Ташкент
logo
SavatKirish

PANANGIN tabletkalari N50

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:OAO «Gedeon Rixter»
ATX kodi:A12CX
Barcha Panangin dorilari
123 ta dorixonada bor
Narxi 37 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 123 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANANGIN tabletkalari N50 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 30ml 7,5mg/ml
GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 30ml 7,5mg/ml
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Doychland GmbX, Germaniya, proizvedeno Institut de Angeli S.R.L., 50066 Regello, Prulli, 103/S, Florensiya, Italiya
Narxi
316 000 so'm dan
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Retseptli
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Makcur Laboratories Ltd., Indiya dlya Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya
•10 ta dorixonada bor
Narxi
57 000 so'm dan

PANANGIN tabletkalari N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 158 mg kaliy asparaginati (166,30 mg kaliy asparaginat gemigidrati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (175,0 mg magniy asparaginat tetragidrati shaklida);

yordamchi moddalar: 

yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo'xori kraxmali;

plyonka qobig'i: makrogol 6000, titan dioksidi (E171), eugidrat E 100, talk.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

50 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka burma polietilen taglik bilan ta'minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. 

Flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 20 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka PVX/PVDX plyonka va alyuminiy folga blisterda. 3 yoki 5 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Kaliy (K+) va magniy (Mg++) muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator enzimlarning funktsiyalanishiga, makromolekulalarni va hujayra ichidagi elementlari bilan bog'lanish jarayoniga va mushak qisqarishi mexanizmida muhim rol o'ynaydi. Kaliy (K+), kaltsiy (Ca++), natriy (Na+) va magniy (Mg++) ionlarining hujayra ichidagi va tashqarisidagi kontsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik xususiyatiga ta'sir ko'rsatadi. Endogen aspartat (asparaginat) ionlarining tashuvchisi hisobida ta'sir ko'rsatib: hujayralarga yuqori o'xshashga ega, uning tuzlari ahamiyatsiz darajada dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo'shliqqa kompleks birikmalar ko'rinishida kiradi. Kaliy va magniy asparaginati yurak mushaklari metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy/magniyni etishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar tomirlarning aterosklerozini, yurak ritmini buzilishlarini va miokardning metabolik o'zgarishlarini rivojlanishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Magniy:

Tana vazni 70 kg bo'lgan odam organizmida magniyning umumiy zaxirasi o'rtacha 24 g (1000 mmol) ni tashkil qiladi; 60% dan ortiq magniy suyak to'qimasiga va taxminan 40% skeletmushak va boshqa to'qimalarga to'g'ri keladi. Organizmidagi magniyning umumiy zaxirasini taxminan 1% hujayra tashqarisidagi suyuqlikda, asosan qon zardobida joylashgan. Sog'lom kattalarda qon zardobida magniy miqdori 0,71,10 mmol/l diapazonda bo'ladi. 

Magniyni ovqat bilan qabul qilinishining tavsiya qilingan normasi kuniga erkaklar uchun 350 mg ni, ayollar uchun 280 mg ni tashkil qiladi. Homiladorlik va emizish davrida magniyga ehtiyoj ortadi.

Magniy me'daichak yo'llaridan faol tashilish yo'li bilan so'riladi. Organizmda magniy muvozanatini asosiy boshqaruvchisi buyraklar hisoblanadi. 35% ionizasiyalangan magniy buyrak orqali chiqariladi.

Siydik hajmini oshishi (masalan, yuqori samarali halqali diuretiklar bilan davolashda) ionizasiyalangan magniyni chiqarilishi oshishiga olib keladi. Agar ingichka ichakda magniyning so'rilishi pasaysa, navbatdagi gipomagniemiya uni chiqarilishini kamayishiga olib keladi (<0,5 mmol/sut).

Kaliy:

Tana vazni 70 kg bo'lgan inson organizmida kaliyning umumiy zahirasi o'rtacha 140 g (3570 mmol) ni tashkil qiladi. Ayollarda kaliyning umumiy zahirasi erkaklardagi kaliyga nisbatan kamroq, va yosh o'tishi bilan ahamiyatsiz pasayadi. Organizmdagi kaliyning umumiy zahirasini 2% hujayra tashqarisida, qolgan 98% esa hujayra ichida joylashgan.

Kaliyni ovqat bilan qabul qilinishining optimal normasi kuniga 34 g (75100 mmol) ni tashkil qiladi. Kaliy chiqarilishining asosiy yo'li buyrak hisoblanadi (taxminan 90% kaliy har kuni buyrak orqali chiqariladi). Qolgan 10% esa me'daichak yo'llari orqali chiqariladi. Shu tarzda buyrak kaliyning uzoq muddatli gomeostaziga, shuningdek kaliyni qon zardobidagi miqdoriga javob beradi. Kaliyni qondagi qisqa muddatli ko'rinishda saqlanishi hujayra tashqarisidagi va xujayra ichki bo'shlig'i orasida kaliy oqimi yordamida ham boshqariladi.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:

Yuqori dozalari qo'llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin.

Shubhali nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar

Dori vositasi qayd qilinganidan so'ng shubhali nojo'ya reaktsiyalar hodisasi to'g'risida ma'lumot berish kerak. Bu dori vositasini foyda-havf nisbatini har doim monitoringini o'tkazishga yordam beradi. Sog'liqni saqlash ishchilarini har qanday shubxali nojo'ya reaktsiyalar xaqida milliy tizim hisoboti yordamida xabar qilishlarini so'raymiz. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Maxsus ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari

Giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo'lgan bemorlar alohida e'tiborni talab qiladi: qon zardobida elektrolitlar miqdorini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Panangin preparatini har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkasi 36,2 mg kaliy saqlaydi. Buni buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda yoki kaliy saqlovchi qo'shimcha ozuqa yoki kaliy preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda e'tiborga olish kerak.  

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatining nojo'ya ta'siri haqida hozirgi vaqtgacha ma'lumotlar yo'q. 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi

Magniy va kaliyning qo'shimcha manbasi sifatida;

- Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (surunkali yurak etishmovchiligida, miokard infarktidan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida (eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida) majmuaviy terapiya tarkibida;

- Davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha yurak glikozidlari bilan davolashga qo'shimcha vosita sifatida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning ta'sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda;

- O'tkir va surunkali buyrak etishmovchiligida;

- Addison kasalligida;

- III darajali atrioventrikulyar blokadada;

- Kardiogen shokda (AQB <90 mm. sim. ust.) qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Panangin preparatining o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Ilmiy adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra kaliy va magniy ayrim dori vositalari bilan o'zaro ta'sirga kirishi mumkin. Kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, betaadrenoblokatorlar, Tsiklosporin, geparin va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanganida giperkaliemiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Tetrasiklinlar (peroral qabul qilinganda), temir tuzlari va natriy ftoridi kaliy asparaginat va magniy asparaginatni me'daichak yo'llaridan so'rilishini pasaytiradi. Yuqorida keltirilgan preparatlarni va panangin preparatini qabul qilish orasida 3 soatdan kam bo'lmagan interval bo'lishi kerak.

Ta'rifi

oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va ahamiyatsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Dozalari

Kattalar

Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin.

Bolalar va o'smirlar

Panangin preparatini bolalar va o'smirlarda qo'llash bo'yicha havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Qo'llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Me'da shirasi preparatning samaradorligini pasaytiradi, shuning uchun ovqatdan so'ng qabul qilish tavsiya qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Panangin preparatining, hatto yuqori dozalarda qabul qilinganida ham, dozani oshirib yuborish hollari haqida ma'lumotlar yo'q. Buyrak katta miqdorda kaliyni chiqarish xususiyatiga ega ekanligini hisobga olib aytish mumkinki, preparatning dozasini oshirib yuborish faqat o'tkir va yaqqol kaliy chiqarilishini buzilishi fonida giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Magniy keng terapevtik "oyna" xarakteriga ega, va buyrak etishmovchiligi bo'lmagan hollarda nojo'ya samaralar juda kam uchraydi.

Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra magniy qo'shimchalarini ichga qabul qilish diareya kabi engil nojo'ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Panangin preparatining yuqori dozalari tarkibida magniy saqlanganligi sababli ich kelishini tezlashishini chaqirishi mumkin.

Giperkaliemiya simptomlari: umumiy holsizlik, paresteziya, bradikardiya, paralich, aritmiya.

Gipermagniemiya simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, letargik uyqu, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, holsizlik, giporefleksiya. 

Davolash: doza oshirib yuborilganida preparatni qabul qilishni to'xtatish; simptomatik davolash tavsiya qilinadi (vena ichiga kaltsiy xloridini yuborish, zarurat bo'lganida gemodializ).

PANANGIN tabletkalari N50 boshqa chiqarish shakllari

PANANGIN tabletkalari N50 savollari

PANANGIN tabletkalari N50 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil