Ташкент
logo
SavatKirish

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 %

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Nazal vositalar
Faol modda:Fenilefrin
Ishlab chiqaruvchi:Groteks,OOO
ATX kodi:R01AA04
Barcha Bebifrin dorilari
5 ta dorixonada bor
Narxi 32 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 5 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 % o'xshash dorilari

SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•128 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,05%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,05%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•131 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
VIBROSIL burun uchun tomchilar 15ml
VIBROSIL burun uchun tomchilar 15ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Konsyumer Xels SA
Narxi
38 500 so'm dan

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 % qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: fenilefrin gidroxloridi - 1,25 mg;

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, suvsiz gliserol, makrogol 1500 (polietilenglikol 1500), natriy gidrofosfati digidrati, kaliy digidrofosfati, dinatriy edetati digidrati (trilon B), in'ektsiya uchun suv

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Nazal tomchilar 0,125%.

10 ml dan plastik tomchilatgich va birinchi marta ochilish nazoratiga ega bo'lgan plastik flakonda yoki buraladigan qopqoqchasi va tiqin-tomchilatgichi bilan komplektda flakon-tomchilatgichda.

1 flakondan rus va o'zbek tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramda.

Farmakodinamikasi

Fenilefrin gidroxloridi burun shilliq qavatlarida α1-reseptorlarni rag'batlantirishi hisobiga qon tomirlarini toraytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi α1-adrenergik reseptorlarning Agonisti (simpatomimetik) bo'lib, shilliq qavatlarni shishini va to'qimalar giperemiyasini, burun shilliq qavatida dimlanish holatlarini kamaytiradi, shuningdek burun nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanganda tizimli so'rilishi past.

Nojo'ya samaralari

Mahalliy reaktsiyalar: ba'zan burunda achishish, chimchilash yoki sanchiq hissi.

Tizimli samaralar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yurakni urib ketishi hissi, arterial bosimni oshishi, terlash, teri qoplamalarini oqarishi, tremor, uyquni buzilishi.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

0 dan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda shifokor ko'rsatmasiga qat'iy amal qilgan holda va ko'pi bilan har 6 soatda ishlatish kerak.

Bolalarda fenilefrinning tizimli so'rilishi va u bilan bog'liq nojo'ya samaralarni rivojlanish xavfi katta odamlardagiga nisbatan yuqoriroqdir.

Fenilefrinni pasientlarga Mao ingibitorlari bekor qilinganidan so'ng 2 hafta davomida buyurish mumkin emas, chunki ular simpatomimetiklarning adrenergik samaralar yaqqolligini kuchaytirishi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya samaralarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin.

Preparatni qo'llash davomiyligi 3 sutkadan oshmasligi kerak, burundan nafas olish qiyinchiligi saqlanganda preparatni keyinchalik qo'llash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Infektsiyani tarqalishidan saqlanish maqsadida preparatni individual tarzda ishlatish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash bo'yicha etarli tajriba yo'q. Homilador va emizikli ayollarni davolash uchun, agar ona uchun potentsial foyda homila yoki bola uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsa, davolovchi shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qo'llanilishi mumkin.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Avtomobil va transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Biroq preparataning nojo'ya ta'sir simptomlari namoyon bo'lganida, transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi harakatlarni bajarishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi

Quyidagilarni simptomatik davolash: shamollash kasalliklarida, grippda, pichan isitmasida hamda yuqori nafas yo'llarining rinit va sinusit bilan kechuvchi boshqa allergik kasalliklarda burun orqali nafas olishni engillashtirish uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik; yurak - qon tomir tizimi kasalliklari (shu jumladan koronaroskleroz, stenokardiya), gipertonik kriz, tireotoksikoz, qandli diabetda, monoaminoksidaza (Mao) ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (shuningdek ular bekor qilinganidan keyin 2 haftadan so'ng qabul qilish) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mao ingibitorlari (Prokarbazin, selegin), trisik antidepressantlar, maprotilin, guanedrel, guanetidin fenilefrinning pressor samarasini aritmogenligini kuchaytiradi (tizimli so'rilganda). Tireoid gormonlar (fenilefrin tizimli so'rilganda o'zaro) ular bilan bog'liq koronar qon etishmovchiligini yuz berish xavfini oshiradi (ayniqsa koronar aterosklerozda).

Ta'rifi

Tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik.

Dozirovkasi

Intranazal buyuriladi.

0 dan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: bir martalik doza – har 6 soatda 1 tomchidan tomiziladi.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: bir martalik doza –1-2 tomchidan tomiziladi.

6 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun: bir martalik doza –3-4 tomchidan tomiziladi.

Ishlatilganidan so'ng tomchilatgichni qurigunicha artish kerak.

Davolash davomiyligi – 3 kundan oshmasligi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Potentsial yuz berishi mumkin bo'lgan simptomlar (tizimli so'rilgan hollarda): yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yurak qorinchalari taxikardiyasining qisqa paroksizmlari, bosh va qo'l-oyoqlarda og'irlik hissi, arterial bosimni xaddan tashqari oshib ketishi, qo'zg'aluvchanlik.

Davolash: qisqa ta'sirga ega alfa-adrenoblokatorlarni (fentolaminni) va beta-adrenoblokatorlarni (yurak ritmi buzilishlarida) vena ichiga yuborish kerak.

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 % analoglari

MEZATON 0,01/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
MEZATON 0,01/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml
Retseptli
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
GNSLS OZ, OOO
•26 ta dorixonada bor
Narxi
21 200 so'm dan
FENEFRIN ko'z tomchilari 10ml 100mg/ml
FENEFRIN ko'z tomchilari 10ml 100mg/ml
Slovakiya
Ishlab chiqaruvchi:
Unimed Pharma spol. s.r.o.
IRIFRIN ko'z tomchilari 5ml 2,5%
Retseptli
IRIFRIN ko'z tomchilari 5ml 2,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sentiss Pharma Pvt. Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
134 999 so'm dan

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 % savollari

BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 % fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil