Apteka.uz
SavatKirish

Spazmeks

Spazmeks chiqarilish shakllari

SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30
Retseptli
SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
•75 ta dorixonada bor
Narxi
131 400 so'm dan
- Spazmeks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Spazmeksning tarkibi
- Spazmeks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Spazmeks narxi Toshkent dorixonalarida

Spazmeks haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — siydik tuta olmaslik, imperativ siyishga qistash (detruzor idiopatik giperreaktivligida; tarqoq skleroz, spinal travmalar, orqa miyaning tug'ma va orttirilgan kasalliklari, insultlar, parkinsonizm fonida detruzor neyrogen giperfaolligida /giperrefleksiyasida/); — oraliq kateterizm fonida detruzor-sfinkter-dissinergiya; — imperativ simptomatika bilan kechuvchi tsistitlarni kompleks davolashda; — pollakiuriya, nikturiya; — tungi va kunduzgi enurez; — siydik tuta olmaslikning aralash shakllari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — siydik tutilishi; — yopiq burchakli glaukoma; — taxiaritmiya; — miasteniya; — 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (bolalarda trospiy xloridni qo‘llash bo‘yicha adekvat va qat’iy nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan); — preparatga yuqori sezuvchanlik. Taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, YIK, tireotoksikoz, tana harorati oshishi, reflyuks-ezofagit, diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi reflyuks-ezofagit bilan birgalikda, axalaziya, pilorus stenozi, keksa yoshdagi yoki zaiflashgan bemorlarda ichak atoniyasi, paralitik ichak tutilishi, yopiq burchakli va ochiq burchakli glaukoma, Kron kasalligi, yarali kolit, og‘iz qurishi, buyrak yetishmovchiligi, o‘pkaning surunkali kasalliklari (ayniqsa zaiflashgan bemorlarda), vegetativ neyropatiya, homiladorlik toksikozi, bolalar tserebral falaji, Daun sindromida preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Tarkibi

  • 1 tab. trospiy xloridi 15 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmalli glikolat, makkajo‘xori kraxmali, stearin kislotasi, povidon K25, kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, titan dioksidi. 1 tab. trospiy xloridi 5 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kraxmalli glikolat, makkajo‘xori kraxmali, stearin kislotasi, povidon K25, kolloid kremniy dioksidi. trospiy xloridi 15 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmalli glikolat, makkajo‘xori kraxmali, stearin kislotasi, povidon K25, kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, titan dioksidi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Preparat ichga qabul qilingandan so‘ng Cmax 4-6 soatdan keyin erishiladi. Trospiy xlorid konsentratsiyasi bir martalik 20-60 mg qabul qilinganda qabul qilingan dozaga mutanosib bo‘ladi. Taqsimlanishi: Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 50-80% ni tashkil qiladi. Kumulyatsiya qilmaydi. Metabolizmi: Efir bog‘lari gidrolizlanganda metabolit - spiroalkogol hosil bo‘ladi. Chiqarilishi: T1/2 5 dan 18 soatgacha o‘zgarib turadi. Siydik bilan, katta qismi - o‘zgarmagan holda, taxminan 10% - metabolit ko‘rinishida chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Siydik yo'llari silliq mushaklari tonusini pasaytiruvchi preparat. Trospiy xlorid - to'rtlamchi ammoniy asosi, antixolinergik vositalar guruhiga kiradi. Silliq mushaklar postsinaptik membranalari retseptorlarida atsetilxolinning raqobatli antagonisti hisoblanadi. m1- va m3-xolinoreseptorlarga yuqori yaqinlikka ega. Siydik pufagi detruzorining yuqori faolligini pasaytiradi. Trospiy xlorid ba'zi gangliobloklovchi, shuningdek miotrop ta'sir ko'rsatadi (papaverin kabi). Markaziy ta'sir ko'rsatmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Nojo'ya ta'sirlarning uchrash tezligi (holatlar soni : kuzatuvlar soni): tez-tez (>1:100), ba'zida (1:100 - 1:1000), kamdan-kam (

Dozirovkasi

  • 15 mg 30 mg 5 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘rishning buzilishi, taxikardiya, og‘iz qurishi, teri qoplamalarining qizarishi. Davolash: me’dani yuvish, adsorbentlar (shu jumladan faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, siydik tutilganda kateterizatsiya, glaukomasi bo‘lgan bemorlarga - mahalliy qo‘llash uchun pilokarpin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, hidsiz tabletkalar. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar; siniqda yadro va parda qobiq ko'rinadi, har ikki qatlam oq yoki deyarli oq rangda.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolashni boshlashdan oldin pollakiuriyaning va siydikni tuta olmaslikning yurak yoki buyrak yetishmovchiligi, polidipsiya, siydik chiqarish yo'llarining o'smalari kabi organik sabablarini istisno qilish kerak.

Uretra yoki detruzor sfinkterining faoliyati buzilganida kateterizatsiya yo'li bilan qovuqni to'liq bo'shatilishini ta'minlash kerak.

Xomiladorlik va laktatsiya davri

Trospiy xloridini xomiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotkan foyda xomila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan xoldagina qo'llash mumkin (xomilador ayollarda va emizish davrida trospiy xloridini qo'llash bo'yicha adekvat qat'iy nazoratlangan tadqiqotlar o'tkazilmagan).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanilganda trospiy xlorid amantadin, tritsiklik antidepressantlar, xinidin, antigistamin dori vositalari, dizopiramid, beta-adrenostimulyatorlarning antixolinergik samarasini kuchaytiradi. Sitoxrom R450 izofermentlari tizimiga ta’sir qiluvchi dori preparatlari bilan o‘zaro ta’sir kutilmaydi, chunki moddalar almashinuvi jarayonida dori vositalarining parchalanishida ishtirok etuvchi CYP1A2, CYP2A6, CYP3C9, CYP2C19, CYP2D6, CYP2E1, CYP3A4 izofermentlari bilan trospiy xloridning o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparatni kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Dozalar

Trospiy xloridning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 45 mg ni tashkil qiladi.

Trospiy xlorid, kasallikning og'irligiga va klinik ko'rinishiga qarab, individual ravishda tavsiya etiladi, davolovchi shifokor preparat dozasini 1 sutkada 30 mg gacha pasaytirishi, yoki davolanish boshlanganidan 4 xafta o'tgach 90 mg gacha kuchaytirishi mumkin. 

Dozalash quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi:

Umumiy sutkalik doza

Kun davomidagi doza

Bir martalik doza

45 mg 

1 tabletka kuniga 3 mahal

15 mg 

90 mg 

2 tabletka kuniga 3 mahal

30 mg 

30 mg 

1 tabletka kuniga 2 mahal 

15 mg 


Qo'llash usuli va davolanish davomiyligi 

Tabletkalarni ovqatdan oldin, chaynamasdan va yetarlicha miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. 

Davolanish davomiyligi o'rtacha 2-3 oyni tashkil qiladi.

Uzoq muddatli davolanish talab etilganida, davolanish uzaytirilishi xaqidagi masala shifokor tomonidan xar 3-6 oyda ko'rib chiqiladi . 

Tabletkalarni 2 qismga bo'lish mumkin. Tabletkani 2 ta bir xil qismga bo'lish uchun, tabletkani qattiq yuzaga joylashtirib qo'lning katta barmog'i bilan bo'lish chizig'ini bosish lozim (qisqa va qattiq bosim yo'li bilan).

Maxsus patsiyentlar guruhi

Buyrak funktsiyasi pasaygan patsiyentlar 

O'rtacha va og'ir darajadagi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi 10-50 ml/min/1,73m²), boshlang'ich doza buyrak funktsiyasining buzilish og'irligiga qarab belgilanadi. 

Tavsiya etilgan sutkalik doza 1 x 15 mg yoki  2-3 x 7,5 mg (2-3 x ½ tabletkaga mos ravishda) ni tashkil qiladi. Tabletkalarni 7,5 mg dan ikkita bir xil dozaga bo'lish mumkin . 

Og'ir turdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar dori vositasini ovqat paytida qabul qilishlari lozim.

Jigar fuktsiyasini pasaygan patsiyentlar 

Jigar funktsiyasi yengil yoki o'rtacha darajada buzilgan patsiyentlarda doza korrektirovkasi talab etilmaydi.

Bolalarda qo'llanilishi

Preparat qabul qilinishi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud emasligi tufayli, 

12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparat qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. 

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Spazmeks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Spazmeks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
131 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
131 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
131 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
131 400 so'm
Bron qilish

Spazmeks haqida savollar

Spazmeks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil