ERITROMISIN maz 10g 10000YeD

ERITROMISIN maz 10g 10000YeD haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Biokiraolishligi 30-65% ni tashkil qiladi. Organizmning ko'pchilik to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 70-90% ni tashkil qiladi. Jigarda, qisman faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. T1/2 - 1,4-2 soat. Safro va siydik bilan chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riq, xolestatik sariqlik, tenezmlar, diareya, disbakterioz; kamdan-kam hollarda - soxtamembranoz enterokolit, jigar faoliyatining buzilishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi, pankreatit.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, eozinofiliya; kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok.
Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog'liq effektlar: og'iz bo'shlig'i kandidozi, qin kandidozi.
Sezgi organlari tomonidan: qaytuvchan ototoksiklik - eshitishning pasayishi va/yoki quloqlarda shovqin (yuqori dozalarda qo'llanilganda - 4 g/ dan ortiq).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - taxikardiya, EKG da QT intervalining uzayishi, bo'lmachalar hilpillashi va/yoki titrashi (EKG da QT intervali uzaygan bemorlarda).
Mahalliy reaksiyalar: v/i yuborish joyida flebit.
Maxsus saqlash sharoitlari
Jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Oshqozon shirasi kislotaliligini oshiruvchi preparatlar va kislotali ichimliklar eritromitsinni faolsizlantiradi. Eritromitsinni sut va sut mahsulotlari bilan ichish mumkin emas.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Anamnezda sariqlik, jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, makrolidlarga yuqori sezuvchanlik
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Eritromitsin teofillin, aminofillin, kofein bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining oshishi qayd etiladi va shu bilan toksik ta'sir rivojlanish xavfi ortadi.
Eritromitsin qon plazmasida siklosporin kontsentratsiyasini oshiradi va nefrotoksik ta'sir rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar eritromitsin T1/2 davrini uzaytiradi.
Linkomitsin, klindamitsin va xloramfenikol bilan nomutanosib (antagonizm).
Eritromitsin beta-laktam antibiotiklar (penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlar) ning bakteritsid ta'sirini pasaytiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda eritromitsin teofillin miqdorini oshiradi.
Metabolizmi jigarda amalga oshiriladigan preparatlar (karbamazepin, valproat kislotasi, geksobarbital, fenitoin, alfentanil, dizopiramid, lovastatin, bromokriptin) bilan bir vaqtda qabul qilinganda ushbu preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin (jigar mikrosomal fermentlari ingibitori hisoblanadi).
Dozirovkasi
HTML
ERITROMISIN maz 10g 10000YeD o'xshash dorilari


Eritromitsin boshqa chiqarish shakllari


ERITROMISIN maz 10g 10000YeD analoglari








