Ташкент
logo
SavatKirish

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:BKRS Pharma Pvt. Ltd
ATX kodi:M01AB16
Barcha Asefenak dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100 o'xshash dorilari

ETOKSIB tabletkalari 90mg N7
Retseptli
ETOKSIB tabletkalari 90mg N7
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
DIKLOVIT kapsulalar  N30
Retseptli
DIKLOVIT kapsulalar N30
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•9 ta dorixonada bor
Narxi
53 000 so'm dan
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•90 ta dorixonada bor
Narxi
40 100 so'm dan
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•106 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: atseklofenak – 100 mg yoki 200 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal, ikki asosli kaltsiy fosfati, mikrokristall tsellyuloza (kukun), jelatin, metilparaben natriy, propilparaben natriy, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, natriy lauril sulfati, Kiron T 314, tozalangan suv

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyu/alyu folgali blisterda. 10 yoki 100 shunday blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.


Farmakodinamikasi

Atseklofenak – bu ko'p omilli ta'sir mexanizmiga ega bo'lgan, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir. Prostaglandinlar sintezini susaytiradi va shu orqali yallig'lanish, og'riq va isitmaning patogeneziga ta'sir qiladi.

Revmatik kasalliklarda atseklofenak og'riqning yaqqolliligini, ertalabki tanglikni, bo'g'imlar shishini ahamiyatli darajada kamaytirish hususiyatiga ega, bu pasientning funktsional holatini yaxshilanishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Og'iz orqali qabul qilinganidan so'ng atseklofenak tez so'riladi, uning Biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil etadi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga qabul qilinganidan so'ng taxminan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganida Tmax sekinlashadi, ayni vaqtda so'rilish darajasi o'zgarmaydi.

Atseklofenak proteinlar bilan deyarli to'liq (>99%) bog'lanadi. Atseklofenak sinovial suyuqlikka o'tadi, u erda plazmadagi kontsentrasiyasiga nisbatan taxminan 60% ga etadi.

Yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 4 soat. Qabul qilingan dozaning 70-80% siydik bilan asosan bog'langan gidroksimetabolitlari ko'rinishida chiqariladi, taxminan 20% axlat bilan chiqariladi. Bir martalik peroral dozaning faqat 1% o'zgarmagan holda chiqariladi. Atseklofenak, ehtimol, CYP2C9 yordamida metabolizmga uchrab, asosiy metaboliti – 4-gidroksiatseklofenak hosil bo'ladi. Atseklofenakning sekin chiqarilish tezligi jigar funktsiyasi yomonlashgan pasientlarda atseklofenakning bir martalik dozasi qabul qilinganidan so'ng aniqlangan. Kuniga bir marta 100 mg dan ko'p marta qabul qilingan dozani o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotda, engildan o'rtacha darajagacha jigar tsirrozi bo'lgan shaxslar va jigar funktsiyasi normal bo'lgan shaxslar o'rtasida farmakokinetik ko'rsatkichlarda farq bo'lmagan. Buyrak funktsiyasini engildan o'rtacha darajagacha yomonlashishi bo'lgan pasientlarda bir martalik dozasi qabul qilingandan so'ng farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlangan.

Nojo'ya samaralari

Atseklofenak yaxshi o'zlashtiriladi, asosan me'da-ichak yo'llari tizimi tomonidan kuzatiladigan ko'pchilik nojo'ya samaralar qaytuvchan va ahamiyatsizdir.

Eng ko'p kuzatiladigan nojo'ya ta'sirlar – me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar hisoblanadi. Me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi, ayniqsa, keksa yoshda ba'zida o'lim bilan yakunlanadigan perforasiyasi va me'da-ichakdan qon ketishi. Preparat qabul qilinganidan so'ng quyidagi holatlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinni dam bo'lishi, qabziyat, me'da funktsiyasini buzilishlari, qorin sohasida og'riqlar, melena, qon aralash qusish, og'izni yarali yallig'lanishi, kolitlarni zo'rayish holatlari va Kron kasalligi to'g'risida xabar berilgan. Gastritni rivojlanganligi to'g'risida kam xabar berilgan. Pankreatit juda kam hollarda kuzatilgan.

Atseklofenakni qabul qilganda shuningdek bosh aylanishi, qichishish, toshma va terini qizarishi va dermatitlar rivojlanishi mumkin, lekin bu holatlar kam (<5%) kuzatilgan.

Yuqori sezuvchanlik:

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan davolangandan so'ng quyidagi allergik reaktsiyalar to'g'risida xabar berilgan: nospesifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar; nafas yo'llarining astma, astmani zo'rayishi, bronxospazm yoki hansirash kabi reaktsiyalaridan iborat bo'lgan reaktsion faolligi; terining, turli xil toshmalari, qichishishi, allergik toshmasi, gemorragik toshmasi, angioshishi va yanada kam kuzatiladigan terini qipiqlanishi va bullez dermatoz (shu jumladan, epidermal nekroliz va ko'p shaklli eritema) lardan iborat bo'lgan turli xil yallig'lanishlari.

Nevrologik buzilishlar va sezuvchanlikning alohida turlari:

Ko'rish nervi nevriti, bo'yin mushaklari tangligi, bosh og'rishi, ko'ngil aynishi, qusish, isitma va dezorientasiya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, umumiy lohaslik va holsizlik hissi kabi simptomlari bo'lgan virusli meningit (ayniqsa, tizimli qizil yugurik, biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalliklari kabi immunologik buzilishlari bo'lgan pasientlarda) bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Atsefenak® me'da-ichak kasalliklari bilan xastalangan pasientlarga va peptik yarasi, tserebrovaskulyar qon ketishlari, yarali kolit, Kron kasalligi, porfiriya, gemopoez yoki koagulyasiyani buzilishlari bo'lgan pasientlarga shifokor nazorati ostida va ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.

Organizmda suyuqlikni tutilishiga moyilligi bo'lgan boshqa holatlardagi pasientlarda bo'lgani kabi, buyrak, jigar yoki yurak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Shuningdek, umuman olganda nojo'ya reaktsiyalarga ko'proq moyilligi bo'lgan pasientlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Asoratlar, masalan, me'da-ichakdan qon ketishi va/yoki perforasiya, ko'pincha o'ta jiddiy oqibatlar, davolashning istalgan vaqtida, ogohlantiruvchi simptomlarsiz kuzatilishi mumkin. Keksa pasientlarda jigar, yurak-qon tomir yoki buyraklar funktsiyasini yomonlashishidan aziyat chekish ehtimoli ko'proq bo'lishi mumkin. NYAQV bilan uzoq muddat davolanayotgan barcha pasientlar ogohlantirish chorasi sifatida tekshiruvdan (masalan, jigar, buyrak funktsiyasi yoki kon tahlili) o'tishlari kerak.

Jigar funktsiyasini engil buzilishi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Osteoartrit, revmatoid artrit va ankilozlanuvchi spondilitda, shuningdek tayanch-harakat apparatining og'riq bilan kechadigan boshqa kasalliklari (masalan, elka-kurak periartriti yoki bo'g'imdan tashqari revmatizm) da og'riq sindromi va yallig'lanishni simptomatik davolash uchun qo'llanadi.

Og'riq bilan kechadigan holatlar (jumladan, bel sohasida og'riq, tish og'rig'i va birlamchi (funktsional) dismenoreya) da analgetik sifatida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Atseklofenak, preparatning yordamchi moddalariga yoki har qanday boshqa Nyaqvga o'ta yuqori sezuvchanlik.

  • anamnezida anafilaktik reaktsiyalar yoki peptik yaralar;

  • ta'siri o'xshash dorilar (masalan, aspirin yoki boshqa NYAQV) dori vositalari astma xurujlari, bronxospazm, o'tkir rinit yoki isitma chaqirgan pasientlar yoki bu dorilarga o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlar.

  • me'da-ichakdan qon ketishlari;

  • o'tkir yurak etishmovchiligi yoki jigar yoki buyraklar funktsiyasini o'tkir buzilishlari;

  • homiladorlik va laktasiya davri;

  • 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Atsefenak® preparatini dori vositalari bilan o'zaro ta'siri boshqa NYAQV uchun kuzatiladiganlar bilan bir xil.

Atseklofenak plazmada litiy, digoksin va metotreksatning kontsentrasiyasini oshirishi, antikoagulyantlarning faolligini oshirishi, diuretiklarning faolligini ingibitsiya qilishi, tsiklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi va xinolon antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida konvulsiyalarni tezlashtirishi mumkin.

Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan birga buyurilganida, zardobdagi kaliy nazorat qilinishi kerak.

Bundan tashqari, atseklofenak va antidiabetik dori vositalarini birga qo'llash sababli, garchi kam kuzatilsada, gipo - yoki giperkaliemiya kuzatilishi mumkin.

Atseklofenakni boshqa NYAQV yoki kortikosteroidlar bilan birga qo'llash nojo'ya samaralarni rivojlanish tezligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

Atsefenak® tabletkalari peroral tarzda qabul qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, ularni kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak, ovqat bilan birga qabul qilish mumkin.

Kattalar:

Tavsiya etiladigan dozasi sutkada 200 mg ni tashkil etadi, 100 mg dan ikki marta, bitta tabletkani ertalab va bitta tabletkani kechki payt yoki 200 mg li bitta tabletkadan qabul qilinadi.

Keksa yoshdagi pasientlar:

Odatda, dozani kamaytirish talab etilmaydi.

Jigar etishmovchiligi:

Engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda atseklofenakning dozasini pasaytirish kerak. Tavsiya etilgan doza sutkada 100 mg ni tashkil etadi.

Buyrak etishmovchiligi:

Engil darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga atseklofenakning dozasiga tuzatish kiritilishi kerakligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, biroq boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan bo'lgani kabi, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganida nojo'ya ta'sirining simptomlarini kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik davolash o'tkaziladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda va laktasiya (emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin emas.

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100 boshqa chiqarish shakllari

ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
Retseptli
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N1000
Retseptli
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N1000
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma PVT. LTD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N100
Retseptli
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N1000
Retseptli
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N1000
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd
Analoglar ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100
Analoglari yo'q

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100 savollari

ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil