Ташкент
logo
SavatKirish

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:V03AB06
Barcha Natriy tiosulfat dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10 o'xshash dorilari

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retsepti bo'yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi :

faol modda: natriy tiosul'fati – 300,0 mg.

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in'ektsiya uchun suv –1 ml gacha .

Сhiqarilish shakli

In'ektsiya uchun 30% li eritma: №5, №10, №20, №30, №40, №50 shisha yoki polietilenli ampulalarda 5 ml yoki 10 ml dan.

Farmakodinamikasi

Kompleks hosil qiluvchi vosita. Dezintoksikatsion, yallig'lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi, galoidlarning preparatlarini (yod) zararsizlantiradi. Mish'yak , simob , qo'rg'oshin birikmalari bilan zaharlanganda , zaharli bo'lmagan sul'fit birikmalarni hosil qiladi. Tsianidlar bilan zaharlanganda kamroq zaharlilikka ega bo'lgan rodanid birikmalarini hosil qiladi . Kislotali muxitda oltingugurt va oltingugurt angidridi hosil qilib parchalanadi , ular parazitlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi .

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida xujayra ichki suyuqligida taqsimlanadi . Organizmdan siydik bilan chiqariladi . Yarim chiqarilish davri – 0,65 soatni tashkil qiladi .

Dori shakli

In'ektsiya uchun 30% li eritma

Nojo'ya samaralari

Respirator tizimi tomonidan: xansirash, qiyinlashgan nafas.

Me'dag'ichak yo'li tomonidan: ko'ngli aynishi , qusish.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ongni buzilishi, quloqlarda jaranglash, ko'rishni xiralashtirishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kollapsgacha arterial bosimini kamayishi, ongni yo'qolishi, taxikardiya.

Immun tizimi tomonidan: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, artralgiya, isitma.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: qichishish, toshmalar (shu jumladan makulopapulyoz) , eshakemi, giperemiya, qizish his qilish.

Umumiy buzilishlari va yuborish joyidagi reaktsiyalar: yuborish joyidagi reaktsiyalar, umumiy xolsizlik, diurezni kuchayishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tsianidlar bilan zaharlanishda boshida metgemoglabin xosil qiluvchilar, antitsian yoki amilnitrit qo'llash, va ketsinchalik natriy tiosul'fatni vena ichiga yuborishga o'tish kerak.

Arterial gipertenziya, jigar tsirrozi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, xomiladorlar toksikozi bo'lgan bemorlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki patsientlarni holati yomonlashishi mumkin.

Qo'llashdan oldin ampulani ichidagini tekshirish kerak. Сho'kma bo'lganida dori vositani qo'llash mumkin emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan  patsientlar.

Ma'lumki, tiosul'fat natriy asosan buyraklar orqali chikariladi, va buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda dori vositaga toksik reaktsiyasini rivojlanish xavfi yuqoriroq bo'lishi mumkin.

Keksa yoshdagi patsientlar

Keksa yoshdagi patsientlarda extimol buyrak funktsiyasini susayishi mumkin, shuning uchun dozani tanlashda va buyrak funktsiyasini nazorat qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparat fakat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llaniladi .

Dori vosita transpot vositani yoki patentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga o'ziga hos ta'siri.

Davolash davrida avtomobilni boshqarish va diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak .

Qo'llanilishi

·      Zaxarlanishda:

-       Mish'yak, simob, qo'rg'oshin birikmalari bilan (zaharsiz sul'fitlar hosil bo'ladi)

-        sinil kislotasi va uning tuzlari (kam zaharlilikka ega rodanid birikmalar hosil bo'ladi)

-        yod , brom tuzlari bilan zaharlanishda qo'llaniladi .

·      Allergik kasalliklarda , nevralgiyada , diabetik polineyropatiyada , aritmiyalarda majmuaviy davolash uchun qo'llaniladi .

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Bolalarda extiyotkorlik bilan qo'llash kerak, preparatni bolalarda qo'llash tajribasi yo'k .

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Natriy tiosul'fati rodarin bosqichi metabolizmi bo'ladigan preparatlari bilan birga qo'llanishi bu vositalarni farmakologik samaralarini kamaytiradi. 

Yodidlar, bromidlar xisoblangan dori vositalar.

Alkogol iste'mol qilish natriy tiosul'fati bilan qo'llanishi tavsiya qilinmaydi.

Nomutanosiblik

Nitritlar va nitratlar  eritmalari bilan nomutanosib. Bir shpritsda dori vositani boshqa dori vositalari bilan aralashtirmaslik lozim.

Ta'rifi

Tiniq , rangsiz suyuqlik .

Dozirovkasi

Vena ichiga 30% li eritmani (intoksikatsiyaning og'irlik darajasiga qarab) 5-10 ml dan asta-sekin yuboriladi , tsianid birikmalari bilan shikastlanishlarda- 30% li eritmaning 50 ml yuboriladi .

Dori vosita butun toksigen davr davomida buyuriladi (zaxarlanishning birinchi klinik simptomlari paydo bo'lishidan organizmdan toksinni to'liq chiqarilishigacha).

Allergik kasalliklari, artritlar, nevralgiyalarda natriya tiosul'fatni 1,5-3 g dozada (bu 30 % li eritmani 5-10 ml to'g'ri keladi) buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: artralgiya, giperrefleksiya, tirishishlar, psixotik xulq, shu jumladan ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar; ko'ngil aynishi, qusish; nojo'ya reaktsiyada ko'rinishini kuchayishi.

Davolash: gemodializ, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparat fakat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llaniladi.

Buyrak faoliyati buzilganida

Ma'lumki, tiosul'fat natriy asosan buyraklar orqali chikariladi, va buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda dori vositaga toksik reaktsiyasini rivojlanish xavfi yuqoriroq bo'lishi mumkin.

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10 boshqa chiqarish shakllari

NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N40
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 30% N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 30% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 300 mg/ ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N10
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO
•31 ta dorixonada bor
Narxi
8 800 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N5
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N20
Retseptli
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 300 mg/ ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm,SP OOO

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10 savollari

NATRIYA TIOSULFAT eritma 5ml 30% N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil