Apteka.uz
SavatKirish

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Urologik dorilar
Farmakoterapevtik guruh:

Urologik kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. Nefrourolitiazni davolash uchun preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi:«POLFARMA» AO
ATX kodi:G04BC
Barcha Fitolizin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Original oʼramda 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
1 ta kapsula quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: quyidagi aralashmasining quyultirilgan ekstrakti (etanol 45% ob/ob, 2.8-4:1): petrushka ildizi + pichan pajitnik urugʼlari + taron qushi o’ti + yer bagʼirlab oʼsadigan ildizpoyasi + oq qayiq barglari + qirqboʼgʼimi oʼti + lyubistok ildizi + yevropa zolotarnik oʼti +  piyoz qipigʼi (7/6/6/5/4/4/4/2/2);
yordamchi moddalar: makrogol 400, makrogol 4000, marmarak muskat moyi, qalampir yalpizli moyi, oddiy qaragʼay moyi, shirin apelsin moyi; 
kapsula qobigʼi: jelatin, qisman digidrirlangan suyuq sorbitol (Е420), tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
10 tadan kapsula blisterda alyuminiy folgali va PVX/ PVDX plyonkadan tayyorlangan.
4 tadan blister karton oʼramda tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma bilan birga joylashtirilgan.

Farmakodinamikasi

Preparat tarkibidagi biologik faol moddalar siydik haydovchi, o'rtacha saluretik, shuningdek, yallig'lanishga qarshi, antibakterial va antispastik ta'sirga ega. Preparat urolitiаzni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.
Preparat konkrementlarning ayrim turlarini eritish qobiliyatini namoyish etadi. Preparat asosan siydikda mineral tarkibiy qismlarning konsentratsiyasi tashxis qo'yilgan tosh shakllanishisiz ko'tarilganda , ularning  kristallanishini oldini olish uchun tavsiya etiladi 
Urolitiаz yoki siydik cho'kmasi mavjud bo'lsa, ushbu preparatni qo'llash siydik yo'llarida toshlarning kristallanishini oldini oladi.
Ushbu preparatning faol moddasi aralashmaning quyuq ekstrakti bo'lib, u o'simlik tarkibiy qismlari aralashmasidan iborat: petrushka ildizi, pichan pajitnik urugʼlari, taron qushi o’ti, yer bagʼirlab oʼsadigan ildizpoyasi, oq qayiq barglari, qirqboʼgʼimi oʼti, lyubistok ildizi, yevropa zolotarnik oʼti, piyoz qobiqlari.

Farmakokinetikasi

Majmuaviy o'simlik preparati, farmakokinetik tadqiqot natijalari mavjud emas.

Farmakoterapevtik guruh

Urologik kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. Nefrourolitiazni davolash uchun preparatlar.

Dori shakli

yumshoq kapsulalar

Nojo'ya samaralari

Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin emas).
Immun tizim tomonidan buzilishlar
Tez - tezligi nomaʼlum: allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma, eshakemi, allergik rinit, yuz shishi).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez - tezligi nomaʼlum: bosh aylanishi.
Meʼda-ichak yoʼli tomonidan buzilishlar
Tez - tezligi nomaʼlum: koʼngil aynishi, qusish, diareya, qorin shishi.
Teri va teri osti biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar
Tez - tezligi nomaʼlum: ultrabinafsha nurlari taʼsiriga fotosensibilizatsiya.
Har qanday nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmaganlar haqida shifokoringizga xabar berish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat yurak yetishmovchiligi yoki buyrak yetishmovchiligi tufayli chaqirilgan shishlar qayd etilgan patsientlarda qoʼllanilmasligi kerak.
Pichan urugʼlari pajitnigining gipoglikemiyalaydigan taʼsiri tufayli qandli diabet boʼlgan patsientlar qonda qand darajasini kuzatib borishlari kerak.
Аgar simptomlar kuchaysa yoki saqlanib qolsa yondosh ular bilan birga isitmalash, siyishda ogʼriq va qiyinchilik boʼlsa yoki siydikda qon boʼlsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bolalar
Bolalar va 18 yoshdan kichik yoshdagi oʼsmirlarda qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi, chunki ixtisoslashgan shifokor konsultatsiyasi talab qilinishi mumkin.
Yordamchi moddalar
Preparat bitta dozada 100 mg dan kamroq miqdorda etanol (spirt) saqlaydi.
Dori preparati bitta kapsulada 126,64 mg sorbitol saqlaydi. Ushbu dori preparati fruktozaga nasliy o’zlashtiraolmasligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanilmasligi kerak.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Preparat tarkibiy moddalarining genotoksik taʼsiriga doir maʼlumotlar yoʼqligi tufayli homiladorlik vaqtida va koʼkrakdan emizish davrida ushbu preparatning qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi.
Dori preparati homiladorlik vaqtida faqat, shifokor fikricha, ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgan holatda qoʼllanilishi mumkin.
Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarishga qarshi koʼrsatmalar toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq.

Qo'llanilishi

An'anaviy dorivor o'simlik bo'lib, u siydik yo'llarining infektsion - yallig'lanish kasalliklari, urolitiaz (mayda konkrementlar, "qum" mavjud bo'lganda) bilan og'rigan patsientlar uchun majmuaviy davolashning bir qismi sifatida va nefrolitiazning oldini olish sifatida qo’llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddaga yoki astra gullar oilasiga mansub oʼsimliklarga (Asteraceae, erta Compositae), soyabongullilar oilasiga mansub oʼsimliklarga (Apiaceae, erta Umbelliferae), anetolga yoki oq qayiq gulchanglaridan tayyorlangan allergenlarga yoxud biron-bir va/yoki preparatning boshqa komponentlari yuqori sezuvchanlikda qo’llash mumkin emas.
Isteʼmol qilinadigan suyuqlik miqdorini kamaytirish zarur boʼlgan holatlarda (masalan, ogʼir darajali yurak yoki buyrak kasalliklari).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgacha dorilarning oʼzaro taʼsiri qayd etilmagan.
Preparatning diuretik taʼsiri tufayli boshqa bir vaqtda qabul qilinadigan dori preparatlarining tezroq chiqarilishini hisobga olish kerak.
Preparat peroral antikoagulyantlar (shu jumladan, nosteroidli yalligʼlanishga qarshi preparatlar), gipoglikemiyalaydigan preparatlar, litiy tuzlari, monoaminoksidaza ingibitorlari taʼsirini kuchaytirishi, pentobarbital, aminopirin va paratsetamol taʼsirini uzaytirishi, shuningdek ingichka ichakda beta-karotin, alfa-tokoferol, xolesterin va boshqa preparatlar singishini susaytirishi mumkin.

Ta'rifi

oʼziga xos hidli, quyuq yogʼli massa bilan toʼldirilgan, oʼrtasi chokli, choʼzinchoq shakldagi toʼq-jigar rangdan qora ranggacha boʼlgan yumshoq kapsulalar

Dozirovkasi

Dozalash rejimi
Katta yoshdagi patsientlar: bir sutkada 3-4 marta 2 tadan kapsula.
Bolalar va 18 yoshdan kichik yoshdagi oʼsmirlarda qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi.
Qoʼllanish davri
Shifokor maslahatisiz 2-4 haftadan koʼproq muddat qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi. 
Аgar preparat qoʼllanilish davrida sogʼayish boshlanmasa, simptomlar saqlanib qolsa yoki sogʼliq yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qoʼllanish usuli
Ichga qabul qilinadi.
Preparat qoʼllanilish vaqtida koʼp miqdorda suyuqlik ichish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozaning oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.

Yaroqlilik muddati (oy)

2 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtganidan soʼng qoʼllanilmasin

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 o'xshash dorilari

EREGRA tabletkalari 100mg N4
EREGRA tabletkalari 100mg N4
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•40 ta dorixonada bor
Narxi
10 819 so'm dan
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Retseptli
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
13 167 so'm dan
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
155 000 so'm dan

Fitolizin boshqa chiqarish shakllari

Fitolizin pasta 100g
Retseptsiz
Fitolizin pasta 100g
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Gerbapol Varshava, OOO
•115 ta dorixonada bor
Narxi
67 800 so'm dan
Analoglar FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40
Analoglari yo'q

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 haqida savollar

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil