ERITROMISIN 0,25 tabletkalari N20

ERITROMISIN 0,25 tabletkalari N20 o'xshash dorilari



ERITROMISIN 0,25 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Biokiraolishligi 30-65% ni tashkil qiladi. Organizmning ko'pchilik to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 70-90% ni tashkil qiladi. Jigarda, qisman faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. T1/2 - 1,4-2 soat. Safro va siydik bilan chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riq, xolestatik sariqlik, tenezmlar, diareya, disbakterioz; kamdan-kam hollarda - soxtamembranoz enterokolit, jigar faoliyatining buzilishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi, pankreatit.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, eozinofiliya; kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok.
Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog'liq effektlar: og'iz bo'shlig'i kandidozi, qin kandidozi.
Sezgi organlari tomonidan: qaytuvchan ototoksiklik - eshitishning pasayishi va/yoki quloqlarda shovqin (yuqori dozalarda qo'llanilganda - 4 g/sut dan ortiq).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - taxikardiya, EKG da QT intervalining uzayishi, bo'lmachalar hilpillashi va/yoki titrashi (EKG da QT intervali uzaygan bemorlarda).
Mahalliy reaksiyalar: v/i yuborish joyida flebit.
Jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Oshqozon shirasi kislotaliligini oshiruvchi preparatlar va kislotali ichimliklar eritromitsinni faolsizlantiradi. Eritromitsinni sut va sut mahsulotlari bilan ichish mumkin emas
Anamnezda sariqlik, jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, makrolidlarga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Eritromitsin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi.
Eritromitsinni homiladorlikda qo‘llashda ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potensial xavfni baholash kerak. Laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Jigar funksiyasi buzilishlarida qo‘llash
Anamnezda sariqlik, jigar funksiyasining yaqqol buzilishlarida mumkin emas. Jigar funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda qo‘llash
Dozalash tartibiga muvofiq qo‘llash mumkin.
Eritromitsin teofillin, aminofillin, kofein bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining oshishi qayd etiladi va shu bilan toksik ta'sir rivojlanish xavfi ortadi.
Eritromitsin qon plazmasida siklosporin kontsentratsiyasini oshiradi va nefrotoksik ta'sir rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar eritromitsin T1/2 davrini uzaytiradi.
Linkomitsin, klindamitsin va xloramfenikol bilan nomutanosib (antagonizm).
Eritromitsin beta-laktam antibiotiklar (penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlar) ning bakteritsid ta'sirini pasaytiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda eritromitsin teofillin miqdorini oshiradi.
Metabolizmi jigarda amalga oshiriladigan preparatlar (karbamazepin, valproat kislotasi, geksobarbital, fenitoin, alfentanil, dizopiramid, lovastatin, bromokriptin) bilan bir vaqtda qabul qilinganda ushbu preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin (jigar mikrosomal fermentlari ingibitori hisoblanadi).
Eritromitsin v/i yuborilganda etanol ta'sirini kuchaytiradi (oshqozon bo'shashining tezlashishi va oshqozon shilliq qavatida alkogoldegidrogenaza ta'sir davomiyligining pasayishi).
Eritromitsin triazolam va midazolam klirensini pasaytiradi va shuning uchun benzodiazepinlarning farmakologik samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Terfenadin yoki astemizol bilan bir vaqtda qabul qilinganda aritmiya (qorinchalar hilpillashi va titrashi, qorinchalar taxikardiyasi, o'limga olib kelguncha) rivojlanishi mumkin; digidroergotamin yoki gidrirlanmagan shoxkuya alkaloidlari bilan - tomirlarning spazmgacha torayishi, dizesteziya bo'lishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda metilprednizolon, felodipin va kumarin qatori antikoagulyantlarining eliminatsiyasini sekinlashtiradi (samarasini kuchaytiradi).
Lovastatin bilan birga tayinlanganda rabdomioliz kuchayadi.
Eritromitsin digoksinning biologik kira olishini oshiradi.
Eritromitsin gormonal kontratseptsiya samaradorligini pasaytiradi.
Sirtga qo‘llash uchun eritma bilan terining zararlangan sohalari surtiladi.
Surtma shikastlanish sohasiga surtiladi, ko‘z kasalliklarida esa pastki qovoq orqasiga qo‘yiladi. Doza, qo‘llash tez-tezligi va davomiyligi individual belgilanadi.
Eritromitsin boshqa chiqarish shakllari





ERITROMISIN 0,25 tabletkalari N20 analoglari















