BENZILBENZOAT maz 25g 20%

BENZILBENZOAT maz 25g 20% haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
Preparat turli turdagi kanalarga, jumladan qichima kanalariga (Acarus scabiei) va Demodex turkumidagi kanalarga nisbatan akaritsid ta’sirga ega, bitlarga qarshi faollik namoyon qiladi.
Bitlarning barcha turlariga nisbatan zaharli ta’sir ko‘rsatadi (bitlarning o‘limi 2-5 soatdan keyin, kanalarning o‘limi – 7-32 daqiqadan keyin sodir bo‘ladi). Xitin qobig‘i orqali o‘tadi va kana organizmida zaharli konsentratsiyalarda to‘planadi. Qichima kanalarining lichinkalari va yetuk individlari o‘limini chaqiradi; tuxumlariga ta’sir qilmaydi.
Nojo'ya samaralari
Preparat teriga surtilganda achishish hissi paydo bo'lishi mumkin, bu kremni keyinchalik qo'llashda yo'qoladi. Alohida hollarda, terisi sezgir bo'lgan shaxslarda mahalliy teri reaksiyalari, achishish hissi yoki qichishish, preparat bilan ishlov beriladigan teri sohasining qizarishi yoki quruqligi, shuningdek allergik reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin. Agar yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar o'z-o'zidan yo'qolmasa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Teri sezgirligi ayniqsa shikastlangan joylarda va genitaliyalarda oshgan. Ba'zida kontakt dermatit paydo bo'lishi mumkin. Preparat tarkibida propilenglikol bo'lganligi sababli terining ta'sirlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Qo'llashda zaruriy xavfsizlik choralari.
Davolashni boshlashdan oldin bemor kanalarini teri yuzasidan mexanik olib tashlash uchun, shuningdek epidermisning sirtqi qavatini yumshatish uchun (preparat kirishini osonlashtirish uchun) issiq dush qabul qilishi kerak. Qo'llarni har bir majburiy yuvishdan keyin ularga yana ishlov berish kerak. Ichki va to'shak kiyimlariga, ustki kiyim va bosh kiyimlariga ishlov berish majburiydir.
Preparatni ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Davolash kursi tugagandan so'ng 14 kun davomida (asoratlar mavjud bo'lganda esa - undan ko'proq) shifokor nazorati zarur.
Preparat tasodifan tushganda:
– ko'zga: suv yoki natriy gidrokarbonatning 1% li eritmasi bilan yaxshilab yuvish; ko'z shilliq qavatining ta'sirlanishida 30% li albutsid eritmasini, og'riqda – 2% li novokain eritmasini tomizish;
– og'izga: og'izni suv yoki iliq 2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayish;
– me'daga: preparat tasodifan ichga qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bitta o'choqdagi bemorlarga, shuningdek muloqotda bo'lgan shaxslarga ishlov berishni bir vaqtda o'tkazish kerak.
Piodermiya, ekzema ko'rinishidagi asoratlarni qo'tir bilan bir vaqtda davolash va u tugatilgandan keyin ham davom ettirish kerak.
Ishlatilayotgan dori shaklining qo'llashga ko'rsatmalarga mosligiga rioya qilish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Benzilbenzoatga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Teri shikastlanishlari, shu jumladan terining yiringli kasalliklari.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Benzilbenzoat kremining boshqa preparatlar bilan farmakologik o‘zaro ta’siri aniqlanmagan, ammo, barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi, uni boshqa sirtqi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Kortikosteroidlarni mahalliy yoki tizimli qo‘llash invaziya saqlanib qolgan holda ba’zi simptomlarning (qichishish, giperemiya) yo‘qolishiga yoki namoyon bo‘lishining kamayishiga yordam berishi mumkin, shuning uchun Benzilbenzoat kremi bilan davolash davrida bunday preparatlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Dozirovkasi
Benzilbenzoat 25 % mahalliy qo'llaniladi. Bir qabulda 10-15 g krem surtiladi. Bolalarga krem terining barcha sohalariga, kattalarga yuz va boshning sochli qismidan tashqari terining barcha sohalariga surtiladi. Qo'tirni davolashda preparatni qo'llashdan oldin qaloqlar va po'stloqlarni olib tashlash uchun sovun bilan issiq dush qabul qilish, sovunni yaxshilab yuvib tashlash va sochiq bilan artinish kerak. Kremni tubadan siqib chiqarib, teriga ishqalanadi. Ishlov berishni kechqurun, uyqudan oldin o'tkazish eng yaxshisidir. Qo'tirda avval chap va o'ng qo'llar, gavda (yuz terisi va boshning sochli qismidan tashqari), keyin esa oyoqlar, tovonlar va oyoq barmoqlari terisiga ishlov beriladi. Nozik teri joylarida (chov sohasi, genitaliyalar, sut bezlari), shuningdek ekzema, dermatit yoki piodermiyada kremni ehtiyotkorlik bilan surtish, ishqalamaslik kerak. Bolalarga krem butun teri qoplamiga xuddi shu ketma-ketlikda surtiladi. Ishlov berilgandan so'ng qo'llarni 3 soat davomida yuvmaslik kerak. Ayrim hollarda surtilgan krem qurigandan so'ng (odatda 1 soatdan keyin) preparatning ikkinchi qatlamini surtish tavsiya etiladi. Ishlov berish tugagandan so'ng bemorlar toza ich kiyim kiyishlari, choyshablarni almashtirishlari kerak. 24-48 soatdan keyin dush qabul qilish va yana ich kiyim va choyshabni almashtirish kerak. Krem teriga 2 hafta davomida 3-4 kunlik oraliq bilan 4 marta surtiladi. Davolash kursiga o'rtacha 60-90 g krem sarflanadi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'tirni davolashda kremni bevosita qo'llashdan oldin iliq qaynatilgan suv (30-35 °C) bilan 1:1 nisbatda suyultirish va bir xil emulsiya hosil bo'lguncha aralashtirish kerak. Ishlov berishni, qoida tariqasida, oldindan iliq vanna qabul qilmasdan 12 soatlik oraliq bilan 2 marta o'tkazish kerak.
Norvegiya qo'tirini davolashda Benzilbenzoat kremini qo'llashdan oldin teratolitik vositalar yordamida teri qoplamalarini qaloqlardan tozalash kerak. Davolash kursining davomiyligi teri qoplamalarining tozalanish dinamikasi, yallig'lanish jarayonining to'xtashi, qichishishning to'xtashi bilan belgilanadi.
Pedikulyozni davolashda preparatni boshning sochli qismi terisiga va sochlarga biroz ishqalab surtish, boshni ro'mol bilan bog'lash kerak. 30 daqiqadan so'ng preparatni oqar suv bilan yuvib tashlash va sochlarni iliq 5 % li sirka eritmasi bilan chayish kerak. Tasvirlangan muolajadan so'ng sochlarni sovun yoki shampun bilan yuvish va sirka va o'lik bitlarni olib tashlash uchun mayda tishli taroq bilan tarash kerak. Qov pedikulyozida krem qov, qorin, chov burmalari va sonlarning ichki yuzalari terisiga ishqalanadi. Ishlov berish samaradorligi bir sutkadan keyin aniqlanadi va zarurat bo'lganda muolajani takrorlash kerak.
BENZILBENZOAT maz 25g 20% o'xshash dorilari

Benzilbenzoat boshqa chiqarish shakllari

BENZILBENZOAT maz 25g 20% analoglari







