Ташкент
logo
SavatKirish

SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Urologik dorilar
Faol modda:Trospiya xlorid
Ishlab chiqaruvchi:Pro. Med. CS Praha a.s.
Teglar:Sistitdan, Qovuq uchun
ATX kodi:G04BD09
Barcha Spazmeks dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 125 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) trospiy xloridini peroral qabul qilinganidan so'ng 4-6 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganidan so'ng yarim chiqarilish davri (T½) o'rtacha 5-18 soatni tashkil qiladi, to'planmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-80% ni tashkil qiladi. 20 dan 60 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganida trospiy xloridning kontsentratsiyasi qabul qilingan dozaga proportsional. Buyrak orqali chiqariladi, ko'p qismi – o'zgarmagan xolda, taxminan 10% efir bog'larining gidrolizida hosil bo'ladigan metaboliti –spiroalkogolь ko'rinishida chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Trospiy xloridi, to'rtlamchi ammoniy asosi bo'lib, antixolinergik samarasi va bevosita antispastik ta'sirlari evaziga qovuq detruzorini silliq mushaklarini bo'shashtiradi. Kontsentratsiyasiga qarab, preparat postsinaptik membranalarning retseptorlarida atsetilxolinning raqobatli antagonisti hisoblanadi. M1- va M3-retseptorlarga yuqori M2- retseptorlarga esa pastroq yaqinlikga ega. Shu bilan nikotin retseptorlariga bog'lanishi axamiyatsiz past darajada namoyon bo'ladi.
Trospiy xlorid siydik chiqarish va me'da-ichak yo'llari silliq mushaklari tonusini pasaytiradi. Bronxial, so'lak va ter bezlari sekretsiyasini ingibitsiya qilib, akkomodatsiyani falajlaydi. Markaziy samaralarga ega emas.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlarning uchrash tez-tezligi (xolatlar soni/ kuzatuvlar soni: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 - <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100); kam hollarda (≥ 1/10 000 - <1/1000); chastota aniq emas (mavjud ma'lumotlarga ko'ra aniqlash mumkin emas)

Immun tizim tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: Anafilaksiya

Aniq emas: Stivens-Djonson sinndromi (SDS) va toksik epidermal nekroliz (TEN)

Ko'rish a'zolari tomonidan:

Tez-tez emas: akkomodatsiya buzilishi ( ayniqsa gipermetropiyali  patsiyentlarda)

Yurak tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: taxikardiya

Kam hollarda: taxiaritmiya

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: nafas qisilishi

Me'da-ichak yo'llari buzilishlari:

Juda tez-tez: og'iz qurishi

Tez-tez: dispepsiya, ich qotishi, ko'ngil aynishi , qorindagi og'riqlar 

Tez-tez emas: ich ketishi, qorin dam bo'lishi

Jigar va o't-safro chiqaruvchi yo'llar tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda - laboratoriya aloxida ko'rsatkichlarining darajasini oshishi (transaminazaning axamiyatsiz yoki mo''tadil oshishi).

Teri va teri-osti to'qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: toshma

Kam hollarda: angioedema

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: siydik chiqarilishining buzilishi ( masalan, qoldiq siydik xosil bo'lishi) 

Kam hollarda: siydik tutilishi 

Boshqalar:

Tez-tez emas- xolsizlik, ko'krak qafasidagi og'riq, asteniya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni boshlashdan oldin pollakiuriyaning va siydikni tuta olmaslikning yurak yoki buyrak yetishmovchiligi, polidipsiya, siydik chiqarish yo'llarining o'smalari kabi organik sabablarini istisno qilish kerak.

Uretra yoki detruzor sfinkterining faoliyati buzilganida kateterizatsiya yo'li bilan qovuqni to'liq bo'shatilishini ta'minlash kerak.

Xomiladorlik va laktatsiya davri

Trospiy xloridini xomiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotkan foyda xomila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan xoldagina qo'llash mumkin (xomilador ayollarda va emizish davrida trospiy xloridini qo'llash bo'yicha adekvat qat'iy nazoratlangan tadqiqotlar o'tkazilmagan).

Qo'llanilishi

siydikni tutib turaolmaslik va siyishga imperativ qistovlar (detruzorning idiopatik o'ta yuqori faolligida; detruzorning neyrogen o'ta yuqori faolligida (giperrefleksiyada) - tarqoq skleroz, spinal jaroxatlar, orqa miyaning tug'ma va orttirilgan kasalliklari, insulьtlar, parkinsonizm va boshqalar);

  • intermitterlovchi kateterizm fonidagi detruzor-sfinkter –dissenergiyasi;
  • imperativ simptomatika bilan kechuvchi sistitlarni majmuaviy davolashda;
  • pollakiuriya, nikturiya;
  • tungi va kunduzgi enurez;
  • siydikni tutib turaolmaslikni aralash shakllari.
  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • faol moddaga yoki yordamchi moddalarning biron-biriga yuqori sezuvchanlik;
  • siydikning tutilishi;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • taxiaritmiya;
  • miasteniya gravis;
  • og'ir darajali surunkali ichakni yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit va Kron kasalligi);
  • toksik megakolon;
  • dializ talab qiluvchi buyrakm yetishmovchiligi ( kreatin klirensi -10ml/min/1,73m2);
  • 12 yoshgacha bo'lgan bolalar ( bolalarda trospiy xloridni qo'llash bo'yicha adekvat qat'iy nazoratlangan tadqiqotlar o'tkazilmagan)
  • Ehtiyotkorlik bilan
  • Yurak-tomir tizimi kasalliklari, ularda yurak qisqarishlar soni oshmagani ma'qul; taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi; tireotoksikoz, tana xaroratini oshishi; reflyuks-ezofagit, reflyuks-ezofagit bilan birga kechuvchi diafragmaning qizilo'ngach tushigini churrasi; obstuktiv xolatlar bilan kechuvchi me'da-ichak yo'llarining kasalliklari; axalaziya va privratnik stenozi; keksa yoshdagi bemorlarda yoki xolsizlangan bemorlarda ichak atoniyasi , paralitik ichak tutilishi; ko'z ichki bosimini oshgan kasalliklar: yopiq burchakli va ochiq burchakli glaukoma; ichakning surunkali yallig'lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit); og'iz qurishi; buyrak yetishmovchiligi; surunkali o'pka kasalliklari, ayniqsa xolsizlangan bemorlarda; vegetativ (avtonom) nevropatiya; xomiladorlik toksikozi; bolalar serebral falaji; Daun kasalligi.
  • Galaktozaga nisbatan irsiy intolerans, laktaza defitsiti yoki glyukozo-galaktoza malьabsorbtsiyasi mavjud bo'lgan patsiyentlarga Spazmeks 15 mg ni  qabul qilish mumkin emas.
  • Pediatriya
  • Spazmeks 15 mg 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilishi ta'qiqlangan. 
  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Amantadin, tritsiklik antidepressantlar, xinidin va dizopiramid, antigistamin dori vositalarining m-xolinobloklovchi samaralarini oshiradi

    beta-adrenomimetiklarning ijobiy xromotrop samarasi

    prokinetiklar ta'sirining susayishi (masalan, metoklopramid va sizaprid).

    Trospiy xloridi oshqozon-ichak traktining vosita va sekretor funktsiyasiga ta'sir o'tkazishi tufayli, birga qabul qilinayotkan dori vositalarining so'rilishi o'zgarishi mumkin. 

    Guar, kolestiramin va kolestipol kabi moddalar saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qabul qilinganida, trospiy xloridning so'rilishining  pasayishi extimoli mavjud. 

    Moddalar almashinuvida dori vositalarini bo'linishida  ishtirok etuvchi(R450 1A2, 2A6, 3S9, 2S19, 2D6, 2E1, 3A4) sitoxrom-P450 (R450) fermentlari bilan trospiy xloridning o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Shuning uchun sitoxrom tizimiga ta'sir etuvchi boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri kutilmaydi.

    Dozirovkasi

    Preparatni kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

    Dozalar

    Trospiy xloridning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 45 mg ni tashkil qiladi.

    Trospiy xlorid, kasallikning og'irligiga va klinik ko'rinishiga qarab, individual ravishda tavsiya etiladi, davolovchi shifokor preparat dozasini 1 sutkada 30 mg gacha pasaytirishi, yoki davolanish boshlanganidan 4 xafta o'tgach 90 mg gacha kuchaytirishi mumkin. 

    Dozalash quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi:

    Umumiy sutkalik doza

    Kun davomidagi doza

    Bir martalik doza

    45 mg 

    1 tabletka kuniga 3 mahal

    15 mg 

    90 mg 

    2 tabletka kuniga 3 mahal

    30 mg 

    30 mg 

    1 tabletka kuniga 2 mahal 

    15 mg 


    Qo'llash usuli va davolanish davomiyligi 

    Tabletkalarni ovqatdan oldin, chaynamasdan va yetarlicha miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. 

    Davolanish davomiyligi o'rtacha 2-3 oyni tashkil qiladi.

    Uzoq muddatli davolanish talab etilganida, davolanish uzaytirilishi xaqidagi masala shifokor tomonidan xar 3-6 oyda ko'rib chiqiladi . 

    Tabletkalarni 2 qismga bo'lish mumkin. Tabletkani 2 ta bir xil qismga bo'lish uchun, tabletkani qattiq yuzaga joylashtirib qo'lning katta barmog'i bilan bo'lish chizig'ini bosish lozim (qisqa va qattiq bosim yo'li bilan).

    Maxsus patsiyentlar guruhi

    Buyrak funktsiyasi pasaygan patsiyentlar 

    O'rtacha va og'ir darajadagi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi 10-50 ml/min/1,73m²), boshlang'ich doza buyrak funktsiyasining buzilish og'irligiga qarab belgilanadi. 

    Tavsiya etilgan sutkalik doza 1 x 15 mg yoki  2-3 x 7,5 mg (2-3 x ½ tabletkaga mos ravishda) ni tashkil qiladi. Tabletkalarni 7,5 mg dan ikkita bir xil dozaga bo'lish mumkin . 

    Og'ir turdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar dori vositasini ovqat paytida qabul qilishlari lozim.

    Jigar fuktsiyasini pasaygan patsiyentlar 

    Jigar funktsiyasi yengil yoki o'rtacha darajada buzilgan patsiyentlarda doza korrektirovkasi talab etilmaydi.

    Bolalarda qo'llanilishi

    Preparat qabul qilinishi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud emasligi tufayli, 

    12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparat qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. 

    Dozani oshirib yuborilishi

    Trospiy xloridning inson uchun maksimal bir martalik peroral dozasi 360 mg ni tashkil qiladi.

    Dozani oshirib yuborilishining belgilari, ko'rishni buzilishi, taxikardiya, og'izni qurishi va teri qoplamalarini qizarishi kabi antixolinergik simptomlarni kuchayishi xisoblanadi. Davolash: me'dani yuvish va adsorbentlarni qabul qilish (faollashtirilgan ko'mir va boshqalar), glaukomasi bo'lgan bemorlarga pilokarpinni mahalliy yuborish, siydikni tutilishida kateterizatsiya. Og'ir darajali xollarda - xolinomimetiklarni buyurish (masalan, neostigmin). Samara yetarli bo'lmaganida, yaqqol taxikardiyada va/yoki qon aylanishi barqaror bo'lmaganida –beta-blokatorlarni (masalan, EKG va arterial bosim nazorati ostida 1 mg propronalolni vena ichiga) yuborish.

    Xususiyatlar SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30

    SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 boshqa chiqarish shakllari

    SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30
    SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30
    Germaniya
    Ishlab chiqaruvchi:
    Dr. R.Pfleger, Ximicheskaya fabrika GmbX
    SPAZMEKS 0,005 tabletkalari N30
    SPAZMEKS 0,005 tabletkalari N30
    Germaniya
    Ishlab chiqaruvchi:
    Dr. R.Pfleger, Ximicheskaya fabrika GmbX

    SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 analoglari

    SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30
    SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30
    Germaniya
    Ishlab chiqaruvchi:
    Dr. R.Pfleger, Ximicheskaya fabrika GmbX
    SPAZMEKS 0,005 tabletkalari N30
    SPAZMEKS 0,005 tabletkalari N30
    Germaniya
    Ishlab chiqaruvchi:
    Dr. R.Pfleger, Ximicheskaya fabrika GmbX

    SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 savollari

    SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 fikr-mulohazalari

    Reyting 0, 0 ta sharh asosida

    Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

    scroll-top

    Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil