BENZILBENZOAT maz 25g 20%

BENZILBENZOAT maz 25g 20% qo'llanmasi
Preparat har xil turdagi kanalarga, shu jumladan qichima kanalariga (Acarus scabiei) va Demodex urug'i kanalariga nisbatan akaritsid ta'sirga ega, pedikulyozga qarshi faollik namoyon qiladi.
Barcha turdagi bitlarga nisbatan toksik ta'sir ko'rsatadi (bitlarning o'limi 2-5 soatdan keyin, kanalarning o'limi - 7-32 daqiqadan keyin sodir bo'ladi). Xitin qoplami orqali o'tadi va kana organizmida toksik kontsentratsiyalarda to'planadi. Qichima kanalarining lichinkalari va etuk shaxslarining o'limiga olib keladi; tuxumlarga ta'sir qilmaydi.
Preparat teriga surtilganda achishish hissi paydo bo'lishi mumkin, bu kremni keyingi qo'llashda yo'qoladi. Alohida hollarda terisi sezgir shaxslarda mahalliy teri reaksiyalari, achishish yoki qichishish hissi, preparat bilan ishlov berilgan teri sohasining qizarishi yoki qurishi, shuningdek allergik reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin. Agar yuqoridagi nojo'ya ta'sirlar mustaqil ravishda yo'qolmasa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Terining sezuvchanligi ayniqsa shikastlangan sohalarda va genitliylarda oshgan. Ba'zida kontakt dermatit paydo bo'lishi mumkin. Preparat propilenglikol saqlaganligi sababli, terining ta'sirlanishi mumkin.
Qo'llashda zarur xavfsizlik choralari.
Davolashni boshlashdan oldin bemor teri yuzasidan kanalarni mexanik tozalash, shuningdek epidermisning sirtqi qavatini yumshatish uchun (preparat kirishini osonlashtirish uchun) issiq dush qabul qilishi kerak. Qo'llar har bir majburiy yuvilgandan so'ng ularga yana ishlov berish zarur. Ich kiyim va choyshablar, ustki kiyim va bosh kiyimlarga ishlov berishni albatta o'tkazish kerak.
Preparatni ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Davolash kursi tugagandan so'ng 14 kun davomida (asoratlar bo'lganda esa - ko'proq) shifokor nazorati zarur.
Preparat tasodifan tushganda:
– ko'zga: suv yoki 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuvish; ko'z shilliq qavati ta'sirlanganda 30% li albutsid eritmasini, og'riqda – 2% li novokain eritmasini tomizish;
– og'izga: og'izni suv yoki iliq 2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayish;
– me'daga: preparat tasodifan ichga qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bitta o'choqdagi bemorlarga, shuningdek muloqotda bo'lgan shaxslarga ishlov berishni bir vaqtda o'tkazish kerak.
Piodermiya, ekzema ko'rinishidagi asoratlarni qo'tir bilan bir vaqtda davolash va u tugatilgandan keyin ham davom ettirish kerak.
Foydalanilayotgan dori shaklining qo'llashga ko'rsatmalarga muvofiqligiga rioya qilish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Benzilbenzoatga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Teri shikastlanishlari, shu jumladan terining yiringli kasalliklari.
Benzilbenzoat kremining boshqa preparatlar bilan farmakologik o'zaro ta'siri aniqlanmagan, biroq barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi, uni tashqi qo'llash uchun boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Kortikosteroidlarni mahalliy yoki tizimli qo'llash invaziya saqlanib qolganda ba'zi simptomlar (qichishish, giperemiya) yo'qolishi yoki kamayishiga yordam berishi mumkin, shuning uchun Benzilbenzoat kremi bilan davolash davrida bunday preparatlarni qo'llashdan saqlanish kerak.
Benzilbenzoat 25 % mahalliy qo'llaniladi. Bir qabulga 10-15 g krem surtiladi. Bolalarga krem terining barcha sohalarini qoplashi kerak, kattalar yuz va boshning sochli qismidan tashqari terining barcha sohalariga surtishlari kerak. Qo'tirni davolashda preparatni qo'llashdan oldin qipiqlar va qobiqlarni olib tashlash uchun sovun bilan issiq dush qabul qilish, sovunni yaxshilab yuvib tashlash va sochiq bilan artish kerak. Tyubikdan kremni siqib chiqarib, uni teriga ishqalaydilar. Ishlov berishni eng yaxshisi kechasi, uyqudan oldin o'tkazgan ma'qul. Qo'tirda avval chap va o'ng qo'l, tana terisiga (yuz terisi va boshning sochli qismidan tashqari), keyin esa oyoq, tovon va oyoq barmoqlari terisiga ishlov beriladi. Nozik terili joylarga (chov sohasi, genitaliyalar, sut bezlari), shuningdek ekzema, dermatit yoki piodermiyada kremni ehtiyotkorlik bilan surtish, ishqalamaslik kerak. Bolalarga krem xuddi shu ketma-ketlikda butun teri qoplamiga surtiladi. Ishlov berilgandan so'ng qo'llarni 3 soat davomida yuvmaslik kerak. Ba'zi hollarda surtilgan krem qurigandan keyin (odatda 1 soat o'tgach) preparatning ikkinchi qatlamini surtish tavsiya etiladi. Ishlov berish tugagandan so'ng bemorlar toza ichki kiyim kiyishlari, choyshablarni almashtirishlari kerak. 24-48 soatdan keyin dush qabul qilish va yana ichki kiyim va choyshabni almashtirish kerak. Krem teriga 2 hafta davomida 3-4 kun oraliq bilan 4 marta surtiladi. Davolash kursiga o'rtacha 60-90 g krem sarflanadi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'tirni davolashda kremni bevosita qo'llashdan oldin iliq qaynatilgan suv (30-35 °S) bilan 1:1 nisbatda suyultirish va bir xil emulsiya hosil bo'lguncha aralashtirish kerak. Ishlov berishni, qoida tariqasida, oldindan iliq vanna qabul qilmasdan 12 soat oraliq bilan 2 marta o'tkazish kerak.
Norvegiya qo'tirini davolashda Benzilbenzoat kremini qo'llashdan oldin keratolitik vositalar yordamida teri qoplamlarini qobiqlardan tozalash kerak. Davolash kursi davomiyligi teri qoplamlarining tozalanish dinamikasi, yallig'lanish jarayonining to'xtashi, qichishishning to'xtashi bilan belgilanadi.
Pedikulyozni davolashda preparat boshning sochli qismi terisiga va sochlarga engil ishqalab surtiladi, bosh ro'mol bilan bog'lanadi. 30 daqiqadan so'ng preparat oqar suv bilan yuvib tashlanadi va sochlar iliq 5 % li sirka eritmasi bilan chayiladi. Ta'riflangan protseduradan so'ng sochlar sovun yoki shampun bilan yuviladi va sirka va uning tuxumlarini olib tashlash uchun mayda tishli taroq bilan taraladi. Qov pedikulyozida krem qov, qorin, chov burmalari va sonlarning ichki yuzalari terisiga ishqalanadi. Ishlov berish samaradorligi bir sutkadan keyin aniqlanadi va zarurat bo'lganda protsedurani takrorlash kerak.
Benzilbenzoat boshqa chiqarish shakllari







