Apteka.uz
SavatKirish

Urolesan

Urolesan chiqarilish shakllari

UROLESAN sirop 180ml
UROLESAN sirop 180ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Galichfarm, PAO
•69 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
UROLESAN kapsulalar  N40
Retseptsiz
UROLESAN kapsulalar N40
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
68 900 so'm dan
UROLESAN tomchilar oralnie 25ml N1
Retseptsiz
UROLESAN tomchilar oralnie 25ml N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Galichfarm, PAO
•9 ta dorixonada bor
Narxi
39 100 so'm dan
- Urolesan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Urolesanning tarkibi
- Urolesan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Urolesan narxi Toshkent dorixonalarida

Urolesan haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Siydik chiqarish yo'llari va buyraklarning o'tkir va surunkali infektsiyalari (tsistitlar va pielonefritlar); siydik tosh kasalligi va siydik kislotasi diatezi (konkrementlar olib tashlangandan keyin hosil bo'lishining oldini olish); surunkali xoletsistitlar (shu jumladan toshli), o't yo'llari diskineziyasi, o't tosh kasalligi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — jig‘ildon qaynashi; — ko‘ngil aynishi; — diareya; — 18 yoshgacha bo‘lganlar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Jigar kasalliklarida, alkogolizmda, bosh miya jarohatida, bosh miya kasalliklarida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak

Tarkibi

  • 1 kaps. urolesan® quyuq ekstrakti, 10% namlik miqdoriga qayta hisoblanganda 10.7 mg, shu jumladan yovvoyi sabzi urug‘lari ekstrakti 1.84 mg qulmoq qubbalari ekstrakti 6.33 mg oddiy tog‘rayxon o‘ti ekstrakti 1.46 mg yalpiz barglari moyi 7.46 mg oqqarag‘ay moyi 25.5 mg Yordamchi moddalar: magniy gidroksikarbonat 131.96 mg, laktoza monogidrati 50.1 mg, kanakunjut moyi 35.15 mg, magniy alyuminometasilikat 27.11 mg, talk 6.38 mg, kartoshka kraxmali 5.62 mg, dinatriy edetat digidrati 0.02 mg. Kapsula tarkibi: bo‘yoqchi xinolin sariq 0.96 mg, titan dioksidi 0.77 mg, bo‘yoqchi temir oksidi sariq 0.29 mg, bo‘yoqchi patentlangan ko‘k 0.15 mg, jelatin 96 mg gacha. oqqarag‘ay moyi 0,419g, yalpiz moyi 0,105g, yovvoyi sabzi mevalari suyuq ekstrakti 1,204g, qulmoq qubbalari suyuq ekstrakti 1,726g, tog‘rayxon o‘ti suyuq ekstrakti 1,195g; Yordamchi moddalar: polisorbat-80, limon kislotasi monogidrati, sorbin kislotasi, qandli sirop

Farmakodinamikasi

Келиб чиқиши ўсимлик бўлган мажмуавий препарат. Уролесан® препаратини таркибига кирувчи моддалар сийдик чиқариш йўллари ва буйракларда яллиғланиш кўринишларини камайтиради, буйрак ва жигарда қон айланишини кучайишига ёрдам беради, диуретик, антибактериал, сафро ҳайдовчи таъсир кўрсатади, сийдикда коллоид ҳимоя ҳосил қилади ва юқори сийдик йўллари ва ўт пуфаги силлиқ мушакларининг тонусини нормаллаштиради.   

Уролесан® мочевина ва хлоридлар чиқарилишини оширади, сийдик пуфаги ва буйракдан майда конкрементлар ва қумларни чиқарилишини осонлаштиради.

Farmakokinetikasi

Urolesan® biologik faol komponentlar kompleksi hisoblanadi, shu munosabat bilan uning farmakokinetik tadqiqotlarini o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Farmakologik ta'siri

O'simlikdan olingan majmuaviy preparat. Urolesan® preparatining tarkibiy qismlari siydik yo'llari va buyraklardagi yallig'lanish hodisalarini kamaytiradi, buyraklar va jigarning qon bilan ta'minlanishini kuchaytirishga yordam beradi, diuretik, antibakterial, o't haydovchi ta'sir ko'rsatadi, siydikda himoya kolloidini hosil qiladi va yuqori siydik yo'llari va o't pufagi silliq mushaklari tonusini normallashtiradi. Urolesan® mochevina va xloridlar ajralishini oshiradi, siydik pufagi va buyraklardan mayda konkrementlar va qumning chiqarilishiga yordam beradi. Preparat yaxshi so'riladi, ta'siri 20-30 daqiqadan so'ng boshlanadi va 4-5 soat davom etadi. Maksimal samara 1-2 soatdan keyin namoyon bo'ladi. Ovqat hazm qilish trakti va buyraklar orqali chiqariladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Odatda Urolesan® yaxshi o'zlashtiriladi. Ayrim hollarda preparatni qo'llashda quyidagilar bo'lishi mumkin: – ovqat hazm qilish trakti tomonidan: dispeptik holatlar (ko'ngil aynishi, qusish); – allergik reaktsiyalar: qichishish hissi, yuz qizarishi, teri toshmasi, angionevrotik shish (tomoqda qirilish hissi, nafas olishning qiyinlashishi, yuz, til shishi); – markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, umumiy holsizlik; – yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, gipotenziya.

Bolalar uchun qo'llanilishi

14 ёшгача бўлган болаларда Уролесан® препаратини суюқ ёки сироп дори турини қўллаш буюриш керак.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Шифокор фикрига кўра баъзи холларда аёл учун манфаатлар хомила учун мавжуд бўлган хавфдан юқори бўлган холатларда препаратни қўллаш мумкин.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi) mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ichish uchun tomchilar yashil-jigarrangdan jigarrang ranggacha, o'ziga xos yalpiz hidli Qattiq jelatin kapsulalar №0, korpusi va qopqoqchasi yashil rangli; kapsula ichidagisi - sariq-kulrangdan kulrang-jigarrang ranggacha bo'lgan yashil tusli, dog'lari va o'ziga xos hidli kukun sirop

Maxsus ko‘rsatmalari

Агар конкрементларни ўлчами 3 мм дан юқори бўлса, препаратни қўллаш мумкин эмас. Қандли диабет, шунингдек қонда глюкозани тутилиши ошган пациентлар Уролесан® препаратини қўллаганда эҳтиёткор бўлишлари зарур (препарат таркибига қандли сироп киради). Бронхоспазм пайдо бўлиш хавфи туфайли бронхиал астмаси бўлган беморлар эҳтиёткорлик билан қабул қилсин.

Ҳомиладорлик ёки эмизиш даврида қўлланиши. Ҳомиладорлик ёки эмизиш даврида препаратни қўлланилиши ўрганилмаган.

Автотранспортни ёки бошқа механизмларни бошқаришда реакция тезлигига таъсир хусусияти. Ўрганилмаган.

Болалар. Препаратни 2 ёшгача бўлган болалар қабул қилмасин.

Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтгач ишлатилмасин.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirlarning boshqa turlari. O‘rganilmagan

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Препарат ичга, овқатдан олдин қабул қилинади.

Катталар учун тавсия этиладиган дозалари: сироп 1 чой қошиқдан (5 мл) суткада            3 марта. Ўткир ҳолатларда (шу жумладан буйрак ва жигар санчиқларида) даволаш курси давомийлиги 5 кундан 7 кунгача, сурункали ҳолатларда – 7 кундан 1 ойгачани ташкил этади. Буйрак ва жигар санчиқлари пайдо бўлганда бир марталик дозани 2 чой қошиққача бир марта ошириш мумкин (10 мл), кейин олдинги одатдаги бир марталик (5 мл) дозани қабул қилишларга қайтилади.

Болалар учун тавсия этиладиган дозалари: 2-7 ёш – 2-4 мл дан суткада 3 марта; 7-14 ёш – 4-5 мл дан суткада 3 марта. Дозалаш шприц-дозатор ёрдамида амалга оширилади.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Urolesan preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Urolesan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
75 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
75 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
75 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
75 000 so'm
Bron qilish

Urolesan haqida savollar

Urolesan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil