Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Qon va qon aylanishi  / TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Faol modda:Arginin
Ishlab chiqaruvchi:OOO “Yuriya-Farm”
ATX kodi:B05XB01
Barcha Tivortin dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 17 200 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml qo'llanmasi

Farmakologik ta'siri

Tivortin tarkibidagi faol ta'sir etuvchi modda – arginin aminokislotasi shartli ravishda almashtirib bo'lmaydiganlar qatoriga kiradi, ya'ni organizmda qisman sintezlanadi, ammo uning insonga bo'lgan sutkalik ehtiyojini qoplaydigan miqdorda emas, bu argininning oziq-ovqat bilan muntazam ravishda tushishini talab qiladi. Arginin – hujayra ichidagi almashinuv jarayonlarining muhim protektori va regulyatori bo'lib, organlar va to'qimalarning turli hayotiy funktsiyalariga ta'sir qiladi va ularni kritik vaziyatlarda himoya qiladi. Ushbu aminokislota antioksidant, sitoprotektiv, antigipoksik, dezintoksikatsion, antiastenik va membranani barqarorlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi, energetik substrat hosil bo'lish reaktsiyalarida ishtirok etadi va ma'lum darajada qonda gormonal balansni saqlaydi. Arginin qon plazmasida oshqozon osti bezi gormoni – insulin, shuningdek glyukagon, prolaktin va somatotropin miqdorini oshirishga yordam beradi. U organizmda poliaminlar va prolin aminokislotasi hosil bo'lishida ma'lum rol o'ynaydi, hujayra membranalari depolyarizatsiyasi reaktsiyalariga, fibrinoliz va spermatogenez jarayonlariga qo'shiladi. Arginin tomirlar endotelial qobig'i hujayralarida azot oksidi sintezida katalizator sifatida ishtirok etuvchi NO-sintetaza fermenti uchun asos hisoblanadi. Kuchaytirilgan NO hosil bo'lishi periferik tomirlar dilatatsiyasiga va umumiy periferik qarshilikning pasayishiga olib keladi, bu arterial bosimning pasayishiga va turli to'qimalarning, birinchi navbatda miokardning kislorod ochligini kamayishiga yordam beradi. Shuningdek guanilattsiklaza faollashuvi va endoteliotsitlarda siklik GMF (guanizinmonofosfat) miqdorining oshishi, trombositlar va leykotsitlar adgeziyasi va agregatsiyasining pasayishi, MSR-1 va VCAM-1 adgeziv oqsillari sintezi sodir bo'ladi, bu aterosklerotik pilakchalar hosil bo'lishining oldini olishga yordam beradi. Preparat kuchli vazokonstriktor ta'sirga ega va tomirlar devori silliq mushak hujayralari bo'linishining stimulyatori bo'lgan modda – endotelin hosil bo'lishini susaytiradi. Preparat qabul qilinganda ayrisimon bezning T-hujayralari mahsuloti oshadi, qonda glyukoza darajasi pasayadi va jismoniy yuklama natijasida yuzaga keladigan sut kislotali atsidoz bartaraf etiladi, kislota-ishqor muvozanati tartibga solinadi. Arginin uning notoksik mochevinaga aylanishini faollashtirish va uning buyraklar orqali organizmdan chiqarilishini tezlashtirish orqali ammiakni zararsizlantirishga yordam beradi. U antiamnestik va nootrop faollik namoyon qiladi, markaziy nerv tizimida neyromediator almashinuvining stressli o'zgarishlariga to'sqinlik qiladi va ba'zi oqsillarning oksidlovchi fosforillanishini oshiradi. Daqiqasiga 30 tomchi tezlikda vena ichiga infuziya qilinganda qon plazmasida argininning maksimal kontsentratsiyasi yuborish boshlangandan 20 daqiqa o'tgach qayd etiladi. Oshqozon-ichak traktidan, eritma peroral qabul qilinganda, arginin 15-20 daqiqada so'riladi, gistogematik to'siq orqali o'tadi va to'qima va organlarda nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Uning chiqarilishining asosiy yo'li – buyraklar orqali siydik bilan.

Nojo'ya samaralari

Tivortin vena ichiga yuborilganda achishish va tanada qizish hissi, bosh og'rig'i, in'ektsiya joyida venaning lokal yallig'lanishi, ayrim hollarda allergik reaksiyalar, odatda eshakemi ko'rinishida paydo bo'lishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga individual toqatsizlik – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi, giperxlorik atsidez, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Aminofillin bilan birga qabul qilinganda qonda insulin darajasining oshishi va gipoglikemiya kuzatilishi mumkin. Tivortinni spironolakton yoki boshqa kaliy tejovchi diuretiklar bilan davolash kursidan keyin qo'llash turg'un giperkaliemiyani – qonda kaliy miqdorining ko'tarilishini keltirib chiqaradi. Preparat alkogol, psixostimulyatorlar va nikotin ta'sirini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

Eritma vena ichiga tomchilab boshlang‘ich tezlikda 10 tomchi/daq yuboriladi. Yuborish boshlangandan 20 daqiqa o‘tgach tezlik 30 tomchi/daq gacha oshiriladi. Preparatning sutkalik dozasi 4,2 grammni, ya’ni 100 ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda Tivortinning bir martalik dozasi 1 g yoki 25 ml ni tashkil qiladi. Preparat sutkasiga sakkiz martagacha qabul qilinadi (maksimal doza 8 g/sut.), davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml o'xshash dorilari

TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
Narxi
38 000 so'm dan
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

Tivortin boshqa chiqarish shakllari

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
66 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
66 900 so'm
Bron qilish

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml haqida savollar

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil