logo
SavatKirish

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Rixter OAO
Teglar:Qon uchun
ATX kodi:A12CC30
Barcha Panangin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Retseptli
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Makcur Laboratories Ltd., Indiya dlya Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya
•11 ta dorixonada bor
Narxi
57 000 so'm dan
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Kaliy va magniy asparaginatlari ichakda, asosan ingichka ichakda intensiv so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriy sohasida noxush sezgilar yoki achishish (anatsid gastrit yoki xoletsistit bo‘lgan bemorlarda), atrioventrikulyar blokada, paradoksal reaksiya (ekstrasistolalar sonining oshishi), giperkaliemiya (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, paresteziyalar), gipermagniemiya (yuz qizarishi, chanqoq hissi, arterial bosimning pasayishi, giporefleksiya, nafas olishning susayishi, tirishishlar) bo‘lishi mumkin.

Agar sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalardan birontasi jiddiylashsa, yoki Siz ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganini sezsangiz, Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlar alohida e'tiborni talab qiladi: qon plazmasida kaliy miqdorini muntazam nazorat qilish zarur.



Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri



Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi kutilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik, o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya, gipermagniemiya, Addison kasalligi, I-III darajali atrioventrikulyar blokada, shok (shu jumladan kardiogen) (arterial bosim 90 mm sim. ust. dan kam), aminokislotalar almashinuvining buzilishi, og'ir miasteniya, gemoliz, o'tkir metabolik atsidoz, degidratatsiya holati, 18 yoshgacha bo'lgan yosh (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).



Ehtiyotkorlik bilan



Homiladorlik (ayniqsa homiladorlikning I trimestrida) va ko'krak suti bilan emizish davri.



Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi



Agar ona uchun potentsial foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lsa, qo'llash mumkin.



Kaliy va magniy asparaginati ko'krak sutiga o'tadi. Emizish davrida preparatni qabul qilish zarurati tug'ilganda, ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmakodinamik o'zaro ta'sir



Kaliy tejovchi diuretiklar (triamteren, spironolakton), beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, angiotenzin o'zgartiruvchi ferment (APF) ingibitorlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanilganda giperkaliemiya rivojlanishi xavfi ortadi, hattoki aritmiya va asistoliya rivojlanishigacha. Kaliy preparatlarini glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llash ular keltirib chiqaradigan gipokaliemiyani bartaraf etadi. Kaliy yurak glikozidlarining noxush ta'sirlarini kamaytiradi. Panangin® Forte antiaritmik dori preparatlarining manfiy dromo- va batmotrop ta'sirini kuchaytiradi. Magniy neomitsin, polimiksin B, tetratsiklin va streptomitsin samaralarini pasaytiradi. Anestetiklar magniy preparatlarining markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sirini oshiradi; atrakuroniy, dekametoniy, suksinilxlorid va suksametoniy bilan bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin. Kalsitriol qon plazmasida magniy miqdorini oshiradi, kalsiy preparatlari magniy preparatlari samaralarini pasaytiradi.

Farmakokinetik o'zaro ta'sir



Burishtiruvchi va o'rab oluvchi ta'sirga ega dori preparatlari magniy asparaginat va kaliy asparaginatning me'da-ichak traktida so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun Panangin® Forte preparatini yuqorida ko'rsatilgan dori preparatlari bilan ichga qabul qilish o'rtasida uch soatlik intervalga rioya qilish kerak.

Dozirovkasi
DozalashQo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.



Ichga, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.

Panangin® Forte ovqatdan keyin qabul qilinishi kerak, chunki oshqozonning kislotali muhiti uning samaradorligini pasaytiradi.

Tavsiya etilgan sutkalik doza: 1 tabletkadan kuniga 3 marta.

Maksimal sutkalik doza: 1 tabletkadan kuniga 3 marta.Dozani oshirib yuborishGiperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlari yuzaga kelish xavfi ortadi.



Giperkaliemiya belgilari: yuqori charchoq, miasteniya, paresteziyalar,



ongning chalkashishi, yurak ritmining buzilishi (bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, aritmiyalar, yurak to'xtashi).



Gipermagniemiya belgilari: nerv-mushak qo'zg'aluvchanligining pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, letargiya, arterial qon bosimining pasayishi.



Qonda magniy ionlari miqdori keskin oshganda: chuqur pay reflekslarining susayishi, nafas falaji, koma.



Davolash: simptomatik terapiya - vena ichiga 100 mg/min dozada kalsiy xlorid yuborish, zarurat bo'lganda - gemodializ.

Xususiyatlar PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60

Panangin boshqa chiqarish shakllari

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50
Vengriya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO/"Gedeon Rixter-RUS", AO
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N10
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAMANGAN PHARM PLANT OOO
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N5
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAMANGAN PHARM PLANT OOO
PANANGIN tabletkalari N50
Retseptsiz
PANANGIN tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Gedeon Rixter»
Narxi
37 500 so'm dan

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60 haqida savollar

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil