Ташкент
logo
SavatKirish

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Dekametoksin
Ishlab chiqaruvchi:Yuriya-Farm, OOO
Teglar:Tirnoq qo'ziqorinidan
ATX kodi:D01AE
Barcha Dekasan dorilari
Mavjud emas
Narxi 63 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•123 ta dorixonada bor
Narxi
69 900 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•131 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan
Psilo-balzam gel 20g
Retseptsiz
Psilo-balzam gel 20g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AO «Nijfarm»
Narxi
55 000 so'm dan
SINAFLAN maz 10g 0,025%
SINAFLAN maz 10g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 280 so'm dan

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakologik ta'siri

Dekasan® mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasida (SPM) to‘planadi va membrana lipidlarining fosfatid guruhlari bilan bog‘lanib, mikroorganizmlar SPM o‘tkazuvchanligini buzadi. Dekametoksin stafilokokklar, streptokokklar, difteriya va ko‘k yiringli tayoqchasi, kapsulali bakteriyalarga nisbatan yaqqol bakteritsid ta’sirga va achitqilar, achitqisimon zamburug‘lar, epidermofitiya, trixofitiya, mikrosporiya, eritrazma qo‘zg‘atuvchilari, mog‘or zamburug‘larining ba’zi turlari (aspergillar, penitsillinlar) ga nisbatan fungitsid ta’sirga, trixomonadalar, lyambliyalarga nisbatan protistotsid ta’sirga, viruslarga nisbatan virusotsid ta’sirga ega. Antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol. Uzoq muddat qo‘llanilganda dekametoksinga chidamli shakllar hosil bo‘lishi sekin sodir bo‘ladi va preparatning samarali konsentratsiyalaridan oshmaydi. Bakteriostatik (fungistatik) konsentratsiyalari uning bakteritsid (fungitsid), virusotsid, protistotsid konsentratsiyalariga o‘xshash. Preparat bilan davolash jarayonida antibiotikorezistent mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligi oshadi. Preparat shilliq qavatlar, shikastlanmagan teri va jarohat yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Yakka hollarda individual yuqori sezuvchanlik bo'lishi mumkin. Bunday shaxslarda teri toshmasi, achishish, qurish, preparat qo'llanilgandan so'ng qichishish va boshqa mahalliy allergik reaksiyalar, endobronxial yuborilganda to'sh ortida issiqlik hissi paydo bo'lishi mumkin, bu muolaja tugagandan so'ng 20-30 daqiqa o'tgach mustaqil ravishda o'tib ketadi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Dekasan® da qo'llaniladigan konsentratsiyadagi dekametoksin toksik ta'sirga ega emas.
Dekasan® uzoq muddat qo'llanilganda hech qanday toksik reaksiyalarni chaqirmaydi.
Qo'llashdan oldin preparatni 38°S gacha isitish ta'sir samaradorligini oshiradi.
Yallig'lanish holatlarida va teri ta'sirlanishlarida preparatni distillangan suv bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda suyultiradilar.
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'siri bo'yicha ogohlantirishlar yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat tarkibiy qismlariga individual yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmatsevtik: dekametoksin kationli sirt faol modda bo‘lib, shuning uchun u sovun va boshqa anion birikmalar bilan mos kelmaydi.

Farmakodinamik: dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.

Dozirovkasi

Terining yiringli va zamburug'li kasalliklarida, yiringli yaralarda eritma yuvish, kompresslar ko'rinishida qo'llaniladi.
Proktit va yarali kolitni davolash uchun iliq eritma huqna ko'rinishida 50-100 ml dan sutkasiga 2 marta o'tkir yallig'lanish belgilari to'liq yo'qolguncha yuboriladi.
Surunkali paraproktitdagi oqmalar har kuni 3-4 kun davomida Dekasan® bilan yuviladi.
Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasi tozalangan suv bilan 1:7 nisbatda suyultirilgandan so'ng 500-600 ml dozada qo'llaniladi (davolash kursi uchun 7-20 yuvish).
Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zararlanishlari 10-15 daqiqa davomida 25-50 ml dan applikatsiya qilish yoki chayish (100-150 ml) yo'li bilan davolanadi.
Zo'rayish bosqichidagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shakli yallig'lanish hodisalari pasayguncha milklarning patologik cho'ntaklarini iliq eritma bilan irrigatsiya qilish (50-70 ml) yoki milklarga applikatsiya qilish orqali davolanadi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kandidoz zararlanishi, yarali-nekrotik gingivit bo'lgan bemorlarga 5-10 kun davomida kuniga 4 marta og'iz bo'shlig'ini chayish (100-150 ml) buyuriladi.
Bodomchalar kandidozi, surunkali tonzillitni davolash tanglay bodomchalari lakunalarini yuvish (yuvish uchun 50-75 ml) orqali o'tkaziladi.
Stafilokokk, difteriya tayoqchasi tashuvchilarni sanatsiya qilish tomoqni eritma bilan chayish, lakunalarni yuvish, burun-halqum, bodomchalarni purkash orqali amalga oshiriladi. Lakunalar kun ora 3-5 marta yuviladi.
O'pka abstsessi, bronxoektatik kasallik, o'pkaning kistoz gipoplaziyasi yiringlash bilan asoratlangan hollarda, surunkali bronxitning zo'rayish fazasida Dekasan® endobronxial yuboriladi:
- mikrotraxeostoma orqali 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta;
- transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta;
- ultratovushli ingalyatsiya usuli bilan 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;
- traxeobronxial daraxtni 100 ml hajmda yuvish yordamida.
Davolash davomiyligi - 2-4 hafta.
Qin shilliq qavatining mikrobli va zamburug'li trixomonadali zararlanishlarini davolash uchun Dekasan® purkash ko'rinishida qo'llaniladi (50-100 ml 38 0C gacha isitilgan preparat kuniga 3 marta). Xuddi shu tarzda tug'ruq yo'llarining tug'ruqdan oldingi sanatsiyasi bir marta o'tkaziladi.
Tug'ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo'shlig'ini iliq preparat bilan yuvish (150-200 ml) orqali kuniga 2 marta amalga oshiriladi.
Qo'l terisi va rezina qo'lqoplarni zararsizlantirish oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni surtish, dezinfeksiya qilinishi kerak bo'lgan butun yuzaga 5 daqiqa davomida teng taqsimlash orqali amalga oshiriladi.
Tozalangan tibbiy asboblar, naychalar, trubkalar va uskunalar eritmaga 30 daqiqa davomida botirib qo'yish orqali dezinfeksiya qilinadi.

Xususiyatlar DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml

Dekasan boshqa chiqarish shakllari

DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml
Retseptsiz
DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO “Yuriya-Farm”

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml analoglari

AURIDEKSAN quloq uchun tomchilar 5ml 0,5mg/ml
Retseptli
AURIDEKSAN quloq uchun tomchilar 5ml 0,5mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
GNSLS OZ, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml
Retseptsiz
DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO “Yuriya-Farm”
DEKASAN eritma 2ml 0,2mg/ml N10
DEKASAN eritma 2ml 0,2mg/ml N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO “Yuriya-Farm”
•2 ta dorixonada bor
Narxi
13 600 so'm dan

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml haqida savollar

DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil