logo
SavatKirish

Riboksin

Riboksin chiqarilish shakllari

RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzgermed Pharm, SP, OOO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
5 600 so'm dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
5 600 so'm dan
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•1 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzgermed Pharm, SP, OOO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals,OOO
•85 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals,OOO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
- Riboksin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Riboksinning tarkibi
- Riboksin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Riboksin narxi Toshkent dorixonalarida

Riboksin qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Metabolik jarayonlarni muofiqlashtirish uchun vosita.

Ishlab chiqarilish joyi
Ukraina,
Belarusiya,
O'zbekiston,
Xitoy,
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • YIK, miokardiodistrofiya, miokard infarktidan keyingi holat, yurakning tug'ma va orttirilgan nuqsonlari, yurak ritmi buzilishlari, ayniqsa glikozid intoksikatsiyasida, miokardit, og'ir jismoniy yuklamalar va o'tkazilgan infektsion kasalliklardan keyingi yoki endokrin buzilishlar oqibatidagi miokarddagi distrofik o'zgarishlar; gepatitlar, jigar tsirrozi, jigar yog'li distrofiyasi, sh.j. alkogol yoki dori vositalari chaqirgan; radioaktiv nurlanishda leykopeniya profilaktikasi; alohida ajratilgan buyrakdagi operatsiyalar (operatsiya qilinayotgan a'zoda qon aylanishi vaqtincha bo'lmaganda farmakologik himoya vositasi sifatida).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagra, giperurikemiya, buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Tarkibi
  • 1 ml 1 amp. inozin 20 mg 200 mg 1 amp. inozin 200 mg 1 tabletka saqlaydi Faol modda: riboksin (inozin) - 200 mg Yordamchi moddalar: yadro – kartoshka kraxmali, metiltsellyuloza, qand, polivinilpirrolidon (povidon), tvin – 80 (polisorbat), stearin kislotasi, karboksimetilkraxmal natriy (primogel); qobiq – metiltsellyuloza, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza), titan dioksidi, tvin – 80 (polisorbat), silikon emulsiyasi, tropeolin O. 1 ml eritmada faol modda sifatida 20 mg riboksin (inozin) saqlanadi; yordamchi moddalar: geksametilentetramin (metenamin), natriy gidroksidi eritmasi 1 M, in'ektsiya uchun suv. 1 ml eritma saqlaydi: faol modda: riboksin (inozin)-20 mg, yordamchi moddalar: natriy gidroksidi - 4,8 mg, suyultirilgan xlorid kislotasi - pH 8,5 dan 9,5 gacha, natriy xlorid - 8,5 mg, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha q.s. 1 ml inozin (riboksin) 20 mg saqlaydi yordamchi moddalar: geksametilentetramin, 1M natriy gidroksidi eritmasi, in'ektsiya uchun suv. 1 tab. inozin 200 mg 1 tabletka faol modda riboksin (inozin) - 200 mg saqlaydi; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, suvda eruvchan metiltsellyuloza, saxaroza (shakar-rafinad), stearin kislotasi; qobiq saqlaydi: suvda eruvchan metiltsellyuloza, polisorbat 80 (tvin-80), titan dioksidi (titan ikki oksidi), tropeolin O, asalari mumi. Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka riboksin 0,2 g saqlaydi; , Yordamchi moddalar: saxaroza, kartoshka kraxmali, povidon K-30, stearin kislotasi. inozin 20g, Yordamchi moddalar: geksametilentetramin, o‘yuvchi natriy eritmasi, suv Inozin - 100 mg 5 ml eritmada; yordamchi moddalar – geksametilentetramin, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv. riboksin /inozin/ 20MG; Yordamchi moddalar: metenamin, natriy gidroksidi eritmasi, suv riboksin /inozin/; geksametilentetramin; natriy xlorid; in'ektsiya uchun suv riboksin 0,2g; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, metiltsellyuloza, qand, stearin kislotasi
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak traktida yaxshi absorbtsiya qilinadi. Jigarda glyukuron kislotasi hosil bo‘lishi va uning keyinchalik oksidlanishi bilan metabolizmga uchraydi. Arzimas miqdorda buyraklar orqali ajralib chiqadi.
Farmakologik ta'siri
Riboksin - purin hosilasi (nukleozidi) - adenozintrifosfat (ATF) o'tmishdoshi. Metabolik jarayonlarni tartibga soluvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Antigipoksik va antiaritmik ta'sir ko'rsatadi. Miokardning energetik balansini oshiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, buyraklarning intraoperatsion ishemiyasi oqibatlarini oldini oladi. Glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida va ATF yo'qligida almashinuvning faollashuviga yordam beradi. To'qima nafasining normal jarayonini ta'minlash uchun zarur bo'lgan piruzum kislotasi metabolizmini faollashtiradi, shuningdek ksantindegidrogenazaning faollashuviga yordam beradi. Nukleotidlar sintezini rag'batlantiradi, Krebs tsiklining ba'zi fermentlari faolligini kuchaytiradi. Hujayralarga kirib, miokarddagi metabolizm jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - yurak qisqarishlari kuchini oshiradi va diastolada miokardning to'liqroq bo'shashishiga yordam beradi, natijada zarb hajmi ortadi. Antiaritmik ta'sir mexanizmi oxirigacha aniq emas. Trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi, to'qimalar (ayniqsa miokard va oshqozon-ichak trakti shilliq qavati) regeneratsiyasini faollashtiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri qichishishi, teri giperemiyasi ko'rinishida bo'lishi mumkin (preparatni bekor qilish talab etiladi). Kamdan-kam hollarda riboksin bilan davolashda qonda siydik kislotasi kontsentratsiyasi oshadi va podagra kuchayadi (uzoq muddat qo'llanilganda).
Dozirovkasi
  • 20 mg/ml 200 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Dori shaklining ta'rifi
  • Tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, och-sariqdan sariq-zarg'aldoq ranggacha. Ko'ndalang kesimda ikki qatlam ko'rinadi: ichki - oq rangli, tashqi - och-sariqdan sariq-zarg'aldoq ranggacha. Tiniq rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik. tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. Tiniq yoki deyarli tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. Tiniq yoki deyarli tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo'yalgan suyuqlik Vena ichiga yuborish uchun eritma inyeksiya uchun eritma Dumaloq ikki tomonlama qavariq shaklli, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimda ikki qatlam ko'rinadi sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar dumaloq ikki tomonlama qavariq yuzali Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Majmuaviy terapiya tarkibida qo‘llanilganda riboksin antiaritmik, antianginal va inotrop dori preparatlari samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda anabolik steroidlar va nosteroid anabolik vositalar samaralarini kuchaytiradi. Teofillinning bronxolitik samarasini va kofeinning psixostimulyator ta’sirini susaytiradi. Riboxinning boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA

RIBOKSIN

(RIBOXIN)

 

Preparatning savdo nomi: Riboksin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): inosine

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: inosine;

1 ml eritma 20 mg inozin saqlaydi;

yordamchi moddalar: geksametilentetramin, in‘eksiya uchun suv

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi:

Kordiologik vosita. ATX kodi: S01YeV.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

 Riboksin – anabolik  preparat bo‘lib, gipoksiyaga qashi va aritmiyata qarshi t‘sirga ega. U ATF ning o‘tmishdoshi hisoblanadi, glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida hamda ATF yo‘qligida metabolizmni faollashuviga yordam beradi. Preparat to‘qimalar nafasning me‘yoriy jarayonini ta‘minlash uchun pirouzum kislotasi metabolizimini faollashtiradi va ksantindegidrogenazaning faollashuviga yordam beradi. Riboksin miokarddagi moddalar almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, xususan xujayralarning energetik muvozanatini oshiradi, nukletidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs siklining qator fermentlari faolligini oshiradi. Preparat miokardning qisqaruvchanlik faolligini me‘yorlashtiradi va qo‘zg‘alish vaqtida xujayraga kirgan kalsiy ionlarini bog‘lash qobiliyatiga ega ekanligi xisobiga diastolada miokardning to‘liq bo‘shashishiga yordam beradi, to‘qimalar (ayniqsa, miokard va ovqat xazm qilish yo‘lining) regenerasiyasini faollashtiradi.

Farmakokinetikasi.

  Vena ichiga yuborilganda riboksin to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, va shu yerda organizmning biokimyoviy reaksiyalarida to‘liq utilizasiya qilinadi. Sezilarsiz miqdorda asosan siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Yurakning ishemik kasalligi (miokard infarktidan keyingi xolat, stenokardiya), yurak glikozidlarini qo‘llash chaqirgan yurak ritmini buzilishi, turli genezga ega kardiomiopatiyalar, miokardiodistrofiyalar (og‘ir jismoniy yuklamalar fonidagi, infeksion va endokrin genezli), miokarditlar; jigar kasalliklarini (gepatitlar, jigar sirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi), majmuaviy davolash, nurlanish oqibatidagi leykopeniyaning profilaktikasi, ko‘rish faoliyatlarini yaxshilash uchun me‘yorlashtirilgan ko‘z ichki bosimli ochiq burchakli glaukomada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga vena ichiga oz oqim bilan yoki tomchilab (sekin) minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatni glyukozaning 5% li eritmasida yoki natriy xloridining 0,9% eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi. Davolashni avvalida 200 mg (10 ml 2% eritma) kuniga 1 marta, keyinchalik yaxshi o‘zlashtirilganida – 400 mg (20 ml 2% li eritma) gacha kuniga 1-2 marta. Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi (o‘rtacha 10-15 kun)

Yurak ritmini o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (10-20 ml 2% eritma) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: allergik/anafilaktik reaksiyalar, qichishish, teri giperemiyasi, toshma, eshakemi, anafilaktik shok.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i bilan kechuvchi terlash, qayd qilish, ko‘ngil aynish xissi,arterial gipotenziya, taxikardiya.

Modda almashinuvi, metobalizm tomonidan: giperurikemiya, zo‘raygan podagra ( yuqori miqdorda uzoq vaqt qo‘llanilganda)

Umumiy buzulishlar:  umumiy xolsizlik, yuborilgan joylarda o‘zgarishlar ( qichishish, giperemiya).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

-Inozin yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;

-giperurikemiya;

– buyrak yetishmovchiligi;

-podagra.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

 Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanilganda:

geparin bilan: geparinning samaraliyligi oshib, ta‘sir davomiyligi uzayadi;

yurak glikozidlari bilan: aritmiyan yuzaga kelishini oldini oladi, inotrop ta‘sirni ijobiy kuchaytiradi.

β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda riboksinning samarasi kamaymaydi.

Nitroglisirin, nifedipin, furosemid, spirinolakton bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Bir idishda alkaloidlar, kislotalar, spirtlar, og‘ir metall tuzlari, tanin, V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)  bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Terida giperemiya va qichish paydo bo‘lsa preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. Davolash vaqtida muntazam ravishda qondagi siydik kislotasi miqdorini nazorat qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi preparatni qo‘llashda cheklanish hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida preparatni buyurish shifokorning fikriga ko‘ra, kutilayotgan ijobiy samara qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina maqsadga muvofiq.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

 Ushbu guruh pasientlari uchun qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligining tadqiqotlari o‘tkazilmaganligi tufayli, xomiladorlik va emizish davrida  qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

 Qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

 Avtotransportni boshqarishda yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashda preparat salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

 Nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayish extimoli bor.

Davolash. Preparatni qo‘llash bekor qilinadi, majmuaviy davolanadi

 

Nomutanosiblik

Preparatni bir shprisda yoki bir infuzion sistemada boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Faqat tavsiya qilingan erituvchilarni ishlatish kerak ( “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limga qarang).

Chiqarilish shakli

5 ml dan yoki 10 ml dan ampulalarda;  5 ml yoki 10 ml xajimli  5 ampula kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

              Dorixonalardan berish tartibi

              Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Riboksin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Riboksin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Riboksin haqida savollar

Riboksin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.4, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil