DERINAT 0,015/ML eritma 5ml N5

DERINAT 0,015/ML eritma 5ml N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So‘rilishi va taqsimlanishi
Preparat tez so‘riladi va endolimfatik transport yo‘li ishtirokida a’zolar va to‘qimalarda taqsimlanadi. Qon yaratish tizimi a’zolariga nisbatan yuqori tropikka ega, hujayra tuzilmalariga joylashib, hujayra metabolizmida faol ishtirok etadi. Preparatning qonga intensiv tushish fazasida plazma va qonning shaklli elementlari o‘rtasida qayta taqsimlanish sodir bo‘ladi, parallel ravishda metabolizm va chiqarilish yuz beradi. Bir martalik inyeksiyadan so‘ng o‘rganilgan a’zolar va to‘qimalarda preparat konsentratsiyasining o‘zgarishini tavsiflovchi barcha farmakokinetik egri chiziqlar uchun 5-24 soat vaqt oralig‘ida konsentratsiyaning tez ortish fazasi va tez pasayish fazasi xosdir. Mushak ichiga yuborilganda yarim chiqarilish davri (T1/2) 72,3 soatni tashkil qiladi. Derinat® organizm bo‘ylab tez taqsimlanadi, har kuni kurslik qo‘llash jarayonida a’zolar va to‘qimalarda kumulyatsiya qilinadi: maksimal darajada: - suyak ko‘migi, limfa tugunlari, taloq, timusda; kamroq darajada - jigar, bosh miya, me’da, ingichka va yo‘g‘on ichakda. Suyak ko‘migida maksimal konsentratsiya preparat yuborilgandan so‘ng 5 soat o‘tgach aniqlanadi. Preparat gemato-ensefalik to‘siqdan o‘tadi. Bosh miyada preparatning maksimal konsentratsiyasiga 30 daqiqadan keyin erishiladi.
Metabolizm va chiqarilishi
Derinat® organizmda metabolizmga uchraydi. Organizmdan (metabolitlar ko‘rinishida) qisman axlat bilan, va katta darajada siydik bilan biekspotentsial bog‘liqlik bo‘yicha ekskretsiya qilinadi.
Nojo'ya samaralari
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gipoglikemik ta'sir qayd etiladi, buni qondagi qand miqdorini nazorat qilishda hisobga olish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat teri ostiga yuborilishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Individual toqat qilolmaslik.
Homiladorlik va laktatsiya:
Shifokor maslahati zarur.
Homiladorlik davrida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potensial xavfni baholash kerak.
Laktatsiya davrida qat'iy shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Derinat®ni majmuaviy terapiyada qo'llash davolash samaradorligini oshirish va davomiyligini qisqartirish, remissiya davrlarini uzaytirish bilan antibiotiklar va viruslarga qarshi vositalar dozalarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Derinat® antratsiklin qatori o'smaga qarshi antibiotiklari, sitostatiklarning samaradorligini oshiradi.
Preparat oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligida bazis terapiyaning terapevtik ta'sirini kuchaytiradi.
Derinat® revmatoid artritni davolashda bazis preparatlarning yatrogenligini pasaytiradi, kasallik faolligining bir qator kompleks ko'rsatkichlari bo'yicha 50% va 70% yaxshilanishga erishiladi.
Jarrohlik sepsisida Derinat®ni majmuaviy terapiya tarkibiga kiritish intoksikatsiya darajasining pasayishini, immunitetning faollashishini, qon hosil bo'lishining normallashishini keltirib chiqaradi, organizmning ichki muhitini detoksikatsiya qilish jarayonlari uchun javobgar bo'lgan organlar (limfa tugunlari, taloq va boshqalar) ishini yaxshilaydi.
Dozirovkasi
Yurak ishemik kasalligida - 48-72 soat oraliq bilan 10 in'ektsiya.
Me'da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligida - 48 soat oraliq bilan 5 in'ektsiya.
Onkologik kasalliklarda - 24-72 soat oraliq bilan 3-10 in'ektsiya.
Ginekologiyada (endometrit, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, salpingooforit, miomalar, endometrioz) - 24-48 soat oraliq bilan 10 in'ektsiya.
Andrologiyada (prostatit, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi) - 24-48 soat oraliq bilan 10 in'ektsiya.
O'pka silida - 24-48 soat oraliq bilan 10-15 in'ektsiya.
O'tkir yallig'lanish kasalliklarida - 24-72 soat oraliq bilan 3-5 in'ektsiya.
Surunkali yallig'lanish kasalliklarida - 24 soat oraliq bilan 5 in'ektsiya, keyin - 72 soat oraliq bilan 5 in'ektsiya.
1,5% li eritmani 2 ml dan foydalanganda mushak ichiga in'ektsiyalarni har kuni o'tkazib, 375-750 mg kurs dozasiga erishilgunga qadar qayta hisoblash kerak.
Bolalarga preparat mushak ichiga kattalardagi kabi sxema bo'yicha buyuriladi. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat 7,5 mg (0,5 ml) bir martalik dozada buyuriladi. 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda bir martalik doza har bir yoshga 0,5 ml preparat hisobidan aniqlanadi. 10 yoshdan boshlab bir martalik doza - 5 ml 1,5% eritma, preparatning kurs dozasi - 5 in'ektsiyagacha (15 mg/ml).Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborishdan salbiy holatlar aniqlanmagan.
DERINAT 0,015/ML eritma 5ml N5 o'xshash dorilari




Derinat boshqa chiqarish shakllari
DERINAT 0,015/ML eritma 5ml N5 analoglari
{
"data": {
"id": 28135,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "derinat-0-015-ml-5ml-n5-flak-r-r-v-m",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "DERINAT 0,015/ML eritma 5ml N5",
"brand_name": "DERINAT 0,015/ML",
"image": "uploads/iblock/912/912e175f5e06d83b59b75c4c140ec127.webp",
"atx_code": "B03XA",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "FZ Immunnoleks, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1080,
"slug": "antianemicheskie-preparaty",
"name": "Kamqonlik",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 5202,
"slug": "derinat",
"name": "Derinat"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6999,
"slug": "dezoksiribonukleat-natriya",
"name": "Dezoksiribonukleat natriya"
}
],
"tags": []
}
}





