DE NOL 0,12 tabletkalari N32

DE NOL 0,12 tabletkalari N32 o'xshash dorilari


DE NOL 0,12 tabletkalari N32 qo'llanmasi
Vismut subtsitrati me’da-ichak yo‘lidan deyarli so‘rilmaydi. Asosan axlat bilan chiqariladi. Plazmaga tushgan vismutning oz miqdori organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, tez-tez axlat kelishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Bu holatlar sog‘liq uchun xavfli emas va vaqtincha xarakterga ega. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi.
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda - MNSda vismut to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan entsefalopatiya.
Preparatni 8 haftadan ortiq qo'llash kerak emas. Shuningdek davolash vaqtida kattalar va bolalar uchun belgilangan sutkalik dozalarni oshirish tavsiya etilmaydi. De-Nol® bilan davolash davrida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qo'llash kerak emas. Preparat bilan tavsiya etilgan dozalarda kursli davolash tugagandan so'ng qon plazmasida faol ta'sir etuvchi modda konsentratsiyasi 3-58 mkg/l dan oshmaydi, intoksikatsiya esa faqat 100 mkg/l dan yuqori konsentratsiyada kuzatiladi.
De-Nol® qo'llanilganda vismut sulfidi hosil bo'lishi oqibatida axlat to'q rangga bo'yalishi mumkin. Ba'zan tilning biroz qorayishi qayd etiladi.
Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
De-Nol® preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Dekompensatsiyalangan buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya, preparatni individual toqat qilolmaslik, 4 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik va laktatsiya:
De-Nol® preparatini homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
De-Nol® qabul qilishdan oldin va keyin yarim soat davomida boshqa dori vositalarini ichish, shuningdek, ovqat va suyuqlik, xususan, antatsidlar, sut, meva va meva sharbatlarini iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Bu ular bir vaqtda ichilganda De-Nol® samaradorligiga ta'sir qilishi mumkinligi bilan bog'liq.
De-Nol® ni tetratsiklin bilan birga qo'llash oxirgisining so'rilishini kamaytiradi.
8 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat 1 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin buyuriladi.
4 dan 8 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 8 mg/kg/sutka dozasida buyuriladi; bola vazniga qarab kuniga 1-2 tabletkadan (mos ravishda kuniga 1-2 qabulda) buyuriladi. Bunda sutkalik doza hisoblangan dozaga (8 mg/kg/sutka) eng yaqin bo'lishi kerak.
Tabletkalar ovqatdan 30 daqiqa oldin oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Davolash kursi davomiyligi 4-8 hafta. Keyingi 8 hafta davomida vismut saqlagan preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Helicobacter pylori eradikatsiyasi uchun De-Nolni antixelikobakter faollikka ega bo'lgan boshqa antibakterial vositalar bilan kombinatsiyada qo'llash maqsadga muvofiqdir.Dozani oshirib yuborishTavsiya etilganlardan yuqori dozalarni uzoq muddat qabul qilish oqibatida yuzaga kelgan preparatning dozasini oshirib yuborish buyrak funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu simptomlar De-Nol® bekor qilinganda to'liq qaytuvchan.
Preparatdan zaharlanish belgilari paydo bo'lganda me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir va tuzli surgilarni qo'llash kerak. Keyinchalik davolash simptomatik bo'lishi kerak. Qon plazmasida vismutning yuqori darajasi bilan kechuvchi buyrak funksiyasi buzilgan taqdirda, xelat hosil qiluvchilarni (D-penitsillamin, unitiol) yuborish mumkin. Buyrak funksiyasining yaqqol buzilishi holatida gemodializ ko'rsatilgan.












