Apteka.uz
SavatKirish

Fitolizin

Fitolizin chiqarilish shakllari

Fitolizin pasta 100g
Retseptsiz
Fitolizin pasta 100g
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Gerbapol Varshava, OOO
•118 ta dorixonada bor
Narxi
67 800 so'm dan
- Fitolizin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Fitolizinning tarkibi
- Fitolizin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Fitolizin narxi Toshkent dorixonalarida

Fitolizin haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Biologik faol oziq-ovqat qo'shimchasi – proantotsianidinlar va C vitaminining qo'shimcha manbai sifatida. Yirik mevali klyukva (Vaccinium macrocarpon) mevalari ekstrakti (25:1), proantotsianidinlar miqdori bo'yicha standartlashtirilgan, E. coli bakteriyasini siydik chiqarish yo'llaridan chiqarilishini osonlashtirish yo'li bilan siydik-tanosil tizimi funktsional holatini saqlashga yordam beradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • glomerulonefrit; fosfat litiazi.

Tarkibi

  • Quyuq suv-spirtli o‘tlar aralashmasi ekstrakti 67,2 g: bosh Piyoz po‘stlog‘i 5,0 qism bug‘doyiq ildizpoyasi 12,5 qism Qayin barglari 10,0 qism shambala urug‘lari 15,0 qism Petrushka ildizi 17,5 qism tillarangbosh o‘ti 5,0 qism dala Qirqbo‘g‘in o‘ti 10,0 qism Qush toroni o‘ti 15,0 qism Lyubistok ildizi 10,0 qism Agar 1,2 g Nipagin A 0,2 g Bug‘doy kraxmali 2,3 g Apelsin moyi 0,15 g Mavrak moyi 1,0 g Yalpiz moyi 0,5 g Qarag‘ay moyi

Farmakodinamikasi

Preparat tarkibidagi biologik faol moddalar siydik haydovchi, o'rtacha saluretik, shuningdek, yallig'lanishga qarshi, antibakterial va antispastik ta'sirga ega. Preparat urolitiаzni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.
Preparat konkrementlarning ayrim turlarini eritish qobiliyatini namoyish etadi. Preparat asosan siydikda mineral tarkibiy qismlarning konsentratsiyasi tashxis qo'yilgan tosh shakllanishisiz ko'tarilganda , ularning  kristallanishini oldini olish uchun tavsiya etiladi 
Urolitiаz yoki siydik cho'kmasi mavjud bo'lsa, ushbu preparatni qo'llash siydik yo'llarida toshlarning kristallanishini oldini oladi.
Ushbu preparatning faol moddasi aralashmaning quyuq ekstrakti bo'lib, u o'simlik tarkibiy qismlari aralashmasidan iborat: petrushka ildizi, pichan pajitnik urugʼlari, taron qushi o’ti, yer bagʼirlab oʼsadigan ildizpoyasi, oq qayiq barglari, qirqboʼgʼimi oʼti, lyubistok ildizi, yevropa zolotarnik oʼti, piyoz qobiqlari.

Farmakokinetikasi

Majmuaviy o'simlik preparati, farmakokinetik tadqiqot natijalari mavjud emas.

Farmakologik ta'siri

Siydik haydovchi, yallig'lanishga qarshi, spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, qum va mayda konkrementlarning siydik yo'llaridan yuvilib chiqishiga yordam beradi, siydik mineral komponentlarining kristallanishini kamaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar, ba'zida - ko'ngil aynishi bo'lishi mumkin. Ultrabinafsha nurlarga yuqori sezuvchanlikda fotosensibilizatsiya hodisalari bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda preparatni bekor qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha doza oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • og'irligi 840 mg bo'lgan yumshoq kapsulalar Yashil-jigarrang rangli, o'ziga xos hidli yumshoq konsistensiyali pasta.

Maxsus ko‘rsatmalari

Аgar simptomlar kuchaysa, oʼtib ketmasa yoki ularga yondosh ravishda isitma, ogʼriq va siyishni qiyinlashishi yoki siydikda qon paydo boʼlishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Fitolizin® ni 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarda qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Dori preparati koʼpi bilan 4% (hajm/hajm) etanol saqlaydi, yaʼni bir dozada koʼpi bilan 200 mg etanol saqlanadi, bu 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga ekvivalentdir. U alkogolizm bilan aziyat chekuvchi patsientlarga zarar keltirishi mumkin. Preparatning tarkibida etanolni borligi, preparat homilador yoki emizikli ayollarga, bolalarga yoki jigar kasalliklari diagnostika qilingan yoki tutqanogʼi boʼlgan patsientlarga buyurilganda eʼtiborga olinishi kerak. 
Pajitnikning qandni pasaytiruvchi samarasi tufayli, diabet yuzasidan davolanayotgan patsientlarda qonda qand darajasini sinchkov nazoratini amalga oshirish kerak.
Fitolizin® bugʼdoy kraxmali saqlaydi. Bugʼdoy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, biroq faqat juda ham oz miqdorlarda saqlashi mumkin.
Fitolizin® etilparagidroksibenzoat saqlaydi, u yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini (sekin kechuvchi reaktsiyani) chaqirishi mumkin. 
Fitolizin® preparatini qoʼllash vaqtida koʼp miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrda preparatni qoʼllanishi
Preparatning komponentlarini genotoksik taʼsirga taalluqli boʼlgan yetarli maʼlumotlar yoʼqligi sababli, preparatni homiladorlik va emiziklik davrida qoʼllash tavsiya etilmaydi. Preparatni homiladorlik davrida, agar shifokor fikriga koʼra, ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun boʼlsa, qoʼllash mumkin.
Аvtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirini oʼziga xosligi
Hozirgi vaqtga qadar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy taʼsiri aniqlanmagan, biroq preparatda etanol saqlanishini hisobga olish kerak.
Bir doza 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga toʼgʼri keladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning siydik haydovchi ta’siri tufayli boshqa, bir vaqtda qo‘llaniladigan dori vositalarining tezlashtirilgan chiqarilishi ehtimolini hisobga olish kerak. Fitolizin® quyidagilar ta’sirini kuchaytirishi mumkin: - antikoagulyantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar; - gipoglikemik dori vositalari; - litiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari; - monoaminoksidaza ingibitorlari; - pentobarbital, paratsetamol ta’sirini uzaytirishi mumkin. Fitolizin® dori vositalarining, shu jumladan beta-karotin, alfa-tokoferolning ingichka ichakda so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalarga, ichga pastaning 1 choy qoshigʼini ½ stakan iliq, shirin suvda eritib, kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi.
Keksa yoshdagi patsientlar: keksa yoshdagi patsientlar uchun dozani modifikatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlar: 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar: Fitolizin® ni buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar: jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda preparatni dozalash tartibi yuzasidan tavsiyalar yoʼq.
Preparatni qoʼllash kursi davomiyligi: preparatni koʼpi bilan 2-4 hafta davomida ishlatish mumkin. Аgar simptomlar kuchaysa yoki oʼtib ketmasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Diurezni kuchayishini taʼminlash uchun adekvat miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya qilingan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Fitolizin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Fitolizin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish

Fitolizin haqida savollar

Fitolizin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil