Apteka.uz
SavatKirish

ANZIBEL tabletkalari N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Nobel Pharmsanoat, IP OOO
ATX kodi:R02
Barcha Anzibel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANZIBEL tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Benzokain – kimyoviy tuzilishiga ko'ra 4-aminobenzoy kislotasining murakkab efiri bo'lgan mahalliy anesteтик, ko'pchilik mahalliy anestetiklar kabi, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavati orqali tez so'riladi, asosan qon plazmasida va kamroq darajada jigarda esteraza fermenti ta'sirida gidrolizlanadi, oz miqdori plazma oqsillari bilan bog'lanadi.
Xlorgeksidin, o'zining kation faol tabiati tufayli, teri, shilliq qavat va boshqa to'qimalar bilan mustahkam bog'lanadi va shu tariqa juda yomon so'riladi. Ichga qabul qilingandan so'ng qon plazmasida xlorgeksidin kontsentratsiyasi aniqlanmaydi.
Enoksolon – glitsirrizin kislotasidan ajratib olingan kompleks triterpen bo'lib, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Farmakologik ta'siri

ANZIBEL shimish uchun tabletkalari xlorgeksidinning antiseptik samarasi, enoksolonning bukkofaringeal (yonoq-halqum) shilliq qavatiga yallig'lanishga qarshi samarasi va benzokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi samarasi hisobiga og'iz bo'shlig'i va tomoqning og'iz-halqum sohasida mahalliy ta'sirlanish ko'rinishida namoyon bo'ladigan infektsion-yallig'lanish kasalliklarini davolash uchun qo'llaniladi.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda:
- ovqat hazm qilish, ta'mning buzilishi, tish pigmentatsiyalari;
- gipertenziya;
- o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi: toshma, qichishish, teri shishi, nafas olishning qiyinlashishi (benzokainga, 4-aminobenzoy kislotasi hosilalari bo'lgan boshqa preparatlarga, masalan prokain, tetrakain kabilarga o'ta yuqori sezuvchanlik bo'lgan bemorlarda).

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat tarkibida sportchilarda doping-testining ijobiy natijasini berishi mumkin bo'lgan benzokain borligini nazarda tutish kerak.
ANZIBEL shimish uchun har bir tabletkasi sorbitol saqlaydi, u me'da shilliq qavatining ta'sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin.
Preparatni fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
ANZIBEL shimish uchun preparatining homiladorlik va laktatsiya davridagi ta'siri o'rganilmagan.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Davolash davrida avtomobilni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan bog'liq faoliyatga qandaydir cheklovlar zarurligidan dalolat beruvchi ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- fenilketonuriya;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- irsiy fruktoza o'zlashtiraolmaslik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

ANZIBELning boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri holatlari qayd etilmagan. Preparatni og'iz bo'shlig'ida so'rish uchun mo'ljallangan boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 2-3 soat oraliq bilan sekin so'riladi (chaynamasdan). Og'iz bo'shlig'i va tomoqning o'tkir yallig'lanish kasalliklarida va surunkali kasalliklar zo'rayishida maksimal sutkalik doza - sutkasiga 8 tabletka. Davolash kursi 7 kundan ko'p emas.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 4-5 soat oraliq bilan sekin so'riladi (chaynamasdan). Og'iz bo'shlig'i va tomoqning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklari zo'rayishini davolash va profilaktikasi uchun maksimal sutkalik doza - 6 tabletka. Davolash kursi 7 kundan ko'p emas.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ANZIBEL tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ANZIBEL tabletkalari N10 o'xshash dorilari

Anzibel boshqa chiqarish shakllari

Narxi
30 000 so'm dan
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30
Retseptsiz
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel-Pharmsanoat, IP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

ANZIBEL tabletkalari N10 analoglari

Narxi
30 000 so'm dan

ANZIBEL tabletkalari N10 haqida savollar

ANZIBEL tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil