Asparkam
Asparkam chiqarish shakllari

Asparkam qo'llanmasi
- Yurak ishemik kasalligining turli ko'rinishlarida, shu jumladan o'tkir miokard infarkti; surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi; yurak glikozidlari qo'llash chaqirgan yurak ritmi buzilishlari; massiv diuretik terapiya, qusish, diareya va h.k.larda kaliy va magniy (mutlaq yoki nisbiy) yetishmovchiligini bartaraf etish uchun.
- Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari (buyrakning o‘tkir va surunkali yetishmovchiligida); siydik hosil bo‘lishining yetishmasligi; qonda kaliy yoki magniy miqdorining oshishi (giperkaliemiya, gipermagniemiya); normokaliemiyada 2-3 darajali atrioventrikulyar blokada; eritrotsitlarning shikastlanishi (gemoliz); buyrak usti bezlari yetishmovchiligi; shok holati; qonning o‘tkir atsidozi; suvsizlanish; og‘ir Myastenia gravis (miasteniya); organizmdan kaliy chiqib ketishining ushlanib qolishi bilan kechadigan davolash.
- 1 tabletka 0,175 g kaliy asparaginati va 0,175 g magniy asparaginati saqlaydi. Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearati yoki «asparkam» tabletka massasi - 0,495 g. 1 ml eritma suvsiz magniy asparaginatini - 40 mg (3,37 mg magniy), suvsiz kaliy asparaginatini - 45,2 mg (10,33 mg kaliy), asparagin kislotasini - 74 mg, 100 % moddaga qayta hisoblaganda og‘ir magniy oksidini - 5,59 mg, 100 % moddaga qayta hisoblaganda kaliy gidroksidini - 14,82 mg saqlaydi; Yordamchi moddalar: sorbitol - 50 mg, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha. 1 tab. kaliy asparaginati 175 mg magniy asparaginati 175 mg 1 tab. kaliy asparaginati 175 mg magniy asparaginati 175 mg yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearati. 1 tabl. magniy asparaginati 175 mg kaliy asparaginati 175 mg 1 tabletka faol moddalar: kaliy asparaginati - 0,175 g va magniy asparaginati - 0,175 g saqlaydi faol moddalar: magniy asparaginati tetragidrati - 175 mg, kaliy asparaginati gemigidrati - 175 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali - 14 mg, makkajo‘xori kraxmali -127 mg, talk - 5 mg, kaltsiy stearati - 4 mg yoki Asparkam - 490 mg, yarimtayyor mahsulot ko‘rinishida [asparagin kislotasi (E,E-asparagin kislotasi), kaliy gidroksidi (kaliy gidroksidi), magniy oksidi (magniy oksidi), tozalangan suv, kartoshka kraxmali, makkajo‘xori kraxmali], bu faol moddalarga mos keladi: magniy asparaginati - 175 mg, kaliy asparaginati - 175 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali - 1 mg, talk - 5 mg, kaltsiy stearati - 4 mg. suvsiz kaliy L-asparaginati - 45,20 g (10,33 g kaliy), suvsiz magniy L-asparaginati - 40,00 g (3,37 g magniy), quyidagi retsept bo‘yicha olingan: L-asparagin kislotasi - 74,00 g, kaliy gidroksidi (kaliy gidroksidi) - 14,82 g, magniy oksidi - 5,59 g Yordamchi moddalar: sorbit (sorbitol) - 50,00 g, in'ektsiya uchun suv - 1 l gacha. suvsiz kaliy L-asparaginati 45,2 mg (kaliy-ionlari 10,33 mg), magniy L-asparaginati 40,0 mg (magniy ionlari - 3,37 mg), L-asparagin kislotasi, magniy oksidi, kaliy gidroksidi (kaliy gidroksidi) dan olingan. kaliy asparaginati 175 mg magniy asparaginati 175 mg kaliy asparaginati 175 mg magniy asparaginati 175 mg kaliy asparaginati va magniy asparaginati 0,175 g dan; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, polivinilpirrolidon, qand, kaltsiy stearati; yoki «Asparkam» tabletka massasi -0,495 g, kaltsiy stearati 0,5 g massali tabletka olinguncha. Tarkibi: Faol modda: "Asparkam" tabletka massasi 0,495 g kaliy asparaginati 0,175 g, magniy asparaginati 0,175 g ga mos keladi, (yordamchi moddalar: kartoshka yoki makkajo‘xori kraxmali, talk). Yordamchi moddalar: kaltsiy oktadekanoat (kaltsiy stearati).
- Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, OHT shilliq qavatining yaralanishi, OHT a'zolaridan qon ketish, meteorizm, og'iz qurishi; AV blokada, paradoksal reaktsiya (ekstrasistolalar sonining ko'payishi), bradikardiya, AB pasayishi; flebit, venalar trombozi, dispnoe, teri qichishishi, giporefleksiya, bosh aylanishi, paresteziyalar; miasteniya, asteniya, ko'p terlash. Tez v/i yuborilganda - giperkaliemiya, gipermagniemiya. Dozani oshirib yuborish. Simptomlari: giperkaliemiya (mushak gipotonusi, oyoq-qo'llar paresteziyasi, AV o'tkazuvchanlikning sekinlashishi, aritmiyalar, yurak to'xtashi). Giperkaliemiyaning erta klinik belgilari odatda qon zardobida K+ kontsentratsiyasi 6 mekv/l dan ortiq bo'lganda paydo bo'ladi: T tishining o'tkirlashishi, U tishining yo'qolishi, S-T segmentining pasayishi, Q-T intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi. Giperkaliemiyaning og'irroq simptomlari - mushaklar falaji va yurak to'xtashi - K+ kontsentratsiyasi 9-10 mekv/l bo'lganda rivojlanadi. Davolash: ichga yoki v/i - NaCl eritmasi; v/i - 300-500 ml 5% li dekstroza eritmasi (1 l ga 10-20 TB insulin bilan); zarurat bo'lganda - gemodializ va peritoneal dializ.
- oq rangli tabletkalar, yassi yuzali, chiziqchali va faskali. Tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. vena ichiga yuborish uchun eritma Vena ichiga yuborish uchun eritma. inyeksiya uchun eritma: tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli yassi-tsilindrik shaklli faskali va chiziqchali tabletkalar. oq rangli tabletkalar Oq rangli tabletkalar, yassi-tsilindrik faskali va chiziqchali.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASPARKAM
ASPARCAM
Preparatning savdo nomi: Asparkam
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kaliy asparaginati va magniy asparaginati.
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,175 g (175 mg) kaliy asparaginati va 0,175 g (175 mg) magniy asparaginati;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kalsiy stearati, talk.
Ta‘rifi: oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ovqat hazm qilish tizimiga va metabolizmga ta‘sir qiluvchi vositalar. Mineral qo‘shimchalar.
ATX kodi: A12SS55.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Preparat kaliy va magniy ionlarining manbai hisoblanadi. Organizmda asparagin kislotasiga qadar gidrolizlanadi. Metabolik jarayonlarni boshqaradi.
Asosiy ta‘sir mexanizmi kaliy va magniy ionlarini hujayra ichki bo‘shlig‘iga tashuvchisi sifatida asparaginat bilan bog‘liq.
Vosita hujayralarda elektrolitlarni muvozanatini normallashtiradi, kardiomiositlarni qo‘zg‘aluvchanligini va miokardni o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (o‘rtacha antiaritmik samara). Miokard infarkti va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini har qanday yetishmovchiligida yurak qorinchalari ekstrasistoliyasini va paroksizmal lipillovchi aritmiyani bartaraf etadi, ammo ko‘pincha kamaytiradi. Koronar qon aylanishini yomonlashishi bilan bog‘liq miokard metabolizmining gipoksik buzilishlarini kamaytiradi.
Qon aylanishini zarbdor hajmini oshishi kaliyni eritrositlardagi miqdorini normallashuvi va yurak faoliyatini buzilgan ritmini yo‘qolishi yoki sezilarli darajada kamayishi fonida kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Preparat tez so‘riladi. Asparaginat kaliy va magniy ionlarini hujayraga kirishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Gipokaliemiya bilan kechuvchi holatlar. Angishvonagul preparatlarining toksik ta‘siri, yaqinda paydo bo‘lgan yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, bo‘lmalarni lippilashini paroksizmi bilan bog‘liq yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari preparatlarini va diuretiklarni (halqali, tiazid, tiazidsimon) qo‘llanishi bilan bo‘lgan yurak ishemik kasalligini kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Asparkamni ovqatdan keyin suv bilan ichgan holda qo‘llanadi. -kattalarga 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Yanada og‘irroq holatlarda (koronar qon aylanishini buzilishlarida, angishvonagul preparatlarini o‘zlashtiraolmaslikda) – kattalarga 3 tabletkadan sutkada 3 marta, 2-3 haftadan keyin dozani 1 tabletkagacha sutkada 2-3 martaga kamaytiriladi.
Profilaktika yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun kattalar 1 tabletkadan sutkada 3 marta qabul qiladilar.
Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, epigastriya sohasida noxushlik (holesistitda va antasid gastritda), giperkaliemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya va gipermagniemiya. II va III darajali atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Asparkam yurak glikozidlarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytiradi va oxirgining toksikligini kamaytiradi. Kaliyni tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaliemiyani rivojlanish xavfi (kaliyni plazmadagi darajasini nazorat qilish kerak) oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ritm buzilishini atrioventrikulyar blokadasi bilan birga kechishida preparat buyurilmaydi. Preparatni giperkaliemiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uzoq qo‘llanganda qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish kerak. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat haydovchilarga va texnika bilan ishlaydigan odamlarga salbiy ta‘sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Giperkaliemiya va gipermaniemiya simptomlari: yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, diareya, nafasni susayishi, aritmiya, tirishishlar, mushak zaifligi bo‘lishi mumkin.
Ko‘rsatilgan holatlar doza kamaytirilganda yoki preparat to‘liq bekor qilinganda yo‘qoladi, simptomatik davolashni buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 yoki 50 tabletkadan blisterda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Asparkam narxlari
Asparkam barcha rasmlari




















