Apteka.uz
SavatKirish

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Antiseptiklar
Ishlab chiqaruvchi:Bayer Consumer Care AG
Teglar:Lat yeyishdan
Vakil:Bayer
ATX kodi:D08AC52
Barcha Bepanten dorilari
65 ta dorixonada bor
Narxi 53 990 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 65 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Dekspantenol shikastlangan teri orqali tez so'riladi. Teri hujayralarida dekspantenol tezda pantoten kislotasiga aylanadi va endogen pantoten kislotasi zaxirasini to'ldiradi.
Kattalarda xlorgeksidinning shikastlanmagan teri orqali so'rilishi haqida dalillar mavjud emas. Chaqaloqlar terisiga 4% li xlorgeksidin glyukonat yuvish eritmasi surtilganda, qonda uning kontsentratsiyasi past bo'lgan (1 mkg/ml).

Taqsimlanishi
Pantoten kislotasi qon plazmasi oqsillari bilan (β-globulin va albumin bilan) bog'lanadi. Sog'lom kattalarda uning to'liq qondagi kontsentratsiyasi taxminan 500–1000 mkg/ml ni, qon zardobida esa – mos ravishda taxminan 100 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Xlorgeksidin teri orqali oz miqdorda so'rilganligi sababli, uning organlar yoki to'qimalarda taqsimlanishi haqida kam narsa ma'lum. Xlorgeksidin (300 mg) oral yuborilganda sog'lom kattalarda plazmadagi maksimal daraja 0,2 mkg /ml ga 30 daqiqadan so'ng erishiladi.
Chiqarilishi
Pantoten kislotasi o'zgarmagan holda chiqariladi. Oral qabul qilingandan so'ng 60-70% siydik bilan, qoldig'i axlat bilan chiqariladi.
Xlorgeksidin teri orqali deyarli so'rilmaydi. Oral yuborilganda xlorgeksidin organizmdan deyarli to'liq axlat bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ro'yxatda keltirilgan nojo'ya ta'sirlar spontan xabarlar asosida ko'rsatilgan, ularning har birining uchrash chastotasini aniq belgilash imkoni yo'q.
Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari tomonidan:
allergik reaksiyalar, shu jumladan teri allergik reaksiyalari: kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, eritema, ekzema, toshma, eshakemi, teri ta'sirlanishi, pufakchali toshma;
o'ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok tegishli laborator va klinik ko'rinishlar bilan, shu jumladan astma simptomlari, teri, nafas yo'llari, me'da-ichak trakti, yurak-qon tomir tizimining kuchsizdan o'rtacha darajagacha shikastlanishi, shu jumladan yurak va nafas yetishmovchiligi.
Ro'yxatda keltirilgan nojo'ya reaksiyalar, shuningdek ushbu ilova-varaqada ko'rsatilmagan reaksiyalar paydo bo'lganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Kremni ko'zga tushishidan saqlanish kerak. Ichga qabul qilish mumkin emas.

Maydoni katta, qattiq ifloslangan va chuqur yaralar, shuningdek tishlangan va sanchilgan yaralar shifokor aralashuvini talab qiladi (qoqshol rivojlanishi xavfi tufayli).

Agar yara o'lchamlari ma'lum vaqt davomida o'zgarmasdan katta bo'lib qolsa yoki yara 10-14 kun davomida bitmasa, shifokor maslahati zarur. Bu yara chetlari qattiq qizargan, yara kutilmaganda shishgan, kuchli og'riqlar paydo bo'lgan yoki shikastlanish isitma bilan kechgan hollarda ham zarur (sepsis rivojlanishi xavfi tufayli).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dekspantenolga va/yoki xlorgeksidinga, yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Teshilgan quloq pardasiga surtish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Xlorgeksidin sovunlovchi moddalar va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosib. Bepanten Plyusni boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, ularning o'zaro ta'sirini (ta'sir antagonizmi yoki inaktivatsiya) oldini olish uchun.

Dozirovkasi

Krem oldindan tozalangan jarohat yuzasiga yoki terining yallig‘langan sohalariga ehtiyojga qarab sutkasiga bir yoki bir necha marta surtiladi.
Zarurat bo‘lganda bog‘lamlarni qo‘llash mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 o'xshash dorilari

MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Retseptsiz
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa AO
•80 ta dorixonada bor
Narxi
50 700 so'm dan
LOROBEN sprey 30ml
Retseptsiz
LOROBEN sprey 30ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 xususiyatlari

Bepanten boshqa chiqarish shakllari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•111 ta dorixonada bor
Narxi
68 900 so'm dan
BEPANTEN maz 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN maz 5% 100g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•90 ta dorixonada bor
Narxi
112 000 so'm dan
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
GP Grensax Produksions GmbX
•32 ta dorixonada bor
Narxi
120 000 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•111 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•32 ta dorixonada bor
Narxi
120 000 so'm dan
Analoglar BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1
Analoglari yo'q

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
54 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 900 so'm
Bron qilish

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 haqida savollar

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil