Panangin
Panangin chiqarilish shakllari

Panangin haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(MUTAXASSISLAR UCHUN)
- PREPARATNING NOMI
PANANGIN, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
PANANGIN
- SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 158 mg kaliy asparaginati (½ N2O kaliy asparaginati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (4 N2O magniy asparaginati shaklida) saqlaydi.
Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda keltirilgan.
- DORI SHAKLI
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va sezilarsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
- KLINIK XUSUSIYATLARI
4.1 Qo‘llanilishi
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbai sifatida ham qo‘llanadi.
4.2 Qo‘llash usuli va dozalari
Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin. Me‘da shirasi preparatning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun tabletkalarni ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi.
4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (AB<90 mm. sim. ust.) da qo‘llash mumkin emas.
4.4 Maxsus ko‘rsatmalar va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Preparatni giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa pasientlarda qon zardobida elektrolitlar konsentrasiyasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari
Ichga qabul qilinadigan tetrasiklinlar, temir tuzlari va natriy ftoridi preparatni me‘daichak yo‘llaridan so‘rilishini tormozlaydi. Preparatni yuqorida eslatib o‘tilgan dori vositalari bilan majmuada qo‘llaganda qabul qilish orasida kamida 3 soatlik interval bo‘lishi kerak.
Preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
4.6 Homiladorlik va laktasiya
Preparat bu toifa pasientlarda qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning qandaydir zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.
4.7 Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
4.8 Nojo‘ya reaksiyalari
Me‘daichak yo‘llari tomonidan:
Preparatning katta dozalari qo‘llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin.
4.9 Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlarini yuz berish xavfi oshadi.
Doza oshirib yuborilgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalsiy xloridini minutiga 100 mg dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.
- FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
5.1 Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakoterapevtik guruhi: Magniy asosidagi vositalar
ATX kodi: A12SS30
Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarni faoliyat ko‘rsatishi, makromolekulalarni hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lanishi uchun, shuningdek mushak qisqarishining molekulyar mexanizmi uchun xam zarurdir. Kaliy, kalsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi konsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Aspartat – kaliy va magniy ionlarining tashuvchisi bo‘lgan endogen moddadir; hujayralarga yuqori affinitetga ega. Shu bilan birga uning tuzlari kuchsiz dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Magniy va natriy asparaginati miokardning metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmdagi yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishini, yurak ritmini buzilishlarini, miokard patologiyasini rivojlanish havfini oshiradi.
5.2 Farmakokinetik xususiyatlari
Ma‘lumotlar yo‘q.
5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari
Ma‘lumotlar yo‘q.
- FARMASEVTIK XUSUSIYATLARI
6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati
Tabletka yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali,
Plyonka qobig‘i: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), eugidrat Ye 100, talk.
6.2 Nomutanosiblik
Ma‘lumotlar yo‘q.
6.3 Yaroqlilik muddati
5 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
6.4 Maxsus saqlash sharoitlari
+15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
- O‘rami
50 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka burma polietilen taglik bilan ta‘minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
- Berish tartibi
Shifokor reseptisiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, yurak ritmi buzilishlarini (asosan qorincha aritmiyalarini) kompleks davolash tarkibida; — yurak glikozidlarini o'zlashtira olishni yaxshilash uchun; — ovqat ratsionida ularning miqdori kamayganda kaliy va magniy yetishmovchiligini to'ldirish (tabletkalar uchun).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — og‘ir miasteniya; — I darajali AV-blokada; — gemoliz; — aminokislotalar almashinuvining buzilishi; — o‘tkir metabolik atsidoz; — organizmning suvsizlanishi. Homiladorlikda (ayniqsa I trimestrda) va laktatsiya davrida (ko‘krak suti bilan boqish) preparatni ichish uchun, I darajali AV-blokadada — v/i yuborish uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tarkibi
- kaliy asparaginati 45.2 mg bu K+ 10.33 mg miqdoriga mos keladi magniy asparaginati 40 mg bu Mg2+ 3.37 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv. kaliy asparaginati gemigidrati 166.3 mg, bu kaliy asparaginati 158 mg miqdoriga mos keladi magniy asparaginati tetragidrati 175 mg, bu magniy asparaginati 140 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali. Plyonka qobiq tarkibi: makrogol 6000, titan dioksidi (E171), metakril kislotasi kopolimeri (E 100%), talk Tabletka yadrosi Ta'sir etuvchi moddalar: kaliy asparaginati 316,00 mg (kaliy asparaginati gemigidrati shaklida 332,60 mg), magniy asparaginati 280,00 mg (magniy asparaginati tetragidrati shaklida 350,00 mg); Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali 172,20 mg, talk 20,00 mg, magniy stearati 8,00 mg, kartoshka kraxmali 6,60 mg, povidon K30 6,60 mg, kolloid kremniy dioksidi 4,00 mg; Tabletka qobig‘i: talk 7,30 mg, butilmetakrilat kopolimeri 6,00 mg, titan dioksidi (rang indeksi: C.I. 77891, E171) 5,30 mg, makrogol-6000 1,40 mg.
Farmakodinamikasi
Kaliy (K+) va magniy (Mg++) muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator enzimlarning ishiga, makromolekulalarni va hujayra ichidagi elementlari bilan bog'lanish jarayoniga va mushak qisqarishi mexanizmiga muhim rol o'ynaydi. Kaliy, kaltsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi kontsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Endogen aspartat (asparaginat) ionlarining tashuvchisi hisobida ta'sir ko'rsatib: hujayralarga yuqori o'xshashga ega, uning tuzlari ahamiyatsiz darajada dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo'shliqqa kompleks birikmalar ko'rinishida kiradi. Kaliy va magniy asparaginati yurak mushaklari metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy/magniyni etishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar tomirlarning aterosklerozini, yurak ritmini buzilishlarini va miokardning metabolik o'zgarishlarini rivojlanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- MNT va periferik asab tizimi tomonidan: paresteziyalar (giperkaliemiya sababli); giporefleksiya, tirishishlar (gipermagniemiya sababli) bo'lishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AV-blokada, paradoksal reaktsiya (ekstrasistolalar sonining ko'payishi), AB pasayishi; yuz terisining qizarishi (gipermagniemiya sababli) bo'lishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya (sh.j. giperkaliemiya sababli), oshqozon osti sohasida noqulaylik yoki achishish hissi (anatsid gastrit yoki xoletsistit bo'lgan bemorlarda) bo'lishi mumkin. Nafas olish tizimi tomonidan: nafas susayishi (gipermagniemiya sababli) bo'lishi mumkin. Boshqalar: issiqlik hissi (gipermagniemiya sababli).
Dozirovkasi
- 158 mg + 140 mg 316 mg + 280 mg 45,2 mg/ml + 40 mg/ml 50dona.,
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- vena ichiga yuborish uchun eritma rangsiz yoki biroz yashil, tiniq, ko'rinadigan mexanik qo'shimchalarsiz. Oval, ikki tomonlama qavariq, parda qobiq bilan qoplangan, oq yoki deyarli oq rangli, biroz yaltiroq yuzali, bir tomonida «А83» gravirovkasi bo'lgan, deyarli hidsiz tabletkalar. Ko'ndalang kesimda oq yoki deyarli oq rangli. Vena ichiga yuborish uchun eritma rangsiz yoki biroz yashil, tiniq, ko'rinadigan mexanik qo'shimchalarsiz. Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Maxsus ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari
Tez yuborish yuzning giperemiyasini chaqirishi mumkin.
Preparatni giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo'lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday hollarda qonda ionlar darajasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Hozirgi vaqtgacha preparat bu toifa pasientlarda qo'llanganida qanday bo'lmasin xavf paydo bo'lgani to'g'risida xabar berilmagan.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Preparat transportni haydashga va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Monjallangan sifatida faqat vena ichiga yuborish.
Bu tarsda 1-2 ampulaning ichidagizi 5% glyukoza eritmazid suyultirib, tomir ichiga sekin, tomchilab yuboradi. Keynni berish uchun 4-6 soatlik dozaga ehtiyoj takrorlanishi mumkin.
Qurol sifatida ma'lumotlarni tayyorlash.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















