Apteka.uz
SavatKirish

DERMOVEYT krem 25g 0,05%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Klobetazol
Ishlab chiqaruvchi:GlaxoSmithKline Export Limited., Velikobritaniya proizvedeno: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
ATX kodi:D07AD
Barcha Dermavayt dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DERMOVEYT krem 25g 0,05% haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Tashqi qo'llash uchun GKS intakt sog'lom teridan tizimli absorbsiyaga uchrayishi mumkin. Tashqi qo'llash uchun GKSning teri orqali absorbsiya darajasi bir qator omillar, jumladan dori vositasi asosi va epidermal to'siqning butunligi bilan belgilanadi. Okklyuziya, yallig'lanish va/yoki teri tomonidan boshqa patologik jarayonlar ham teri orqali absorbsiyani oshirishi mumkin.

Bir tadqiqotda klobetazolning plazmadagi o'rtacha Cmax ga 0,05 % surtma ko'rinishidagi 30 g klobetazol sog'lom teriga birinchi marta surtilgandan 13 soat o'tgach va takroriy surtilgandan 8 soat o'tgach erishilgan va 0,63 ng/ml ni tashkil qilgan. 0,05 % krem ko'rinishidagi klobetazolning ikkinchi dozasi (30 g) surtilgandan 10 soat o'tgach moddaning Сmах surtmadagidan biroz oshgan. Boshqa bir tadqiqotda psoriaz va ekzema bilan og'rigan bemorlarda 25 g 0,05 % klobetazol surtmasi bir marta surtilgandan 3 soat o'tgach Сmах mos ravishda taxminan 2,03 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qilgan.

Metabolizmi

Teri orqali so'rilgandan so'ng tashqi qo'llash uchun GKS tizimli qo'llash uchun GKS bilan bir xil farmakokinetik yo'llar orqali metabollanadi. Asosan jigarda metabollanadi.

Chiqarilishi

Tashqi qo'llash uchun GKS buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ba'zi GKS va ularning metabolitlari safro bilan ham chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Ta’sir mexanizmi

Klobetazol - sirtga qo‘llash uchun GKS, allergik reaksiyalarning kechki fazasini ingibitsiya qilishning bir nechta mexanizmlari orqali, jumladan semiz hujayralar zichligini kamaytirish, xemotaksis va eozinofillar faollashuvini kamaytirish, limfotsitlar, monotsitlar, semiz hujayralar va eozinofillar tomonidan sitokinlar ishlab chiqarilishini kamaytirish, shuningdek araxidon kislotasi metabolizmini bostirish orqali yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ta’sir qiladi.

Farmakodinamik samaralari

Sirtga qo‘llash uchun GKS yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomir toraytiruvchi xususiyatlarga ega.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo'ya hodisalar a'zolar va a'zolar tizimining shikastlanishi va uchrash chastotasiga muvofiq sanab o'tilgan. Uchrash chastotasi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000 va <1/100), kamdan-kam hollarda (≥1/10 000 va <1/1 000), juda kam hollarda (<1/10 000, shu jumladan ayrim holatlar). Chastota toifalari preparatning klinik tadqiqotlari va ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi kuzatuv asosida shakllantirilgan.

Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi kuzatuvlar ma'lumotlari

Infeksion va parazitar kasalliklar: juda kam hollarda - opportunistik infeksiyalar.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda - yuqori sezuvchanlik, generalizatsiyalangan toshma.

Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda - gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (giperkortitsizm sindromi) (masalan, oysimon yuz, markaziy tipdagi semirish), tana vazni qo'shilishining kechikishi va/yoki bolalarda o'sishning kechikishi, osteoporoz, glaukoma, giperglikemiya va/yoki glyukozuriya, katarakta, AB oshishi, tana vaznining oshishi yoki semirish, endogen kortizol kontsentratsiyasining pasayishi, alopetsiya, sochlarning sinuvchanligi.

Teri va teri osti-yog' kletchatkasi tomonidan: tez-tez - qichishish, achishish hissi va/yoki og'riqlilik; tez-tez emas - mahalliy teri atrofiyasi*, striyalar*, teleangiektaziyalar*; juda kam hollarda - teri yupqalashishi*, teri burishishi*, teri qurishi*, pigmentatsiya o'zgarishi*, gipertrixoz, kasallik simptomlarining kuchayishi, allergik kontakt dermatit va/yoki dermatit, pustulyoz psoriaz, eritema, toshma, eshakemi, akne.

Boshqalar: juda kam hollarda - surtilgan joyda ta'sirlanish va/yoki og'riqlilik.

* Teri ko'rinishlari gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi susayishining mahalliy va/yoki tizimli effektlariga nisbatan ikkilamchi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mahalliy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kechayotgan kasallik simptomlari bilan o'xshash bo'lishi mumkin.

Ba'zi shaxslarda tashqi qo'llash uchun GKS yuqori tizimli so'rilishi natijasida giperkortitsizm (Itsenko-Kushing sindromi) ko'rinishlari va glyukokortikoid yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi gipotalamo-gipofizar-buyrakusti tizimining qaytuvchan bostirilishi yuzaga kelishi mumkin. Agar yuqorida ko'rsatilgan buzilishlardan birortasi kuzatilsa, preparatni bekor qilish, uni surtish tez-tezligini asta-sekin kamaytirish yoki kuchsizroq GKS ga almashtirish kerak. Davolashni keskin to'xtatish glyukokortikoid yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tizimli ta'sirlar kuchayishi xavf omillariga quyidagilar kiradi: GKS faolligi va sirtqi qo'llash uchun dori preparati tarkibi, qo'llash davomiyligi, preparatni terining keng sohalariga surtish, terining yopiq sohalarida qo'llash (masalan, bishigan sohalarda yoki okklyuzion bog'lam ostida (chaqaloqlarda yo'rgaklar va tagliklar okklyuzion bog'lam rolini o'ynashi mumkin)), teri shox qavati namlanishi oshishi, yuz kabi yupqa teri sohalarida ishlatish, shikastlangan teriga yoki teri to'sig'i butunligi buzilishi bilan kechishi mumkin bo'lgan boshqa holatlarda surtish. Kattalarga qaraganda, bolalar va chaqaloqlar sirtqi qo'llash uchun GKS so'rilishi yuqori darajada bo'lishi mumkin, shu munosabat bilan ushbu toifadagi bemorlar tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfiga ko'proq moyil bo'ladilar. Bu bolalarda teri to'sig'i yetilmaganligi va tana yuzasi maydonining tana vazniga nisbati kattalarnikiga qaraganda kattaroq qiymatga ega ekanligi bilan bog'liq.

Bolalarda qo'llanilishi

Imkon qadar 12 yoshdan kichik bolalarda sirtqi qo'llash uchun GKS bilan uzoq vaqt davomida davolashdan saqlanish kerak, chunki GKS uzoq muddatli sirtqi qo'llanilishi buyrak usti bezlari funksiyasi bostirilishini chaqirishi mumkin.

Bolalarda kattalarga qaraganda GKS sirtqi qo'llanilganda terining atrofik o'zgarishlari tez-tez yuzaga keladi. Klobetazol propionat bolalarga tayinlanganda davolash kursi 5 kun bilan cheklanishi kerak, haftada kamida 1 marta shifokor kuzatuvi talab etiladi. Okklyuzion bog'lamlar qo'llanilmasligi kerak.

Psoriazda qo'llanilishi

Psoriazni davolashda sirtqi qo'llash uchun GKS ni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ba'zi hollarda kasallik retsidivlari paydo bo'lishi, preparatga tolerantlik rivojlanishi, generalizatsiyalangan pustulyoz psoriaz paydo bo'lishi xavfi va teri to'siq funksiyasi buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli toksik reaksiyalar rivojlanishi qayd etilgan. Psoriazni davolash uchun qo'llanilganda bemorni diqqat bilan kuzatish muhim.

Yo'ldosh infeksiya

Ikkilamchi infeksiya qo'shilganda tegishli antibakterial terapiya o'tkazish kerak. Infeksiya tarqalishining har qanday belgilarida GKS sirtqi qo'llashni to'xtatish va antibakterial preparatlar bilan tegishli davolashni o'tkazish zarur.

Okklyuziyada infeksiya rivojlanishi xavfi

Teri burmalaridagi iliq, nam sharoitlar, shuningdek okklyuzion bog'lam qo'yilganda hosil bo'ladigan sharoitlar bakterial infeksiya rivojlanishiga yordam beradi. Okklyuzion bog'lam ishlatilganda yangi bog'lam qo'yishdan oldin terini tozalash kerak.

Boldirning surunkali yaralari

Sirtqi qo'llash uchun GKS qator hollarda boldirning surunkali yaralari atrofidagi dermatitni davolash uchun ishlatiladi. Biroq bunday qo'llash mahalliy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lishi chastotasi oshishi va mahalliy infeksiyalar rivojlanishi xavfi oshishi bilan kechishi mumkin.

Yuz terisiga surtish

Yuz terisiga surtish istalmagan, chunki ushbu soha atrofik o'zgarishlar rivojlanishiga ko'proq moyil. Yuz terisiga surtish zarurati tug'ilganda davolashni 5 kun bilan cheklash kerak.

Qovoqlarga surtish

Qovoqlarga surtishda preparatni ko'zga tushishining oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ko'p marta ta'sir qilish natijasida katarakta va glaukoma rivojlanishi mumkin. Preparat tasodifan ko'zga tushganda ularni ko'p miqdorda suv bilan yuvish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Klobetazolning transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Sirtqi qo'llash uchun klobetazolning nojo'ya reaksiyalari profilidan kelib chiqib, bunday faoliyat turlariga biror-bir noxush ta'sir kutilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • davolanmagan teri infeksiyalari;
  • pushti husnbuzarlar (rozatsea);
  • akne;
  • perioral dermatit;
  • yallig'lanishsiz teri qichishishi;
  • perianal va genital qichishish;
  • 1 yoshgacha bo'lgan bolalar;
  • emizish davri;
  • klobetazol yoki preparat tarkibiga kiruvchi boshqa har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
  • Ehtiyotkorlik bilan: GKS yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddaga yuqori mahalliy sezuvchanlik; psoriaz; 1 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishga qodir preparatlarni (masalan, ritonavir va itrakonazol) bir vaqtda qo'llash GKS metabolizmini susaytirib, ularning tizimli ekspozitsiyasining oshishiga olib kelishi ko'rsatilgan. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati darajasi GKS dozasi va qo'llash usuliga va CYP3A4 izofermenti ingibitori faolligiga bog'liq.

Dozirovkasi

Preparat sirtga qo'llaniladi.

Krem namlanish bilan kechuvchi teri zararlanishlarida qo'llash tavsiya etiladi.

Kattalar, keksa yoshdagi bemorlar va 1 yoshdan oshgan bolalar

Preparat yupqa qatlam qilib va ehtiyotkorlik bilan ishqalab, butun zararlangan joyni qoplash uchun yetarli bo'lgan minimal miqdorda, sutkasiga 1 marta yoki holat yaxshilanguncha 2 marta surtilishi kerak, keyin surtish chastotasini kamaytirish yoki preparatni kuchsizroq preparatga almashtirish kerak. Har bir qo'llashdan keyin yumshatuvchi vositani surtishdan oldin preparat so'rilishi uchun yetarli vaqt qoldirish kerak.

Teri kasalliklari zo'rayishini oldini olish uchun Dermoveyt® preparati bilan qisqa (uzuq-yuluq) davolash kurslari o'tkaziladi.

Ancha turg'un zararlanishlarda, ayniqsa giperkeratoz mavjud bo'lganda, Dermoveyt® sirtqi kremining ta'sirini zarurat bo'lganda davolanayotgan joyga polietilen plyonkali okklyuzion bog'lam qo'yish orqali kuchaytirish mumkin. Odatda qoniqarli javob olish uchun tunga okklyuzion bog'lam qo'yish yetarli bo'ladi. Keyinchalik yaxshilanishni odatda preparatni bog'lamsiz surtish yordamida saqlab turish mumkin bo'ladi.

Agar 2-4 hafta ichida holat yomonlashsa yoki yaxshilanmasa, tashxis va davolashni qayta baholash kerak. Davolash 4 haftadan oshmasligi kerak. Agar davolashni davom ettirish zarur bo'lsa, kuchsizroq preparatni qo'llash kerak.

Maksimal doza haftasiga 50 g kremdan oshmasligi kerak.

Dermoveyt® preparati bilan davolash kasallik nazoratiga erishilgandan so'ng asta-sekin bekor qilinishi kerak, yumshatuvchi vosita bilan davolash esa tutib turuvchi terapiya sifatida davom ettirilishi kerak.

Dermoveyt® preparatini keskin bekor qilish ilgari mavjud bo'lgan dermatozlarning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

Davolash qiyin bo'lgan dermatozlar (kasallik tez-tez qaytalanadigan bemorlar)

O'tkir kasallik holatida, Dermoveyt® preparati bilan uzluksiz davolash kursidan so'ng samara erishilishi bilanoq, preparatni uzuq-yuluq qo'llash imkoniyati ko'rib chiqilishi mumkin (sutkasiga 1 marta, haftada 2 marta, okklyuzion bog'lamsiz). Bunday davolash qaytalanishlar rivojlanishi chastotasini samarali kamaytirishi ko'rsatilgan.

Preparatni surtish barcha ilgari zararlangan teri sohalariga yoki ma'lum bo'lgan potentsial zo'rayish sohalariga davom ettirilishi kerak. Bunday qo'llash sxemasi yumshatuvchi vositalarni muntazam har kuni qo'llash bilan birga olib borilishi kerak. Holatni, shuningdek davolashni davom ettirishdan foyda va xavfni muntazam baholash kerak.

Yuz sohasida qo'llash

Yuz sohasida qo'llash istalmagan, chunki bu soha atrofik o'zgarishlarga ko'proq moyil.

Davolash kursi, agar iloji bo'lsa, 5 kun bilan cheklanishi kerak.

Okklyuzion bog'lamlarni qo'llash kerak emas.

Bemorlarning alohida guruhlari

Bolalar

Dermoveyt® preparati, sirtqi qo'llash uchun krem, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Bolalarda sirtqi GKS bilan davolashda mahalliy va tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish ehtimoli yuqori va, qoida tariqasida, ularga kattalarga qaraganda kamroq faol vositalardan foydalangan holda qisqaroq davolash kurslari talab etiladi.

Bolalarda Dermoveyt® preparatini ishlatganda, terapevtik samarani ta'minlaydigan minimal miqdorda surtilishini ta'minlash uchun ehtiyot bo'lish kerak. Bolalarda davolash kursi, agar iloji bo'lsa, 5 kun bilan cheklanishi kerak; haftada kamida 1 marta shifokor nazorati talab etiladi.

Okklyuzion bog'lamlarni qo'llash kerak emas.

Keksa yoshdagi bemorlar

Klinik tadqiqotlar keksa va yoshroq bemorlarda preparat samaradorligida biron-bir farqni aniqlamadi. Keksa yoshdagi bemorlarda jigar yoki buyrak funksiyasining pasayishi ko'proq uchrashi preparat tizimli so'rilgan taqdirda uning chiqarilishi sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

Binobarin, preparatni minimal miqdorda va zarur klinik samaraga erishilgunga qadar imkon qadar qisqa vaqt davomida qo'llash kerak.

Buyrak va/yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlar

Preparat tizimli so'rilgan taqdirda (uzoq vaqt davomida terining keng yuzalariga surtilganda) uning metabolizmi va chiqarilishi sekinlashishi mumkin, bu esa tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfi oshishiga olib keladi. Binobarin, preparatni minimal miqdorda va zarur klinik samaraga erishilgunga qadar imkon qadar qisqa vaqt davomida qo'llash kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DERMOVEYT krem 25g 0,05% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

DERMOVEYT krem 25g 0,05% o'xshash dorilari

BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•120 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•123 ta dorixonada bor
Narxi
68 900 so'm dan
EKZODERIL® krem 15g 1%
Retseptsiz
EKZODERIL® krem 15g 1%
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
VLADELES REGISTRASIONNOGO UDOSTOVERENIYA I PROIZVODITEL Sandoz GmbX, Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya;proizvedeno Merk KGaA i Ko, Avstriya.
•109 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
GERPEVIR maz 5g 2,5%
GERPEVIR maz 5g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan

Dermavayt boshqa chiqarish shakllari

DERMAVAYT maz
Retseptli
DERMAVAYT maz
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
11 000 so'm dan

DERMOVEYT krem 25g 0,05% analoglari

KLOVEYT krem 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
•43 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
DERMAVAYT maz
Retseptli
DERMAVAYT maz
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
11 000 so'm dan
KURAZOL krem 30g 0,05%
KURAZOL krem 30g 0,05%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
43 700 so'm dan
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•43 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
Retseptli
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•84 ta dorixonada bor
Narxi
67 900 so'm dan
KURAZOL krem 30g 0,05%
KURAZOL krem 30g 0,05%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Curex Pharma Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
43 700 so'm dan

DERMOVEYT krem 25g 0,05% narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
124 000 so'm
Buyurtma berish
Junior Pharm Javohir
Chilonzor tumani, 2 daha, 33 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-00:00
120 000 so'm

DERMOVEYT krem 25g 0,05% haqida savollar

DERMOVEYT krem 25g 0,05% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil