ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml

ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
MITYdan yoki konyunktiva membranasi orqali yaxshi so'riladi. Tizimli yuborilgandan so'ng organizmda keng taqsimlanadi. GET orqali o'tadi. MNSda sezilarli kontsentratsiyaga 0,5-1 soat ichida erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi o'rtacha.
T 2 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan chiqariladi; taxminan 60% - o'zgarmagan holda, qolgan qismi - gidroliz va kon'yugatsiya mahsulotlari ko'rinishida.
Farmakologik ta'siri
M-xolinoretseptorlar blokatori, tabiiy uchlamchi amin hisoblanadi. Atropin muskarin retseptorlarining m1-, m2- va m3-kichik turlari bilan teng darajada bog'lanadi deb hisoblanadi. Ham markaziy, ham periferik m-xolinoretseptorlarga ta'sir qiladi.
So'lak, oshqozon, bronxial, ter bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Ichki organlar (shu jumladan bronxlar, ovqat hazm qilish tizimi organlari, uretra, qovuq) silliq mushaklari tonusini pasaytiradi, OIT motorikasini kamaytiradi. O't va oshqozon osti bezi sekretsiyasiga deyarli ta'sir qilmaydi. Midriaz, akkomodatsiya falajini chaqiradi, ko'z yoshi suyuqligi sekretsiyasini kamaytiradi.
O'rtacha terapevtik dozalarda atropin MNT ga o'rtacha rag'batlantiruvchi ta'sir va kechiktirilgan, ammo uzoq muddatli sedativ samara ko'rsatadi. Markaziy antixolinergik ta'sir atropinning Parkinson kasalligida tremorni bartaraf etish qobiliyatini tushuntiradi. Toksik dozalarda atropin qo'zg'alish, ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar, komatoz holatni keltirib chiqaradi.
Atropin adashgan nerv tonusini kamaytiradi, bu YQS ning oshishiga (AB ning arzimas o'zgarishi bilan), Gis tutamida o'tkazuvchanlikning oshishiga olib keladi.
Terapevtik dozalarda atropin periferik tomirlarga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, ammo dozani oshirib yuborishda vazodilatatsiya kuzatiladi.
Oftalmologiyada mahalliy qo'llanilganda qorachiqning maksimal kengayishi 30-40 daqiqadan so'ng sodir bo'ladi va 7-10 kundan keyin yo'qoladi. Atropin chaqirgan midriaz xolinomimetik preparatlar tomizilganda bartaraf etilmaydi.
Nojo'ya samaralari
Tizimli qo'llanilganda: og'iz qurishi, taxikardiya, qabziyat, siyishning qiyinlashishi, midriaz, fotofobiya, akkomodatsiya falaji, bosh aylanishi, taktil idrok etishning buzilishi.
Oftalmologiyada mahalliy qo'llanilganda: qovoq terisi giperemiyasi, qovoq va ko'z soqqasi kon'yunktivasi giperemiyasi va shishi, fotofobiya, og'iz qurishi, taxikardiya.
Maxsus saqlash sharoitlari
YUR (yurak urish tezligi) oshishi istalmagan bo'lishi mumkin bo'lgan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak: hilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, YUK (yurak ishemik kasalligi), mitral stenoz, arterial gipertenziya, o'tkir qon ketishi; tireotoksikozda (taxikardiya kuchayishi mumkin); yuqori haroratda (ter bezlari faolligi bostirilishi oqibatida yana ko'tarilishi mumkin); reflyuks-ezofagitda, reflyuks-ezofagit bilan birga kechadigan diafragma qizilo'ngach teshigi churrasida (qizilo'ngach va oshqozon motorikasi pasayishi va pastki qizilo'ngach sfinkteri bo'shashishi oshqozon bo'shashi sekinlashishiga va buzilgan funksiyali sfinkter orqali gastroezofageal reflyuks kuchayishiga yordam berishi mumkin); o'tib bo'lmaslik bilan kechuvchi OIT (oshqozon-ichak trakti) kasalliklarida - qizilo'ngach axalaziyasi, pilorus stenozi (o'tib bo'lmaslikka va oshqozon tarkibi tutilib qolishiga olib keluvchi motorika va tonus pasayishi mumkin), keksa yoshdagi bemorlarda yoki holsizlangan bemorlarda ichak atoniyasi (o'tib bo'lmaslik rivojlanishi mumkin), paralitik ichak tutilishi; ko'z ichi bosimi oshganda - yopiq burchakli (ko'z ichi bosimi oshishiga olib keluvchi midriatik effekt o'tkir xurujni chaqirishi mumkin) va ochiq burchakli glaukoma (midriatik effekt ko'z ichi bosimining biroz oshishini chaqirishi mumkin; terapiyani korreksiya qilish talab qilinishi mumkin); nomaxsus yarali kolitda (yuqori dozalar ichak peristaltikasini susaytirishi mumkin, bu paralitik ichak tutilishi ehtimolini oshiradi, bundan tashqari, toksik megakolon kabi og'ir asorat namoyon bo'lishi yoki zo'rayishi mumkin); og'iz qurishida (uzoq muddat qo'llash kserostomiya yaqqolligining yanada kuchayishini chaqirishi mumkin); jigar yetishmovchiligida (metabolizm pasayishi) va buyrak yetishmovchiligida (chiqarilish pasayishi oqibatida nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfi); o'pkaning surunkali kasalliklarida, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda va holsizlangan bemorlarda (bronxial sekretsiya kamayishi quyulishga va bronxlarda tiqinlar hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin); miasteniyada (atsetilxolin ta'siri ingibirlanishi tufayli holat yomonlashishi mumkin); siydik chiqarish yo'llari obstruksiyasisiz prostata bezi gipertrofiyasi, siydik tutilishi yoki unga moyillikda yoki siydik chiqarish yo'llari obstruksiyasi bilan kechuvchi kasalliklarda (shu jumladan prostata bezi gipertrofiyasi oqibatida qovuq bo'yni); gestozda (arterial gipertenziya kuchayishi mumkin); bolalarda miya shikastlanishi, bolalar tserebral falaji, Daun kasalligida (axolinergik vositalarga reaksiya kuchayadi).
Atropin va alyuminiy yoki kalsiy karbonat saqlovchi antatsid preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 1 soatni tashkil qilishi kerak.
Atropin subkon'yunktival yoki parabulbar yuborilganda taxikardiyani kamaytirish maqsadida bemorga til ostiga validol tabletkasini berish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida bemor transport vositalarini haydash va diqqatni yuqori jamlash, psixomotor reaksiyalar tezligi va yaxshi ko'rishni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishi kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Atropinga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Alyuminiy yoki kaltsiy karbonat saqlovchi antatsidlar bilan bir vaqtda ichga qabul qilinganda atropinning MTY dan so'rilishi kamayadi.
Antixolinergik vositalar va antixolinergik faollikka ega vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda antixolinergik ta'sir kuchayadi.
Atropin bilan bir vaqtda qo'llanilganda zopiklon, meksiletin so'rilishining sekinlashishi, nitrofurantoin so'rilishining va uning buyraklar orqali chiqarilishining pasayishi mumkin. Nitrofurantoinning terapevtik va nojo'ya ta'sirining kuchayishi ehtimoli bor.
Fenilefrin bilan bir vaqtda qo'llanilganda AB oshishi mumkin.
Guanetidin ta'siri ostida atropinning giposekretor ta'siri kamayishi mumkin.
Nitratlar ko'z ichi bosimi oshishi ehtimolini oshiradi.
Prokainamid atropinning antixolinergik ta'sirini kuchaytiradi.
Atropin qon plazmasida levodopa kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Dozirovkasi
ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml o'xshash dorilari



Atropina sulfat boshqa chiqarish shakllari


ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml analoglari



{
"data": {
"id": 56282,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "atropina-sulfat-kapli",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml",
"brand_name": "ATROPINA SULFAT",
"image": "uploads/iblock/257/257f8544ab04e254cdc13d6edf47e311.webp",
"atx_code": "S01FA01",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "GNSLS OZ, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1089,
"slug": "oftalmologicheskie-preparaty",
"name": "Oftolmologik vositalar",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8905,
"slug": "atropina-sulfat",
"name": "Atropina sulfat"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 7,
"slug": "ukraina",
"name": "Ukraina"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6408,
"slug": "atropin",
"name": "Atropin"
}
],
"tags": []
}
}




