Ташкент
logo
SavatKirish

DOLAREN gel 20g

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Nabros Pharma Pvt. Ltd
ATX kodi:M02AA
Barcha Dolaren dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 20 200 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DOLAREN gel 20g o'xshash dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
207 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
135 000 so'm dan

DOLAREN gel 20g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 g gelь saqlaydi:
Faol moddalar:10 mg diklofenak natriyga ekvivalent bo'lgan diklofenak dietilamin, 50 mg mentol, 100 mg metilsalitsilat, 30 mg zig'ir moyi;
Yordamchi moddalar: benzil spirti, propilenglikolь, karbomer, dietanolomin, bronopol, natriy metabisulьfiti, polisorbat 80, sandal daraxtini moyi, izopropil spirti, tozalangan suv.

Farmakokinetikasi

Gelning ta'siri teriga surtilgandan so'ng birnecha minutdan keyinoq boshlanadi. 20-30 minutdan keyin gelning ta'siri maksimumiga yetadi. Asosiy klinik simptomlarni yo'qolishi odatda davolash boshlangandan keyingi birinchi kunlari qayd etiladi.

Farmakologik ta'siri

Mahalliy qo'llanganida og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni va bo'g'imlarning yallig'lanishini bartaraf qiladi, ertalabki tanglik va bo'g'imlarning shishini kamaytiradi, harakat hajmini oshishiga yordam beradi. Gelning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog'liq. Diklofenak siklooksigenazani sekinlashtiradi, isitma, yallig'lanish va og'riqning genezida muhim rol o'ynaydigan endogen moddalar – prostaglandinlarning sintezini susaytiradi. Diklofenak og'riqni oladi, yallig'lanishni bartaraf qiladi.
Mentol sovuq sezuvchi retseptorlarning ta'sirlanishini chaqiradi. Bu u surtilgan joyda kapillyarlarning torayishi va o'tkazuvchanligini kamayishi, salqinlik sezish bilan kechadi. Mahalliy qitiqlovchi va o'rtacha namoyon bo'ladigan og'riqni qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Metilsalitsilat salitsil kislotasining hosilasi bo'lib, mahalliy ta'sirlovchi samaraga ega. Terining retseptorlarini ta'sirlanishini chaqirib, metilsalitsilat og'riq hislarini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, metilsalitsilat prostaglandinlarning sintezini tormozlaydi, bu yallig'langan to'qimalarning shishi va infilьtratsiyasini kamaytiradi. Zig'ir urug'idan olingan moy yallig'lanishga qarshi samaraga, antioksidant xususiyatlarga ega, surtilgan joyda qon aylanishini yaxshilaydi.

Nojo'ya samaralari

Preparat yaxshi o'zlashtiriladi. Mahalliy qo'llanganida preparatning juda oz miqori (taxminan 5%) so'riladi va qon aylanish tizimiga tushadi, bu nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar uchun xarakterli bo'lgan nojo'ya samaralarning rivojlanishi ehtimolini pasayishiga yordam beradi. Kamdan-kam hollarda qo'llangan joyda toshma, shish va qavariqlar, papulalar, tangachalar, qizzarishlar hosil bo'lishi, shuningdek terini qurishi, achishish yoki chimchilanish hissi, terining qichishishi kabi terining ta'sirlanishi bo'lishi mumkin. Agarda diklofenak tananing katta yuzasiga va o'zoq muddat davomida surtilsa, diklofenak saqlovchi tabletkalar, shamchalar yoki ampulalar qabul qilinganidagi kabi tizimli nojo'ya ta'sirlarini inkor etib bo'lmaydi. Yakka hollarda yoyilgan toshmani paydo bo'lishi, yuzni shishi (angionevrotik shish) va bo'g'ilish, shuningdek fotosensibilizatsiya ko'rinishidagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Qanday bo'lmasin nojo'ya ta'sirlari paydo bo'lganida qo'shimcha tekshirish va davolashni to'g'rilashni o'tkazish kerak.
Qanday bo'lmasin odatdagi bo'lmagan reaktsiyalar paydo bo'lgan hollarda preparatni qo'llashni darhol to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak!

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!
Atsetilsalitsil kislotasi, boshqa salitsilatlar va boshqa yallig'lanishga qarshi vositalar mahalliy qo'llanganida ilgari yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (astmatik xurujlar, teri reaktsiyalari yoki vazomotor rinitlar) kuzatilgan patsiyentlarda, preparat barcha kutiladigan xavf omillari va foydani sinchiklab baholab, ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Dolaren gelь anamnezida me'da va o'nikki barmoq ichakning peptik yarasi bo'lganida, jigar/buyrak faoliyatini buzilishida, qon hosil bo'lishini buzilishida, burun bo'shlig'ining shilliq qavatini polipozida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Preparatning qoldiqlarini ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik uchun gelni surtgandan so'ng qo'llarni yuvish lozim.
Homiladorlik va emizish davrlari
Homiladorlik va emizish davrlarida gelni tananing katta sohalariga surtish va uzoq vaqt davomida ishlatish mumkin emas, chunki hozirgi vaqtda preparatni homilaga zararli ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Preparatni homiladorlik va emizish davrlarida buyurish masalasini faqat shifokor hal qiladi!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Mahalliy davolash uchun quyidagilarda qo'llanadi:
tayanch-harakat apparatining og'riq va shish bilan kechuvchi, revmatoid artriti kabi yallig'danish va degenerativ xarakterdagi kasalliklari,
ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi),
yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, miozit),.
o'tkir podagrik, infektsion, psoriatik va posttravmatik artritlar,
bo'g'imlarning degenerativ kasalliklari (katta va kichik bo'g'imlarning osteoartrozlari),
umurtqa pog'onasining osteoxondrozi,
mialgiyalar, nevralgiyalar, ishias,
jarohatlar (lat yeyishlar, boylamlar, mushak va paylarni cho'zilishlari),
og'ir jismoniy yuklamalar chaqirgan mushak va bo'g'imlardagi og'riq.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Диклофенакка ёки препаратнинг бошқа компонентларига юқори сезувчанлик (аллергия), эпидермиснинг шикастланиши, қўллаш соҳасидаги очиқ жароҳатлар; ацетилсалицил кислотасини қабул қилиш фонидаги астматик статус; қон яратилишининг аниқланмаган этиологияли бузилишлари; меъда ва 12 бармоқ ичакнинг зўрайиш босқичидаги яраси; ҳомиладорликнинг охирги уч ойлиги; 12 ёшгача бўлган болалар (бу ёшда препаратни сиртга қўллаш бўйича етарли тажриба йўқ).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dolaren gelini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin, chunki bu preparatning komponentlarini ular bilan, shu jumladan diklofenak natriyni peroral qabul qilish bilan tizimli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Biroq Dolaren geli katta dozalarda uzoq muddat qo'llanganida, diklofenak antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlarning, litiy preparatlarining samarasini kuchaytirishi, shuningdek furosemid va tiazid diuretiklarning ta'sirini susaytirishi mumkin. Preparat qon plazmasida digoksinning kontsentratsiyasini oshirishi, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarning o'zlashtirilishini pasaytirishi, me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatiga ularning ulьtserogen ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni saqlovchi bir necha preparatlar bir vaqtda mahalliy qo'llanganida eshakemi, qizarish, po'st tashlash ko'rinishidagi lokal ta'sirlanish rivojlanishi mumkin.

Dozirovkasi

Og'riqli sohaning maydoniga qarab, 2-4 g gelь (4-8 sm li tizimcha) teriga yupqa qilib sutkada 2-3 marta surtiladi va yengil ishqalanadi. O'rtacha sutkalik doza 10 g gelni tashkil qiladi, bu 100 mg diklofenak natriyga to'g'ri keladi. Preparatni shikastlanmagan teriga surtish, ko'z va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Gelni ochiq jarohatlarga surtish mumkin emas. Davolash kursining davomiyligi shifokor maslahatisiz 10 kundan oshmasligi kerak.

DOLAREN gel 20g boshqa chiqarish shakllari

DOLAREN gel 20g analoglari

DIKLORAN PLYUS gel 30g
Retseptsiz
DIKLORAN PLYUS gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Djonson & Djonson, OOO, Rossiya proizvedeno: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
FANIGAN FAST gel 30g
FANIGAN FAST gel 30g
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•116 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
VOVENAK gel 20g
Retseptsiz
VOVENAK gel 20g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BioMedicare (India) Pvt. Ltd
DISTOFEN gel 25g
Retseptsiz
DISTOFEN gel 25g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Medicare Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Brassica Pharma Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
SUMA gel 30g
Retseptsiz
SUMA gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd

DOLAREN gel 20g savollari

DOLAREN gel 20g fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil