir vaqtda qo'llanilganda deliriy xavfi mavjud.
Simetidin jigarda tritsiklik antidepressantlar metabolizmini kechiktiradi va ularning nojo'ya samaralarini kuchaytiradi.
Rifampitsinni qo'llash, ehtimol, plazmada amitriptilin konsentratsiyasini kamaytiradi va uning antidepressant samarasini susaytiradi.
Ritonavir, ehtimol, plazmada antidepressant konsentratsiyasini oshiradi.
Amitriptilinni etxlorvinol bilan katta dozalarda birga qo'llash deliriy chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni elektroshok bilan birga tayinlash xavfli.
Agar Siz qandaydir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, preparatni qo'llashni boshlashdan oldin bu haqda shifokorga xabar bering.
Ichga qo'llaniladi. Dozalar kasallik simptomlari va bemorning yoshiga qarab tanlanadi, asta-sekin sutkalik dozaga yetkaziladi.
Ambulator davolanishda sutkalik doza odatda 75 mg ni tashkil qiladi, u bir necha bir martalik dozalarga bo'linadi (yoki bir marta kechqurun qo'llaniladi). Zarurat bo'lganda dozani maksimalgacha, ya'ni sutkasiga 150 mg gacha oshirish mumkin. Preparat sutkalik dozasining katta qismini kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun qo'llash tavsiya etiladi. Optimal terapevtik samaraga 30 kun ichida erishiladi.
Muqobil davolash usuli – 50-100 mg bir martalik doza tungi uyqudan oldin. Bu dozani maksimal sutkalik doza – 150 mg dan oshirmagan holda asta-sekin 25 yoki 50 mg ga oshirish mumkin.
Stasionarda davolashni kuniga 100 mg dozadan boshlash mumkin, sutkalik dozani asta-sekin 200 mg gacha oshirib. Kamdan-kam hollarda dozani kuniga 300 mg gacha oshirish zarurati bo'lishi mumkin.
Bolalarga qo'llanilishi. Amitriptilinning ta'sirini o'rganish o'tkazilmagan, shuning uchun depressiyani davolash uchun preparatni faqat 16 yoshdan katta yoshda qo'llash mumkin.
Keksalar va o'smirlar. Amitriptilinning sutkalik dozasi odatda kuniga 3 marta 10 mg va tungi uyqudan oldin 20 mg ni tashkil qiladi.
Ushlab turuvchi terapiya holatida amitriptilinning sutkalik dozasi 50 - 100 mg ni tashkil qiladi. Ayrim hollarda u kamroq bo'lishi mumkin – 40 mg. Sutkalik doza odatda kechqurun uyqudan oldin qo'llaniladi. Optimal terapevtik samaraga erishilgandan so'ng, sutkalik dozani kasallik alomatlarini bartaraf etuvchi minimal dozagacha asta-sekin kamaytiradilar. Ushlab turuvchi terapiya 3 oy va undan ko'proq davom etadi.
Agar siz navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, uni eslashingiz bilanoq darhol qabul qiling. Agar keyingi dori qabul qilish vaqti yaqinlashib qolgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Dorini shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring va dozani ikki baravar oshirmang.
Amitriptilin boshqa chiqarish shakllari





AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100 analoglari











