FANIGAN FAST gel 30g

FANIGAN FAST gel 30g qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Fanigan Fast gelining ta'siri teriga surtilgandan keyin bir necha daqiqa ichida boshlanadi. 20-30 daqiqadan so'ng gelning ta'siri maksimal darajaga yetadi.
Mahalliy qo'llanilganda dozaning 5% dan kamrog'i so'riladi, shu tariqa preparatning tizimli ta'siri minimaldir.
Farmakologik ta'siri
Diklofenak yaqqol yallig'lanishga qarshi, og'riqsizlantiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega NYQV hisoblanadi. Ta'sirining asosiy mexanizmi prostaglandinlar biosintezini bostirishdir.
Jarohatlar yoki revmatik kasalliklar chaqirgan yallig'lanishda diklofenakni qo'llash og'riq, to'qimalar shishining kamayishiga va shikastlangan bo'g'imlar, bog'lamlar, paylar va mushaklar funktsiyalari tiklanish davrining qisqarishiga olib keladi.
Mentol sovuqni sezuvchi retseptorlarning ta'sirlanishini chaqiradi. Bu surtilgan joyda kapillyarlarning torayishi va o'tkazuvchanligining pasayishi, salqinlik hissi bilan birga kechadi. Mentol mahalliy chalg'ituvchi va o'rtacha ifodalangan og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Metilsalitsilat salitsil kislotasi hosilasi hisoblanadi va mahalliy ta'sirlovchi ta'sir ko'rsatadi. Teri retseptorlarini ta'sirlab, metilsalitsilat og'riq sezuvchanligini tartibga soluvchi ko'p miqdordagi biologik faol moddalarning hosil bo'lishiga va qonga chiqarilishiga olib keladi. Neyronlardan P moddasining ajralishi sodir bo'ladi. P moddasining nerv oxirlarida to'planishining kamayishi og'riq hissi yaqqolligining pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, NYQV guruhiga kiruvchi metilsalitsilat COX ni susaytirish oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi, bu esa yallig'langan to'qimalarning shishi va infiltratsiyasini kamaytiradi.
Asosiy komponenti a-linolen kislotasi (to'yinmagan yog' kislotasining etil efiri) bo'lgan zig'ir urug'i moyi yallig'lanishga qarshi samaraga, antioksidant xususiyatlarga ega, surtilgan joyda qon aylanishini yaxshilaydi.
Nojo'ya samaralari
Immun tizimi tomonidan:
- o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan eshakemi),
- angionevrotik shish.
Nafas olish tizimi tomonidan:
- BA,
- bronxospazm,
- hansirash.
Teri va biriktiruvchi to'qima tomonidan:
- ta'sirlanish,
- toshma (shu jumladan pustulyoz),
- ekzema,
- eritema,
- dermatit (shu jumladan kontakt, bullyoz),
- qichishish,
- yorug'likka sezuvchanlik reaksiyalari,
- teri achishishi yoki sanchishi,
- teri qurishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Peroral NYAQV bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Diklofenak mahalliy qo'llanilganda tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish ehtimoli peroral qo'llashga nisbatan ahamiyatsiz, ammo preparat uzoq vaqt davomida terining katta sohalarida qo'llanilganda istisno qilinmaydi.
Fanigan Fast gelini diklofenak saqlovchi boshqa vositalar bilan qo'llash kerak emas. Preparatni me'da va o'n ikki barmoqli ichak peptik yarasi zo'rayish bosqichida va anamnezida bo'lganda, jigar/buyrak funksiyalari buzilishida, qon hosil bo'lishi buzilishida, burun bo'shlig'i shilliq qavati polipozida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Fanigan Fast gelini terining shikastlangan joylariga surtish, yallig'langan, jarohatlangan yoki infektsiyalangan teriga tushishiga yo'l qo'ymaslik tavsiya etiladi. Preparatni ko'z va shilliq qavatlar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Preparatni yutish mumkin emas. Fanigan Fast geli propilenglikol saqlaydi, u ba'zi bemorlarda terining yengil lokallashgan ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Har qanday teri toshmalari paydo bo'lganda davolashni to'xtatish kerak. Fanigan Fast gelini havo o'tkazmaydigan okklyuzion bog'lam ostida qo'llash kerak emas. Boylamlar cho'zilganda shikastlangan sohani bint bilan bog'lash mumkin.
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- Anamnezda atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQP qabul qilish bilan bog'liq BA xurujlari, eshakemi yoki o'tkir rinit mavjudligi.
- Qo'llash sohasida epidermisning shikastlanishi, ochiq jarohatlar.
- Homiladorlikning oxirgi trimestri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat mahalliy qo'llanilganda tizimli so'rilish juda past bo'lganligi sababli, o'zaro ta'sirlar yuzaga kelish ehtimoli juda kam. Biroq diklofenakning peroral shakllari uchun ma'lum bo'lgan ehtimoliy o'zaro ta'sirlarni hisobga olish kerak.
Dozirovkasi
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga 2–4 g gel (4–8 sm li tasma) teriga yupqa qatlam bilan surtiladi va yengil ishqalanadi, sutkasiga 2–3 marta. O'rtacha sutkalik doza 10 g gelni tashkil qiladi, bu 100 mg diklofenak natriyga to'g'ri keladi. Preparatni shikastlanmagan teriga surtish, ko'zga va shilliq pardalarga tushishidan saqlanish kerak. Gelni ochiq jarohatlarga surtish mumkin emas.
Preparat applikatsiyasidan keyin qo'llarni yuvish kerak, agar bu soha davolanmagan bo'lsa.
Davolash davomiyligini shifokor kasallikning xarakteri va kechishiga, davolash samaradorligiga qarab belgilaydi.
Gelni revmatizm va yumshoq to'qimalar shikastlanishida 14 kundan ortiq yoki artritdagi og'riqda 21 kundan ortiq, agar shifokor tomonidan boshqacha tavsiya etilmagan bo'lsa, qo'llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi bemorlarga dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
FANIGAN FAST gel 30g o'xshash dorilari


FANIGAN boshqa chiqarish shakllari
FANIGAN FAST gel 30g analoglari





FANIGAN FAST gel 30g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 56107,
"stores_apteka_id": 323959,
"slug": "fanigan-fast-gel",
"stores_apteka_slug": "fanigan-fast-gel-30g-diklofenak",
"name": "FANIGAN FAST gel 30g",
"brand_name": "FANIGAN FAST",
"image": "uploads/iblock/679/67900dcfa00d595fa36146f116c96b26.webp",
"atx_code": "M01AB05",
"drug_form_id": 21,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Kusum Healthcare Pvt. Ltd.",
"representative": {
"id": 55923,
"slug": "kusum-healthcare-pvt-ltd",
"name": "Kusum"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 491,
"slug": "protivovospalitelnye",
"name": "Yallig'lanishga qarshi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 68952,
"slug": "fanigan",
"name": "FANIGAN"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 3,
"slug": "indiya",
"name": "Hindiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7065,
"slug": "diklofenak",
"name": "Diklofenak"
}
],
"tags": []
}
}











