Ташкент
logo
SavatKirish

Zevenak

Zevenak chiqarish shakllari

ZEVENAK inyeksiya uchun eritma 4ml 75mg/4ml N5
ZEVENAK inyeksiya uchun eritma 4ml 75mg/4ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
- Zevenak qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Zevenakning tarkibi
- Zevenak ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Zevenak narxi Toshkent dorixonalarida

Zevenak qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZEVENAK

ZEVENAK

 

Preparatning savdo nomi: Zevenak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diklofenak natriy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: diklofenak natriy – 25 mg.

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, propilenglikol, benzil spirti, mannitol, 10% natriy gidroksidi eritmasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AB05

 

Farmakologik xususiyatlari

Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Araxidon kislotasining metabolizmi pog‘onalarida siklooksigenaza faolligini susaytiradi va prostaglandinlar biosintezini buzadi.

 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga (m/i) yuborilganida plazmadagi konsentrasiyasining cho‘qqisiga 10-20 minutdan keyin erishiladi. Yuborilgan preparatning 99% qon oqsillari bilan bog‘lanadi. Diklofenak to‘qimalar va sinovial suyuqligiga yaxshi o‘tadi. Sinovial suyuqligida diklofenak konsentrasiyasining cho‘qqisi yuborilganidan so‘ng 4 soat o‘tgach kuzatiladi. diklofenakni 35% ahlat bilan metabolitlari shaklida chiqariladi, 65% jigarda metabolizmga uchraydi va faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida buyraklar orqali chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat, sinovial suyuqligidan esa – 4-6 soatni tashkil etadi.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir og‘riq sindromini bartaraf etish uchun:

– o‘tkir revmatizm;

– revmatoid artrit;

– ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi);

– artrozlar;

– spondiloartrozlar;

– nevralgiya;

– mialgiya;

– jarohatlardan keyingi va operasiyalardan keyingi og‘riqlar;

– buyrak va jigar sanchiqlarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat odatda davolanish boshida m/i 75 mg dozada (1 ampula) sutkada bir marta yoki maksimal 150 mg (2 ampula), faqat kattalarga va faqat tez terapevtik samarasini olish kerak bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Odatda preparat in‘eksiyalari 1-5 kun davomida buyuriladi. Davolashni davom ettirish kerak bo‘lganida tabletkalar, kapsulalar yoki suppozitoriylarni qabul qilishga o‘tiladi. Mushak ichiga in‘eksiyalarni preparatni ichga yoki rektal qo‘llash bilan birga qo‘shib olib borish mumkin, bunda maksimal sutkalik doza 150 mg dan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta‘sirlari shaxsiy sezuvchanlik, qo‘llanayotgan dozaning kattaligi va davolash davomiyligiga bog‘liq.

Me‘da-ichak yo‘llari va siydik-chiqarish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riqlar, anoreksiya, meteorizm, qabziyat, ich ketishi, hatto erozivgacha bo‘lgan qon ketishi bilan gastritlar; transaminazalar darajasini oshishi, dorili gepatit, pankreatit, interstisial nefrit.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dezorientasiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, toliqish, aseptik meningit.

Teri tomonidan: ekzantema, eritema, ekzema, giperemiya, ko‘p shaklli eritema, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, eritrodermiya, fotosensibilizasiya.

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz.

Mahalliy: yuborish joyida achishish, infiltrat hosil bo‘lishi, yog‘ to‘qimasining nekrozi.

Boshqalar: suyuqlikni tutilishi, shishlar, arterial bosimni ko‘tarilishi (AB), tizimli anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan shok kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Diklofenak va preparatning komponentlariga, aspirin va boshqa NYAQV (“aspirin astmasi”) yuqori sezuvchanlik; noma‘lum genezli qon manzarasining buzilishi; me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligi; zo‘rayish bosqichidagi ichakning destruktiv-yallig‘lanish kasalliklari; homiladorlik; laktasiya davri (emizishdan voz kechish kerak); bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat quyidagi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida:

– digoksin, fenitoin yoki litiy preparatlari bilan – plazmada bu dori vositalarining miqdori oshishi mumkin;

– diuretiklar va gipotenziv vositalari bilan – bu preparatlarning ta‘siri kamayishi mumkin;

– kaliy tejovchi diuretiklar bilan – giperkaliemiya paydo bo‘lishi mumkin;

– boshqa NYAQV yoki glyukokortikoidlar bilan – me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarining paydo bo‘lishini havfi oshadi;

– asetilsalisil kislotasi bilan – qon zardobida diklofenakning konsentrasiyasi pasayadi;

– siklosporin bilan – siklosporinning buyraklarga toksik ta‘sirini oshirishi mumkin;

– diabetga qarshi vositalar bilan gipo- yoki giperglikemiya paydo bo‘lishi mumkin.

Bu kombinasiyasida qonda qand miqdorini nazorat qilish kerak;

– metotreksat uni qabul qilishdan oldin yoki keyin 24 soat davomida – metotreksatning konsentrasiyasini oshishi va uning toksik ta‘sirini kuchayishi kuzatilishi mumkin;

– antikoagulyantlar bilan- qon ivishini muntazam nazorat qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat yuqori dozalarda qo‘llaganida bosh aylanishi va toliqish hissi kabi nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, ayrim hollarda avtomobil yoki boshqa ob‘ektlarni boshqarish qobiliyati buziladi. Bu ko‘rinishlar alkogolni bir vaqtda qabul qilinganida kuchayadi.

Preparatni quyidagi holatlarda qat‘iy shifokor kuzatuvi ostida foyda/xavf nisbati sinchiklab baholagandan keyin qo‘llash mumkin:

– indusiyalangan porfiriyada;

– tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa tizimli kasalliklarida;

Preparat quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida buyuriladi:

– anamnezidagi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarida (yarali kolitlar, Kron kasalligi);

– buyrak va jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida;

– yuqori arterial bosimida va/yoki yurak yetishmovchiligida;

– bronxial astmada, allergik tumovda, burun shilliq qavatining poliplarida, astma xuruji paydo bo‘lishining xavfi tufayli, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklarida, Kvinke shishida yoki urtikariylarda;

– darhol og‘ir jarrohlik aralashuvlaridan keyin;

– keksalik yoshida.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: klinik manzarasi markaziy nerv tizimi tomonidan bo‘lgan buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, yuqori tirishish tayyorgarligi bilan bo‘lgan giperventilyasiya ko‘rinishlari, bolalarda-mioklonik tirishilar) va me‘da-ichak buzilishlari (qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynish, qusish) bilan belgilanadi. Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari va/yoki jigar va buyrakning faoliyatini buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Davolash: maxsus antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborish hollarida jiddiy tibbiy parvarish va simptomatik davolash kerak.

 

Chiqarilish shakli

75 mg/3 ml in‘eksiya uchun eritma ampulalarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25ºC gacha bo‘lgan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Zevenak barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Zevenak savollari

Zevenak fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil