Diklovit
Diklovit chiqarish shakllari

Diklovit qo'llanmasi
Diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori darajadagi ta'sirchanlik; atsetilsalitsil kislota yoki boshqa NYaQPni qo‘llaganda bronxial astma, teri toshmalari yoki o‘tkir rinitlar xuruji paydo bo‘lishiga moyillik; homiladorlik (III uch oyligi), ko‘krak bilan emizish davri; bolalar (12 yoshgacha); taxminiy surtilgan joyda teri qoplami yaxlitligining buzilishi.
1 g tarkibi: Ta'sir etuvchi modda: diklofenak natriy – 10 mg; Yordamchi moddalar: sut kislotasi, izopropanol, etanol (etil spirti), natriy disulьfit, karbomer, trolamin, tozalangan suv.
Diklofenak faol komponenti — yaqqol ifodalangan og‘riqsizlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat. 1 va 2 tipdagi siklooksigenazani tanlamasdan jabrlagan holda araxidon kislota metabolizmini buzadi. Tashqi qo‘llash uchun Diklovit® gelь og‘riq sindromini bartaraf etish va yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq shishlarni kamaytirish uchun qo‘llanadi. O‘zining suv-spirtli asosi tfayli preparat tinchlantiruvchi va sovutuvchi samarani ko‘rsatadi.
Preparatni surtishning tavsiya etilgan usulida 6 % dan ko‘p bo‘lmagan diklofenak singadi. Shikastlangan bo‘g‘im sohasiga surtilganida sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda yuqori. Diklofenak asosan bo‘g‘imlar kabi yallig‘lanishga moyil to‘qimalarda taqsimlanadi va chuqur ushlanib qoladi, uning bo‘g‘imlardagi kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda 20 baravar yuqori.
Tashqi tomondan. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat kuniga 3-4 marta teriga surtiladi va yengil ishqalab singdiriladi. Preparatning zarur miqdori og‘riq zonasining o‘lchamiga bog‘liq. Preparatning bir martalik dozasi – 2-4 g (bu hajmi bo‘yicha olcha yoki yong‘oqqa to‘g‘ri keladi). Preparatni surtgandan keyin qo‘llarni yuvish kerak. Davolash ishlarining davomiyligi ko‘rsatmalarga va qayd etiladigan samaraga bog‘liq (samarani kuchaytirish uchun gelni diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birgalikda qo‘llash mumkin). 2 haftadan keyin terapevtik samara yo‘q bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashing.
Gelni, ochiq yaralarga tushishidan qochgan holda, faqat shikastlanmagan teriga surtish zarur. Surtgandan keyin okklyuzion bog‘lam qo‘yish mumkin emas.
Preparat ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Umurtqaning yallig‘lanish va degenerativ kasalliklaridagi orqa og‘riqlari (radikulit, osteoartroz, lyumbago, ishias); osteoartrozda bo‘g‘imlardagi og‘riqlar (qo‘l barmoqlarining bo‘g‘imlari, tizza bo‘g‘imlari va boshq.); mushaklardagi og‘riqlar (et uzilishlari, haddan tashqari zo‘riqish, lat yeyish, jarohat olish oqibati); jarohat olish oqibatida va revmatik kasalliklarda yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi va shishishi (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalarning shikastlanishi).
Diklovit narxlari
Diklovit barcha rasmlari















