Apteka.uz
SavatKirish

Benzilbenzoat

Benzilbenzoat chiqarilish shakllari

BENZILBENZOAT maz 25g 20%
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Retseptsiz
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
- Benzilbenzoat qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Benzilbenzoatning tarkibi
- Benzilbenzoat ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Benzilbenzoat narxi Toshkent dorixonalarida

Benzilbenzoat haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

BENZILBENZOAT

 

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

 

YO‘RIQNOMA

 

 

Preparatning savdo nomi Benzilbenzoat.

 

Xalqaro patentlanmagan nomi Benzilbenzoat.

 

Dori shakli sirtga qo‘llash uchun surtma.

 

Tarkibi

1 g surtma saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: benzilbenzoat – 200,0 mg;

yordamchi moddalar: trolamin – 50,0 mg, stearin kislotasi 95 – 200,0 mg, makrogol-400 – 50,0 mg, suv – 1,0 g gacha.

 

Ta‘rifi

Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos hidli surtma. Havo pufakchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi

Qo‘tirga qarshi vosita.

 

ATX kodi: R03AX01

 

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qo‘llash uchun qo‘tirga qarshi vosita. Qo‘tir kanalariga nisbatan zaharli ta‘sir ko‘rsatadi. Lichinkalarni va yetuk qo‘tir kanalarning o‘limini chaqiradi; tuxumlariga ta‘sir qilmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Epidermisning yuqori qatlamlariga kiradi, tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Qo‘tir.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Surtma kechasiga yuvingandan keyin barcha teri qoplamasiga, yuz va boshning sochli qismidan tashqari, qo‘l bilan ishqalab surtiladi, qo‘llar ertalabgacha yuvilmaydi, bir surkashga 30-40 g surtma sarflanadi. To‘rtinchi kuni ishlov berish takrorlanadi, beshinchi kuni ichki kiyim va ko‘rpa-to‘shak jildlarini almashtirish bilan yuvinish buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Mahalliy reaksiyalar: achishish hissi, terini ta‘sirlanishi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanganida benzilbenzoat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmasligi tufayli, preparatning dozasini oshirib yuborish hollari aniqlanmagan.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Benzilbenzoat surtmasini boshqa preparatlar bilan farmakologik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan, lekin barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi uni boshqa sirtga ishlatiladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Takroriy zararlanishni oldini olish uchun, zararlanish o‘chog‘idagi bemorlarni, shu jumladan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganlarni ham bir vaqtda davolash lozim. Davolanishdan keyin qichishishni saqlanib qolishi spesifik davolashning qo‘shimcha kursini buyurish uchun sabab bo‘laolmaydi. Qichishish nobud bo‘lgan kanaga va uning hayot faoliyatining mahsulotlarga nisbatan organizmning reaksiyasi bo‘lib, antigistamin preparatlar yoki glyukokortikosteroidli surtmalar buyurilganida o‘tib ketadi. Davolanishdan so‘ng 2 hafta davomida, asoratlar kuzatilganida esa undan ham uzoqroq vaqt shifokor nazorati talab etiladi,

Shikastlangan teriga tekkan barcha predmetlarga, zararsizlantirish maqsadida yaxshilab ishlov berish lozim. O‘rin-ko‘rpa jihozlari, ichki kiyim, sochiqni kir yuvish kukuni eritmasida 5-10 minut qaynatish lozim. Ustki kiyimlar ikki tomoni issiq dazmol bilan dazmollanadi. Termik ishlov berib bo‘lmaydigan buyumlar ochiq havoda 3 kun yoyib qo‘yiladi. Poyafzal, o‘yinchoqlar va boshqa predmetlarni 5 kun ishlatish man etiladi va sellofan paketlarga joylashtiriladi. Matraslar, yostiqlar va ko‘rpalarni ham 5 kun ishlatish man etiladi va kamerada dezinfeksiyasiyalanadi. Yumshoq mebelga dezinseksiyalovchi preparatlar bilan ishlov berish mumkin. Kvartira tozalanadi, pollar dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan yuvish vositalari bilan yuviladi.

Preparatni ko‘z, burun, og‘izga tushishidan saqlanish kerak.

Preparat tushganda quyidagi choralar ko‘riladi:

  • og‘izga tushganida: og‘izni ko‘p miqdordagi suv bilan yoki 2% iliq natriy gidrokarbonati eritmasi («ichimlik sodasi») bilan chayiladi;
  • me‘daga tushganida: me‘da 1%-2% natriy gidrokarbonati eritmasi (ichimlik sodasi), ko‘ydirilgan magneziyaning suvli aralashmasi yoki faollashtirilgan ko‘mir bilan yuviladi;
    • burunga tushganida: suv bilan yaxshilab yuviladi;
  • ko‘zga tushganida: suv va natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 20% surtma. 25 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda.

Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Qo'tir; bosh va qov bitlashi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • individual o‘zlashtira olmaslik. Nojo‘ya ta’sirlari: Maz surtilganda achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin, u bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketadi. Maz ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Tarkibi

  • tibbiy benzil benzoat 200 mg benzilbenzoat – 20 g; yordamchi moddalar: xo‘jalik sovuni 72%, emulsion mum, tozalangan suv 100 g gacha. benzilbenzoat – 20 g; yordamchi moddalar: xo‘jalik sovuni 72%, emulsion mum, tozalangan suv 100 g gacha. benzilbenzoat 20mg; Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, nipagin, nipazol, tvin-80 Benzilbenzoat tibbiy 20% - 20g, Yordamchi moddalar: termostabil trietanolamin, stearin kislotasi, polietilenoksid 400, tozalangan suv

Farmakokinetikasi

Epidermisning yuqori qatlamlariga kirib boradi, tizimli qon oqimiga so'rilmaydi.

Farmakologik ta'siri

Sirtqi qo'llash uchun parazitlarga qarshi preparat. Qo'tir kanasi va bitlarning barcha turlariga nisbatan toksik ta'sir ko'rsatadi (bitlarning o'limi 2-5 soatdan keyin, kanalarning - 7-32 daqiqadan keyin sodir bo'ladi). Xitin qoplamidan o'tadi va kana organizmida toksik kontsentratsiyalarda to'planadi. Qo'tir kanalarining lichinkalari va etuk zotlarining o'limini keltirib chiqaradi; tuxumlarga ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • mazni ishqalab surtganda achishish hissi paydo bo'lishi mumkin, u bir necha daqiqadan so'ng o'tib ketadi. Mazning ko'zga tushishidan saqlanish kerak

Dozirovkasi

  • 20 % 20%

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun 20% li maz Sirtga qo'llash uchun maz oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha Sirtga qo'llash uchun 20% li emulsiya

Maxsus ko‘rsatmalari

Qo'llashda zarur xavfsizlik choralari.
Davolashni boshlashdan oldin bemor teri yuzasidan kanalarni mexanik tozalash, shuningdek epidermisning sirtqi qavatini yumshatish uchun (preparat kirishini osonlashtirish uchun) issiq dush qabul qilishi kerak. Qo'llar har bir majburiy yuvilgandan so'ng ularga yana ishlov berish zarur. Ich kiyim va choyshablar, ustki kiyim va bosh kiyimlarga ishlov berishni albatta o'tkazish kerak.
Preparatni ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Davolash kursi tugagandan so'ng 14 kun davomida (asoratlar bo'lganda esa - ko'proq) shifokor nazorati zarur.
Preparat tasodifan tushganda:
– ko'zga: suv yoki 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuvish; ko'z shilliq qavati ta'sirlanganda 30% li albutsid eritmasini, og'riqda – 2% li novokain eritmasini tomizish;
– og'izga: og'izni suv yoki iliq 2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayish;
– me'daga: preparat tasodifan ichga qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bitta o'choqdagi bemorlarga, shuningdek muloqotda bo'lgan shaxslarga ishlov berishni bir vaqtda o'tkazish kerak.
Piodermiya, ekzema ko'rinishidagi asoratlarni qo'tir bilan bir vaqtda davolash va u tugatilgandan keyin ham davom ettirish kerak.
Foydalanilayotgan dori shaklining qo'llashga ko'rsatmalarga muvofiqligiga rioya qilish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Benzilbenzoat kremining boshqa preparatlar bilan farmakologik o'zaro ta'siri aniqlanmagan, biroq barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi, uni tashqi qo'llash uchun boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Kortikosteroidlarni mahalliy yoki tizimli qo'llash invaziya saqlanib qolganda ba'zi simptomlar (qichishish, giperemiya) yo'qolishi yoki kamayishiga yordam berishi mumkin, shuning uchun Benzilbenzoat kremi bilan davolash davrida bunday preparatlarni qo'llashdan saqlanish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Benzilbenzoat 25 % mahalliy qo'llaniladi. Bir qabulga 10-15 g krem surtiladi. Bolalarga krem terining barcha sohalarini qoplashi kerak, kattalar yuz va boshning sochli qismidan tashqari terining barcha sohalariga surtishlari kerak. Qo'tirni davolashda preparatni qo'llashdan oldin qipiqlar va qobiqlarni olib tashlash uchun sovun bilan issiq dush qabul qilish, sovunni yaxshilab yuvib tashlash va sochiq bilan artish kerak. Tyubikdan kremni siqib chiqarib, uni teriga ishqalaydilar. Ishlov berishni eng yaxshisi kechasi, uyqudan oldin o'tkazgan ma'qul. Qo'tirda avval chap va o'ng qo'l, tana terisiga (yuz terisi va boshning sochli qismidan tashqari), keyin esa oyoq, tovon va oyoq barmoqlari terisiga ishlov beriladi. Nozik terili joylarga (chov sohasi, genitaliyalar, sut bezlari), shuningdek ekzema, dermatit yoki piodermiyada kremni ehtiyotkorlik bilan surtish, ishqalamaslik kerak. Bolalarga krem xuddi shu ketma-ketlikda butun teri qoplamiga surtiladi. Ishlov berilgandan so'ng qo'llarni 3 soat davomida yuvmaslik kerak. Ba'zi hollarda surtilgan krem qurigandan keyin (odatda 1 soat o'tgach) preparatning ikkinchi qatlamini surtish tavsiya etiladi. Ishlov berish tugagandan so'ng bemorlar toza ichki kiyim kiyishlari, choyshablarni almashtirishlari kerak. 24-48 soatdan keyin dush qabul qilish va yana ichki kiyim va choyshabni almashtirish kerak. Krem teriga 2 hafta davomida 3-4 kun oraliq bilan 4 marta surtiladi. Davolash kursiga o'rtacha 60-90 g krem sarflanadi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'tirni davolashda kremni bevosita qo'llashdan oldin iliq qaynatilgan suv (30-35 °S) bilan 1:1 nisbatda suyultirish va bir xil emulsiya hosil bo'lguncha aralashtirish kerak. Ishlov berishni, qoida tariqasida, oldindan iliq vanna qabul qilmasdan 12 soat oraliq bilan 2 marta o'tkazish kerak.
Norvegiya qo'tirini davolashda Benzilbenzoat kremini qo'llashdan oldin keratolitik vositalar yordamida teri qoplamlarini qobiqlardan tozalash kerak. Davolash kursi davomiyligi teri qoplamlarining tozalanish dinamikasi, yallig'lanish jarayonining to'xtashi, qichishishning to'xtashi bilan belgilanadi.
Pedikulyozni davolashda preparat boshning sochli qismi terisiga va sochlarga engil ishqalab surtiladi, bosh ro'mol bilan bog'lanadi. 30 daqiqadan so'ng preparat oqar suv bilan yuvib tashlanadi va sochlar iliq 5 % li sirka eritmasi bilan chayiladi. Ta'riflangan protseduradan so'ng sochlar sovun yoki shampun bilan yuviladi va sirka va uning tuxumlarini olib tashlash uchun mayda tishli taroq bilan taraladi. Qov pedikulyozida krem qov, qorin, chov burmalari va sonlarning ichki yuzalari terisiga ishqalanadi. Ishlov berish samaradorligi bir sutkadan keyin aniqlanadi va zarurat bo'lganda protsedurani takrorlash kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Benzilbenzoat preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Benzilbenzoat narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
6 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
7 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
7 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
8 000 so'm
Bron qilish

Benzilbenzoat haqida savollar

Benzilbenzoat haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil