DIMEKSID 30,0 gel 25%

DIMEKSID 30,0 gel 25% o'xshash dorilari


DIMEKSID 30,0 gel 25% qo'llanmasi
Preparat applikatsiya qilinganda dimetilsulfoksid qon zardobida 8-15 daqiqadan so'ng aniqlanadi, bunda maksimal miqdori 2-8 soatdan keyin qayd etiladi. Odatda, 30-36 soatdan keyin dimetilsulfoksid qon zardobida aniqlanmaydi. Dimetilsulfoksid to'planmaydi (kumulyatsiya bo'lmaydi). Preparat mahalliy qo'llanilganda dimetilsulfoksid bo'g'im bo'shlig'iga kiradi, qon va to'qimalarda oqsillar bilan bog'lanadi. Dimetilsulfoksid organizmdan buyraklar orqali o'zgarmagan holda va oksidlanish mahsulotlari – dimetilsulfon va dimetilsulfat ko'rinishida chiqariladi; shuningdek qaytarilgan mahsulot (dimetilsulfid) ko'rinishida nafas havosi bilan ajralib chiqadi.
Preparatni qo‘llash jarayonida kontakt dermatit, nafas chiqarilayotgan havoda sarimsoq hidi, teri pigmentatsiyasining kuchayishi, allergik reaksiyalar, eritematoz toshmalar, terining quruqligi, yengil achishish kuzatilishi mumkin. Ba'zi bemorlar preparat hidini yomon qabul qiladi (ko‘ngil aynishi, qusishga qistov), yakka hollarda bronxospazm bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Preparatni individual ko'tara olmaslik ehtimolini hisobga olib, uni ko'tara olishga dori sinamasini o'tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun gel yupqa qatlamda tirsak bukilmasi terisiga surtiladi. O'tkir qizarish va qichishishning paydo bo'lishi Dimeksidga yuqori sezuvchanlikdan dalolat beradi.
Preparat bilan davolash jarayonida allergik reaksiyalar yuzaga kelganda preparatni qo'llash to'xtatiladi, H1-gistamin reseptorlari blokatorlari tayinlanadi
Dimeksidga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, jigar va buyraklarning og'ir shikastlanishlari, stenokardiya, miokard infarkti, yaqqol ateroskleroz, insultning turli xillari, glaukoma, katarakta, koma, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Geparin, antibakterial dori vositalari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) bilan mos keladi. Mikroorganizmlarning aminoglikozid va beta-laktam antibiotiklarga; xloramfenikol, rifampitsin, grizeofulvinga sezgirligini oshiradi.








