KASPARGIN konsentrat 10ml N10

Tanadagi kaliy va magniy yetishmovchiligini to'ldiradigan preparat.
KASPARGIN konsentrat 10ml N10 o'xshash dorilari



KASPARGIN konsentrat 10ml N10 qo'llanmasi
Retsept bo'yicha.
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: kaliy asparaginati suvsiz – 45,2; magniy asparagianti suvsiz – 40,0 g Kuyidagi ro'yxat bo'yicha olingan: L-asparagin kislotasi – 72,05 g; Kaliy gidroksidi – 14,813 g; Magniy oksidi – 5,588 g. yordamchi moddalar: sorbitol - 50 g; in'ektsiya uchun suv - 1 l gacha.
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
kaliy asparaginati suvsiz – 45,2;
magniy asparagianti suvsiz – 40,0 g
Kuyidagi ro'yxat bo'yicha olingan:
L-asparagin kislotasi – 72,05 g;
Kaliy gidroksidi – 14,813 g;
Magniy oksidi – 5,588 g.
yordamchi moddalar:
sorbitol - 50 g;
in'ektsiya uchun suv - 1 l gacha.
Сhiqarilish shakli
Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat, 5 ml va 10 ml shisha ampula, polipropilenda, yoki tibbiy polietilenda. 5 ampuladan, konturli qutiga joylashtirilgan. Ampulali 2ta konturli quti yoki 5, 10, 20, 30, 40 yoki 50 ampulalar yaxlit bloklarda, qo'llanilishiga doir yo'riqnomalar bilan birga karton qutilarga joylangan.
Kaspargin kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilishga yordam beradi, elektrolit muvozonatni normallashtiradi, antiaritmik ta'sir ko'rsatadi, miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Kaliy ionlari - ATF, glikogen, oqsillar atsetilxolin va boshqa moddalarni sintezini rag'batlantiradi. Manfiy xrono– va batmotrop, yuqori dozalarda – manfiy ino- va dromotrop ta'sirlarga ega. Kaliy ionlari past dozalarda koronar arteriyalarni kengaytiradi, yuqori dozalarda toraytiradi. Shuningdek o'rtacha diuretik ta'sirga ham ega.
Magniy ionlari - neyronlarni qo'zg'atuvchanligini kamaytiradi, nerv-mushak o'tkazuvchanligini sekinlashtiradi, ko'pchilik fermentativ reaktsiyalarda, elektrolitlarni muvozanatini saqlashda ionlarni tashilishda, membranalarni, o'tkazuvchanligida ishtirok etadi. Magniy kaliyni hujayralarga kirishiga yordam beradi, ya'ni hujayradan natriyni chiqarib va kaliyni qaytarib, natriy-kaliy ATF-azani faollashtiradi, natriyni kontsentratsiyasini kamaytiradi, qon tomirlarni silliq mushaklarida rezistentlikni pasaytirib natriyni kaliyga almashinuviga to'sqinlik qiladi. Magniy DNK (pentozofosfat) strukturasiga kiradi, RNK sintezi, nasliy apparatini hujayrani o'sishida va hujayralarni bo'linish jarayonlarida ishtirok etadi. Stress xolatlari katexolaminni haddan ziyod ajralib chiqarilishini cheklaydi va oldini oladi, mumkin bo'lgan lipolizni va erkin yog' kislotalarini ajralib chiqarilish extimolini kamaytiradi. Miokard to'qimalariga ishemiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi: yurak ritmini qisqarishi tarangligini va tez-tezligini kamaytiradi, bu miokardni kislorodga bo'lgan ehtiyojni pasayishiga olib keladi, qon tomirlarni, shu jumladan koronar qon tomirlarini kengayishini chaqiradi.
Asparaginat - magniy va kaliy ionlarini hujayra ichi bo'shlig'iga kirishiga yordam beradi, fosfatlarni hujayralararo sintezini rag'batlantiradi.
Kaspargin nerv tolalari bo'yicha impul'slarni o'tkazilishini, sinaptik o'tkazuvchanlik, mushaklarni qisqarishini, yurak mushagini ishini boshqaradi. Magniy ionlari hisobiga energiyani tushishi va ishlatilishi jarayonlarida ishtirok etadi, membranalarni o'tkazuvchanligini, nerv-mushak o'tkazuvchanligini, DNK, RNK sintezini hujayralarni o'sishi, bo'linishi, kislorodni o'zlashtirilishini va fosfatlarni sintezini normallashtiradi. U shuningdek yurak glikozidlariga nisbatan yuqori sezuvchanligini pasaytiradi, ularni toksiklik belgilarini kamaytiradi, glyukokortikosteroidlar va diuretiklar chaqirgan gipokalemiyani bartaraf qiladi.
Kaliy va magniy ionlari tez va to'liq so'riladi va organizmni barcha to'qimalari bo'yicha taqsimlanadi. Kaliy tezda hujayra ichiga tushishi va organizmdan chiqarilishi tufayli, qon plazmasidagi kaliyning kontsentratsiyasini nisbatan bo'limi qisqa muddat kuzatiladi. Magniy ionlarini ahamiyatli qismi plazmada oqsillar bilan (25-30%) kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kaliy va magniy ionlari asosan siydik, oz miqdori – ahlat, ter, ko'z yoshi va boshqalar bilan chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida kaliy va magniy ionlarini chiqarilishi sekinlashishi mumkin.
Tanadagi kaliy va magniy yetishmovchiligini to'ldiradigan preparat.
Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat.
Вена ичига тез оқим билан юборилганда ёки препаратни терапевтик дозадан аҳамиятли юқори дозаларда юборилганда гиперкалемияда: симптомлари (кўнгил айниши, қусиш, диарея, мушак заифлиги, оёқ-қўлларни парестезияси, атриовентрикуляр ўтказувчанлик секинлашиш, аритмиялар, юракни тўхташи ва бошқалар) ва гипермагниемия симптомлари (юзни қизариши, чанқоқлик, артериал гипотензия, брадикардия, парезлар, арефлексия, мушак заифлиги, нафас марказини сусайиши, аритмиялар, тиришишлар, чарчоқлик ва бошқалар) шунингдек флебит ва тромбоз ривожланиши мумкин.
Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalarni ishlatish lozim. Flakon ochilgandan keyin Kasparginni darhol ishlatib yuborish kerak.
Pediatriyada qo'llanishi.
Preparatni pediatriyada faqat bevosita ko'rsatma bo'lganida va kutiladigan foyda va mumkin bo'lgan xavfni baholangandan keyingina qo'llash mumkin.
Preparatni patsientni hayoti uchun xavf tug'dirishi tufayli, v/i tez yuborish mumkin emas.
Preparatni uzoq vaqt qo'llanganda EKG va qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi.
Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina qo'llash mumkin. Preparat bilan davolash davrida emizishni to'xtatish lozim.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Ma'lumotlar yo'q.
Kaspargin kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilish uchun, yurak ishemik kasalligida, shu jumladan o'tkir miokard infarktida; surunkali yurak yetishmovchiligida, yurak ritmini buzilishlarida (shu jumladan gipokalemiya, yurak glikozidlarini intoksikatsiyasi chaqirgan aritmiyalarda), shuningdek kardioxirurgik patsientlarda dastlabki va keyingi davolash uchun qo'llanadi.
Preparatning komponentlariga (shu jumladan sorbitolga) yuqori sezuvchanlik, o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya, gipermagniemiya, shok, atrioventrikulyar blokada, arterial gipotenziya, oliguriya va anuriya, degidratatsiya, o'tkir metabolik atsidoz, og'ir miasteniya, buyrak usti bezi po'stlog'ining yetishmovchiligi, Addison kasalligi, gemoliz, metanol bilan zaharlanish, fruktozo-1-6-fosfataza tanqisligi, aminokislotalar almashinuvini buzilishlarida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatini buzilishlari, shishlarni paydo bo'lishi xavfi, qon plazmasida fosfatlar darajasini pasayishi, kal'tsiy, magniy va fosfatini almashinuvini buzilishlari bilan bog'liq siydik-tosh kasalligi, bolalarda.
Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki angiotenzinga - aylantiruvchi fermenti (AAF) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, tsiklosporin, geparin, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganida giperkalemiyaga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur).
Kaspargin yurak glikozidlari eritmalari bilan farmatsevtik mutanosib (ularni o'zlashtira olinishini yaxshilaydi, noxush samaralarni kamaytiradi), unga zarurat bo'lganida yurak glikozidlari eritmalarini qo'shish mumkin.
Kaspargin aritmiyaga qarshi preparatlarning manfiy dromo- va batmotrop ta'sirini kuchaytiradi.
Magniy ionlarini saqlashi hisobiga neomitsin, polimiksin V, tetratsiklin va streptomitsin samarasini pasaytiradi. Kal'tsitrol qon plazmasida magniy kontsentratsiyasini oshiradi, kal'tsiy preparatlari magniyning samarasini pasaytiradi. Umumiy anestetiklar markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini oshiradi. Qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (atrakuriy bezilati, deksametazon bromidi va suksametoniy xloridi, bromid, yodid bilan) bir vaqtda qo'llanganida nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin. Agar preparatni boshqa in'ektsion eritmalar bilan aralashtirilganda xiralashish yoki opalestsentsiya paydo bo'lsa, u holda bunday aralashmalarni yuborish mumkin emas.
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli suyuqlik.
Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljanlangan. Kaspargin kattalarga vena ichiga 10-20 ml dan sekin tomchilatib (ampula tarkibini 50-100 ml natriy xlorid 0,9% steril eritmasi yoki glyukoza 5% eritmasi bilan aralashtiriladi) yuboriladi. Zarurat tug'ilganda doza miqdorini 4-6 soatda tarkrorlash mumkin.
Davolash muddatini shifokor belgilaydi.
Dozani oshirib yuborilishi giperkalemiya va gipermagniemiya simptomlari bilan kechadi.
Giperkaliemiya simptomlari: umumiy holsizlik, kardiovaskulyar simptomlar (bradikardiya, aritmiya, qon bosimini tushishi, tomirli kollaps, xushdan ketish xatto yurak qorinchalarini lipillashi va diastolada yurakni to'xtashi); neyrotoksik simptomlar (propriotseptiv sezuvchanlikni buzilishi, oyoqlarda paresteziyalar va ongni chalkashishi).
Gipermagniemiya simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, og'izda metall ta'mi, letargiya, qovuq atoniyasi, qabziyat, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni va qorinchalarda qo'zg'alishni tarqalishini yomonlashishi yuqoriroq kontsentratsiyalarda: chuqur pay reflekslarni so'nishi, qon bosimini tushishi, nafasni falaji, diastolada yurakni to'xtab qolishi.
Davolash: kal'tsiy va natriy tuzi eritmalarini v/i ga yuborish: 0,9% li natriy xloridi eritmasini; 10-40 ml 10% li kal'tsiy glyukonati yoki kal'tsiy xloridini (dozani oshirib yuborilishini og'irligiga qarab), insulin bilan 300-500 ml glyukozaning 5% li eritmasini v/i tomchilab (har 3-5 g glyukozaga 1 TB insulin) nafas faoliyatini va gemodinamikani tutilib turishi bo'yicha tadbirlarni, simptomatik davolash o'tkaziladi. Magniy ionlarining toksik ta'siri chaqirgan periferik parezlarda, ayniqsa nafas mushaklari parezida fizostigmin yuborish mumkin. Og'ir zaharlanish holatlarida sanab o'tilgan tadbirlar samarasiz bo'lganida yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lganida gemodializ yoki peritoneal dializni o'tkazish ko'rsatilgan.
Препаратни ҳомиладорликда фақат она учун кутилаётган фойда ҳомила учун потенциал хавфдан устун бўлган ҳоллардагина қўллаш мумкин. Препарат билан даволаш даврида эмизишни тўхтатиш лозим.
KASPARGIN konsentrat 10ml N10 boshqa chiqarish shakllari
KASPARGIN konsentrat 10ml N10 analoglari







