Ketosteril
Ketosteril chiqarish shakllari

Ketosteril qo'llanmasi
Aminokislotlar, shu jumladan polipeptid bilan majmuada.
Giperkalsiyemiya, aminokislotalar almashinuvini buzilishlari, o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Nasliy fenilketonuriyada preparat fenilalanin saqlashini e’tiborga olish kerak.
Majmuaviy preparati. Azotni minimal chiqarilishida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bilan to‘liq ta’minlashni ta’minlaydi. So‘rilgandan keyin keto- va gidroksianaloglar almashtirib bo‘ladigan aminokislotalardan azotni o‘zlashtirilishi yo‘li bilan tegishli almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga aylanadi, shu orqali aminoguruhni takroran qo‘llash yo‘li orqali mochevina hosil bo‘lishini kamaytiradi. Shunday qilib, uremik toksinlarni to‘planishi kamayadi. Keto- va gidroksikislotalar qoldiq neyronlarning giperfiltratsiyasini chaqirmaydi. Ketokislota saqlovchi qo‘shimchalar buyrak giperfosfatemiyasi va ikkilamchi giperparatireozda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, buyrak osteodistrofiyasi kechishi yaxshilanishi mumkin. Ketosteril preparatini qat’iy oqsil miqdori past parhez bilan birga qo‘llash azotni iste’mol qilishni kamaytirish imkonini beradi, bunda ovqat bilan oqsilni yetarli miqdorda iste’mol qilmaslik va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishning salbiy oqibatlari oldi olinadi.
Qon plazmasida aminokislotalarning kinetikasi va ularni metabolik yo‘llarga integratsiyasi yaxshi o‘rganilgan. Shunga qaramasdan, shuni ta’kishlash kerakki, uremiya bo‘lgan patsiyentlarda taqdim etilayotgan aminokislotalarni so‘rilishi qon plazmasida preparatning darajasini tez-tez o‘zgarashi sababi bo‘lib hisoblanmaydi, ya’ni so‘rilish jarayonida izdan chiqmaydi. Qon plazmasida preparatning darajalarini o‘zgarishi ehtimol, kasallikning juda erta bosqichida aniqlanishi mumkin bo‘lgan aminokislotalarning postabsorsion kinetikasini izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom odamda qon plazmasida ketokislotalarning darajasi peroral qabul qilgandan keyin 10 minut davomida oshadi. Alohida ketokislotalarning dastlabki darajasi yuzasidan 5 marta oshish aniqlanadi. Qon plazmasidagi maksimal darajalariga 20-60 minutdan keyin erishiladi, 90 minutdan keyin esa takroran dastlabki darajaga qaytadi. Shunday qilib, me’da-ichakdan so‘rilishi juda tez amalga oshadi. Ketokislotalar va tegishli aminokislotalar darajalarini bir vaqtda oshishi ketokislotalarni transaminizatsiyasi juda tez oshishini namoyish qiladi. Organizmda ketokislotalarning utilizatsiyasini fiziologik yo‘llari tufayli, ekzogen ketokislotalar metabolik sikllarga juda tez integratsiya qilinishining ehtimoli yuqori. Ketokislotalar klassik aminokislotalarning katobolik yo‘llaridan o‘tadi. Ketokislotalarni chiqarilishi bo‘yicha maxsus tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan.
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 5 kg tana vazniga 1 tabletkadan yoki sutkada tana vazniga 0,1 g/kg dan buyuriladi. Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa ovqatlanish vaqtida kuniga 3 marta qabul qilinadi. Yutib yuboriladi, chaynalmaydi.
Qo‘llash davomiyligi: Ketosteril® kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 25 ml dan kam bo‘lgan butun davr davomida buyuriladi. Dializdan oldingi davrda surunkali buyrak yetishmovchiligi darajasiga qarab ovqatda kuniga 40 g gacha oqsil saqlashi tavsiya etiladi. Dializdagi bemorlarda oqsilni iste’mol qilish qabul qilingan standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kattalar (tana vazni 70 kg) uchun odatdagi doza kuniga 3 marta 4-8 tabletkalarni tashkil qiladi.
Bolalar uchun odatdagi doza – sutkada 5 kg tana vazniga 1 tabletkadan.
Ovqatda oqsilning tavsiya etilgan miqdori 3 dan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – sutkada tana vazniga 1,4-0,8 g/kg, 10 yoshdan oshgan bolalar uchun – sutkada tana vazniga 1,0-0,6 g/kg.
Dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.
Yaxshi so‘rilishi va tegishli aminokislotaga aylanishi uchun Ketosteril® preparatini ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Alyuminiy gidroksidi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon zardobida fosfatlarning konsentratsiyasini nazorat qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).
Agar zardobda kalsiyning konsentratsiyasi oshib borsa, yurak glikozidlariga sezuvchanlik va shu orqali aritmiyalar xavfi oshadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda preparatni qo‘llash haqida klinik ma’lumotlar yetarli emas. Klinik oldi tadqiqotlarida homiladorlikni kechishi, embrio-fetal rivojlanish, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta’siri aniqlanmagan. Homiladorlikda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Emizish davrida qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparatni emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida xavf/foyda nisbatini e’tiborga olish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kalsiy saqlovchi dori vositalarini bir vaqtda buyurish qon zardobida kalsiy darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Chiakda so‘rilishini izdan chiqarmaslik uchun, Ketosteril® bilan birga kalsiy bilan qiyin eruvchan birikmalarni hosil qilishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini (masalan tetratsiklinlar, xinolonlar, temir, ftor saqlovchi preparatlar va estramustin) qabul qilish mumkin emas. Ketosteril® preparati va unga o‘xshash preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soat bo‘lishi kerak.
Retsept bo‘yicha.
|
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: |
|
|
faol moddalar: Izoleysin alfa-ketoanalogi (DL-metil-okso-2-kalsiy valerinati) Leysin alfa-ketoanalogi (metil-4-okso-2-kalsiy valerinati) Fenilalanin alfa-ketoanalogi (okso-2-fenil-3-kalsiy propionati) Valin alfa-ketoanalogi (metil-okso-2-kalsiy butirati) Metionin alfa-gidroksianalogi (DL-gidroksi-2-kalsiy metilbutirati) L-lizin monoatsetati L-treonin L-triptofan L-gistidin L-tirozin yordamchi moddalar: Makkajo‘xori kraxmali Povidon Talk Kolloid kremniy dioksidi Magniy stearati Makrogol 6000 Eruvchan povidon Tabletka qobig‘i: Talk Makrogol 6000 |
67 mg; 101 mg; 68 mg; 86 mg; 59 mg; 105 mg; 53 mg; 23 mg; 38 mg; 30 mg; 44,0 mg. 6,0 mg. 19,57 mg. 4,4 mg. 15,0 mg. 12,8 mg. 43,2 mg. 9,10 mg. 1,48 mg. |
|
Sariq xinolin (Ye104) Metilmetakrilat, dimetilaminoetilmetakrilat va Butilmetakrilat sopolimeri (eudragit Ye 12,5) Triatsetin Titan dioksidi Tabletkada azotning umumiy miqdori Tabletkada kalsiyning miqdori |
0,72 mg. 5,9 mg. 0,43 mg. 7,4 mg. 36 mg. 1,25 mmol = 50 mg. |
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
20 tabletkadan Al/PVX-PVDX blisterda. 5 blisterdan Al-polietilen-poliefir kavsharlangan paketda. 1 paket tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Aminokislotlar, shu jumladan polipeptid bilan majmuada.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Ayrim holatlarda giperkalsiyemiya rivojlanishi mumkin. Bunda D vitaminini qabul qilishni kamaytirish tavsiya etiladi. Agar giperkalsiyemiya saqlansa, Ketosteril® preparatining dozasini, shuningdek kalsiyning boshqa manbalarini kamaytirish kerak.
Oqsil-energetik yetishmovchilik, surunkali buyrak yetishmovchiligida va ratsionda oqsil cheklanganda oqsil metabolizmini o‘zgarishi chaqirgan kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda buzilishlarni oldini olish va davolash. Asosan kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 25 ml dan past bo‘lgan surunkali buyrak yetishmovchigi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadi, bu kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 25 ml dan yuqori bo‘lganda ham qo‘llashni inkor etmaydi.
uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ketosteril narxlari
Ketosteril barcha rasmlari













