Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Qon va qon aylanishi  / ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2%

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Arginin
Ishlab chiqaruvchi:Temur Med Farm, OOO
ATX kodi:B05BA01
Barcha Argidrin dorilari
10 ta dorixonada bor
Narxi 62 700 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 10 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% qo'llanmasi

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: L-arginin gidroxloridi - 4,2 g;

yordamchi modda: in’eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

100 ml shisha butilkalarda (flakonlarda).

Farmakodinamikasi

Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘pqirrali faol va ko‘plab hayotiy muhim vazifalarining xujayra regulyatori hisoblanadi, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi.
Arginin gidroxloridi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, oraliq almashinuv va energiya bilan ta’minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi siklidagi asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yo‘li bilan amalga oshadi. Antioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faolligi hisobiga gepatoprotektor ta’sir ko‘rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta’minlash jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Arginin gidroxloridi endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanindimonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyiga trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan ateroskleroz pilaklarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazakonstiktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini to‘xtatadi. Arginin gidroxloridi shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini pasaytiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridining maksimal konsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o‘tgach kuzatiladi. Arginin gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, biroq buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.

Nojo'ya samaralari

Bosh og‘rig‘i, qizish hissi, eritma yuborilgan joyda flebit, kam hollarda allergik reaksiyalar

Qo'llanilishi

Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan oqsoq ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishi o‘tkazilganidan keyingi holat, miokardiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, o‘pkaning surunkali postembolik gipertenziyasi, turli etiologiyali o‘tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniyemiya, gipoksik holatlar, rekonvalessensiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infeksion kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezdagi allergik reaksiyalar; kaliy saqlovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolaktonni qo‘llash. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Arginin gidroxloridi qo‘llanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barqaror giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliy tejovchi diuretiklarni qo‘llanishi ham, qondagi kaliy konsentratsiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtda qo‘llash qondagi insulinning miqdorini oshirishi mumkin.

Nomutanosiblik

Preparat tiopental bilan nomutanosib.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz eritma.

Dozirovkasi

Argidrin birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.

Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol ko‘rinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.

Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmoldan oshmasligi kerak.  

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.

Metabolik alkalozni davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha hisoblash mumkin:

arginin gidroxloridi (mmol)

------------------------------------------ x 0,3 x kg tana vazni

ortiqcha ishqor (Ve) (mmol/l)

yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozaga qo‘shimcha tuzatish kiritish kislota ishqor muvozanatini natijasi olinganidan keyin qayta o‘tkazilishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.

Davolash. dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning infuziyasini to‘xtatish kerak. Fiziologik reaksiyalarni monitoring qilish va organizmning hayotiy faoliyatlarini tutib turish kerak. Zarurati bo‘lganida ishqoriylovchi vositalar va diurezni yo‘lga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatik.

Ehtiyot choralari

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy miqdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Preparat endokrin bezlarining faoliyati buzilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat insulin va o‘sish gormonining sekretsiyasini rag‘batlantirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Preparatni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Bolalar

Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh og‘rig‘ini chaqirishi mumkin

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% o'xshash dorilari

TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
Narxi
38 000 so'm dan
EVAMOKS eritma 250ml N1
Retseptli
EVAMOKS eritma 250ml N1
Xitoy
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdong Litai Pharmaceutical Co Ltd
Narxi
82 800 so'm dan
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Retseptli
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Fresenius Kabi Austria GmbH

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
62 700 so'm
Ziyoda Farm Tradeng
Olmazor tumani, Shifo-Nur ko'ch., 8 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-23:00
72 800 so'm
Shafran №11
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 3B uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
85 500 so'm

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% haqida savollar

ARGIDRIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil