ASPARKAM ZDOROVE N50

ASPARKAM ZDOROVE N50 o'xshash dorilari




ASPARKAM ZDOROVE N50 qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda oson so'riladi va buyraklar orqali nisbatan tez chiqariladi.
Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, to'sh osti sohasida noqulaylik yoki achishish (anatsid gastrit yoki xoletsistit bo'lgan bemorlarda), atrioventrikulyar blokada, paradoksal reaksiya (ekstrasistolalar sonining oshishi) bo'lishi mumkin.
K+ tuzlari: paresteziyalar, arterial qon bosimining pasayishi, flebit, venalar trombozi;
giperkaliemiya; dispnoe; diareya, ko'ngil aynishi, qusish; abdominal og'riqlar, OIT shilliq qavatining yaralanishi, OIT a'zolaridan qon ketish, meteorizm; mushak kuchsizligi; teri qichishishi.
Mg2+ tuzlari: toliqish, giporefleksiya; bosh aylanishi; arterial qon bosimining pasayishi, bradikardiya; dispnoe; diareya, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi; gipergidroz, terlash.
Qon plazmasidagi kaliy miqdorini doimiy nazorat qilish zarur (masalan, elektrokardiogramma ma'lumotlari bo'yicha).
Dozani oshirib yuborish
Simptomlari: o'tkazuvchanlik buzilishi (ayniqsa yurak o'tkazuvchi tizimining oldingi patologiyasida).
Preparatga yuqori sezuvchanlik (shu jumladan sorbitol va fruktozaga), aminokislotalar almashinuvining buzilishi, arterial gipotenziya, O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya, gipermagniemiya, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikning buzilishi (I - III darajali AV blokada), og'ir miasteniya, o'tkir metabolik atsidoz, aminokislotalar almashinuvining buzilishi, arterial gipotenziya, suvsizlanish (eksikoz), gemoliz, Addison kasalligi.
Homiladorlikda (ayniqsa I trimestr) va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Farmakodinamik: kaliy preparatlarini dizopiramid yoki xinidin bilan birga qo'llash oxirgilarining yurak-qon tomir tizimiga nomaqbul ta'sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklarni (triamteren, spironolakton) birga qo'llash aritmiya va yurak to'xtashigacha bo'lgan giperkaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Kaliy preparatlarini glukokortikosteroidlar bilan birga qo'llash oxirgilari tomonidan chaqiriladigan gipokaliemiyani bartaraf etadi. Kaliy preparatlari ta'siri ostida yurak glikozidlarining nomaqbul samaralari kamayadi.
Farmakokinetik: biriktiruvchi va o'rab oluvchi vositalar preparatning me'da-ichak traktida so'rilishini kamaytiradi.
Odatda kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta tayinlanadi. Davolash kursi - 3-4 hafta. Zarurat bo'lganda kurs takrorlanadi.
Asparkam boshqa chiqarish shakllari


ASPARKAM ZDOROVE N50 analoglari











