Tribestan
Tribestan qo'llanmasi
- Tribestan kompleks terapiyada qo'llaniladi: -erektil disfunktsiyada, shu jumladan libido pasayishi bilan kechuvchi; idiopatik oligoastenoteratozoospermiya (ajratilgan spermada spermatozoidlar soni va sifatining kamayishi), varikotsele (urug' tizimchasining varikoz kengayishi) bo'yicha operativ aralashuv, immunologik bepushtlik sababli yuzaga kelgan erkaklar bepushtligida; -dislipidemiyada umumiy xolesterin darajasini pasaytirish uchun.
- — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — 18 yoshgacha bo‘lganlar; — qon ketishlarga moyillik; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- yerbag‘ir tog‘temir o‘ti quruq ekstrakti 250 mg, protodiostsinga qayta hisoblanganda kamida 112.5 mg furostanol saponinlarni saqlaydi Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (avitsel pH 101), kolloid kremniy dioksidi, povidon (kollidon K25), krospovidon (poliplasdon XL), magniy stearati, talk. Qobiq tarkibi: opadray (Opadry AMB brown): polivinil spirti (qisman gidrolizlangan), talk, titan dioksidi, temir oksidi qizil, temir oksidi qora, temir oksidi sariq, soya letsitini, ksantan yelimi.
- Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Oshqozon shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'sir (ko'ngil aynishi). Nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan yo'riqnomada ta'riflanmagan ta'sirlar paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilish kerak.
- 250 mg
- Jigarrang rangli parda qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Jigarrang rangli parda qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni qabul qilish fonida 1 oy davomida samara bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Tribestan preparatining oshqozon shilliq qavatiga ehtimoliy ta'sirlash ta'sirini oldini olish uchun preparatni ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Dori preparatining qobig‘ida soya lesitini mavjud. Yeryong‘oq oqsili yoki soyaga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga ushbu preparatni og‘ir allergik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok) xavfi yuqori bo‘lganligi sababli qo‘llash mumkin emas.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Tribestan diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) ta'sir qilmaydi.
Dori preparatini qo‘llashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashish yoki yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak!
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(iste‘molchilar uchun ilova annotasiya)
Tribestan 250 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tribestan 250 mg film-coated tablets
Preparatning savdo nomi: Tribestan (Tribestan®)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 250 mg Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti (Tribulus terrestris herba extractum siccum (35-45:1)) (furostanol saponinlarning miqdori kamida 112,5 mg)
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (101 turi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 25, krospovidon, magniy stearati, talk.
qobig‘ining tarkibi: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye171), temir (II, III) oksidi (Ye172), temir (II) oksidi (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), soya lesitini (Ye322), ksantan kamedi (Ye415).
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang, diametri 13 mm li, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tribestan Tribulus terrestris L. o‘simligining yerusti qismidan olingan, asosan furostanol turidagi steroid saponinlarini saqlaydigan tabiiy maxsulotdir. Uning ta‘sir mexanizmi asosan prostodiossin birikmasi bilan bog‘liq. Prostodiossin organizmda degidroepiandrosterongacha (DGEA) metabolizmga uchraydi, u hujayra membranalarining o‘tuvchanligiga, erektil faoliyatga, xolesterin metabolizmi va immunitetga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tribulus terrestris L. o‘simligining tarkibiga kiruvchi boshqa faol furostanol saponinlar ehtimol protodiossinning samarasini modulyasiya qiladi.
Tribestan umumiy tonusni oshiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ba‘zi faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda libido va ereksiyani tiklaydi va yaxshilaydi. Spermatogenezga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, spermatozoidlarni miqdorini va ularning harakatchanligini oshiradi, testosteronning darajasini oshiradi. Tribestan ayollarda ham libodoni yaxshilaydi, ovulyasiyani rag‘batlantiradi. Gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta‘siri natijasida tabiiy va postkastrasion klimakterik sindromda uning gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta‘siri natijasida vazomotor ko‘rinishlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Sog‘lom ko‘ngillilardagi natijalar Tribestan buyrak usti bezi gormonlari va adrenokortikotrop gormonining darajalarini jiddiy o‘zgartirmay, gipofizargonad o‘qi gormonlarining zardobdagi darajasiga ta‘sir qilishini ko‘rsatdi.
Tribestan gipolipidemik samaraga ega, shu bilan birga dislipoproteinemiyasi bo‘lgan pasientlarda qon zardobida trigliseridlarning ko‘rsatkichiga va YUZLP-XS ga ishonchli ta‘sir etmay, umumiy xolesterin va YUZLP-Xs darajasini sezilarli kamaytiradi.
Tribestan ma‘lum darajada antigipertenziv va diuretik ta‘sirga ega.
Farmakokinetikasi
Odamlarda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Tribestan libidoni pasayishini, impotensiyani (jinsiy zaiflik), erkaklar va ayollardagi bepushtlikni kompleks davolashda; dislipoproteinemiyada (yog‘lar almashinuvini buzilishi) umumiy xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteinlarni kamaytirish uchun; klimakterik va postkastrasion sindromi (tuxumdonlarni operativ olib tashlangandan keyingi holat) bo‘lgan ayollarda neyrovegetativ va ruhiy ko‘rinishlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tribestanni doimo ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.
Tabletkalar ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Libidoni pasayishi, impotensiya va bepushtlikda:
Libidoni pasayishi, impotensiya va bepushtligi bo‘lgan erkaklarga 12 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Davolash davomiyligi kamida 90 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini qoniqarli davolovchi samaraga erishilgunigacha takrorlash mumkin.
Bepushtligi bo‘lgan ayollarga hayz siklining 1chi kunidan 12chi kunigacha 12 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Bu kursni homilador bo‘lgungacha vaqtivaqti bilan takrorlash mumkin.
Dislipoproteinemiya:
2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi kamida 3 oy.
Ayollarda klimakterik va postkastrasion sindrom:
12 tabletkadan kuniga 3 marta 6090 kun davomida qabul qilish buyuriladi. Holat yaxshilanganidan keyin astasekin erishilgan samarani tutib turuvchi dozaga 12 yil davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilishga o‘tiladi.
Agar Siz Tribestanni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rashingizni iltimos qilamiz.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha dori preparatlari kabi Tribestan ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Moyilligi bo‘lgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Preparat me‘daning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar nojo‘ya ta‘sirlardan birontasi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilovavaraqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tribestanni quyidagi holatlarda qabul qilmang:
- agar Sizda faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
- og‘ir yurakqon tomir yoki buyrak kasalliklarida;
- prostata bezining adenomasida;
- agar Siz 16 yoshdan kichik bo‘lsangiz;
- Tribestan homiladorlik vaqtida va emizish davrida.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar berishingizni so‘raymiz.
Tribestanni ovulyasiyani rag‘batlantiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaralarini o‘zaro kuchayishiga olib keladi.
Tribestanni qo‘llash diuretiklar (siydik haydovchi vositalar) ning va antigipertenziv (yuqori qon bosimini davolash uchun) preparatlarning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollarni davolashda davolovchi dozadan tutib turuvchi dozaga o‘tish astasekin amalga oshirilishi kerak. Samarali doza birdan kamaytirilsa yoki bekor qilinsa, klimakterik simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.
Tribestanni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llanishi
Tabletkalarni suv bilan ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Tribestanni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganidan keyin preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirning o‘ziga xosligi
Tribestan faol diqqatga ta‘sir ko‘rsatmaydi va uni haydovchilar va mashinalar operatorlari ham qo‘llashlari mumkin.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgacha Tribestanning dozasini oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Preparat katta miqdorda qabul qilib yuborilganida shifokor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganida me‘dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga; 6 blister ilovavaraqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 (uch) yil.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. Oshqozon shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'sir (ko'ngil aynishi).
Agar yo'riqnomada ta'riflanmagan nojo'ya samaralar paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Tribestan barcha rasmlari













