Ташкент
logo
SavatKirish

PERMIKSON kapsulalar 160mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Kategoriya:Urologik dorilar
Ishlab chiqaruvchi:Pierre Fabre Medicament Production
Teglar:Prostata adenomasidan, Prostatitdan, Prostata uchun, Erkaklar uchun
Vakil:Euromedex
ATX kodi:G04CX02
Barcha Permikson dorilari
76 ta dorixonada bor
Narxi 114 700 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 76 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PERMIKSON kapsulalar 160mg N30 o'xshash dorilari

PERMIKSON kapsulalar 160mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Nojo'ya samaralari

Barcha tibbiy vositalar kabi PERMIKSON ham nojo'ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham namoyon bo'lavermaydi.
Kutilishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar:
Tez-tez (100 nafar odamga 1≤10)
Bosh og'rig'i.
Qorinda og'riq.
Tez-tez (1000 nafar odamga 1≤10)
Ko'ngil aynishi
Gammaglyutamiltransferaza darajasini oshishi, transaminazalarni (jigar fermentlari) biroz oshishi
Terini qizarishi (toshma)
Ginekomastiya (erkaklarda ko'krak bezini kattalashishi). Davolash tugagunicha qaytuvchandir.
Noma'lum tez-tezlik bilan (ma'lum ma'lumotlardan tez-tezligini baholab bo'lmaydi)
Shish.

Nojo'ya ta'sirlar bo'yicha hisobot
Agar Sizda qandaydir nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, shifokor yoki farmatsevtga ma'lum qiling. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada keltirilmagan, kutilishi mumkin bo'lgan barcha nojo'ya ta'sirlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek Siz davlat tizimi hisoboti bo'yicha nojo'ya ta'sirlar haqida ma'lum qilib, Siz ushbu dori vositasining xavfsizligi haqida ko'proq ma'lumot berishga yordam berasiz.

Maxsus saqlash sharoitlari

PERMIKSONni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Preparat och qoringa qabul qilinganda ko'ngil aynishni chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. PERMIKSON prostatektomiyada o'rinbosar davolash hisoblanmaydi, shuning uchun davolash davomida Siz tibbiy kuzatuv ostida bo'lishingiz kerak.

Qo'llanilishi

PERMIKSON prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida qo'llaniladigan preparatlar guruhiga mansub bo'lib, prostata bezi darajasida ta'sir qiladi va prostataning xavfsiz giperplaziyasi bilan bog'liq simptomlarini namoyon bo'lish darajasini kamaytiradi.
PERMIKSON katta yoshdagi erkaklarda siyishni xavfsiz prostata bezi giperplaziyasi bilan bog'liq o'rtacha og'irlikdagi buzilishlarini davolash uchun qo'llanadi.

2. Permiksonni qo'llashni boshlashgacha patsiyentlar uchun zarur ma'lumot
Agar sizda Serenoa repens Lipidosterol ekstraktining faol komponentiga yoki ushbu dori vositasining boshqa ingrediyentlariga (6-bo'limda keltirilgan) allergiya bo'lgan holatlarda, PERMIKSONni qo'llamang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar Siz har qanday dori vositasini qabul qilayotgan bo'lsangiz, yaqin orada qabul qilgan bo'lsangiz yoki qabul qilishingiz kerak bo'lsa, shifokorga ma'lum qiling.
Ushbu kasallikni davolash uchun ko'pincha qo'llanadigan boshqa preparatlar (uro-antibiotiklar, antiseptiklar va yallig'lanishga qarshi preparatlar) bilan hozirgi vaqtgacha hech qanday o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan. Siz amal qilayotgan barcha davolash tartiblari haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berishingiz kerak. PERMIKSONni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
PERMIKSONni ovqat qabul qilish vaqtida, bir stakan suv bilan va chaynamasdan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Dozirovkasi

ПЕРМИКСОНни доимо Сизга шифокор буюрганидек қабул қилинг. Агар Сизда қандайдир саволлар бўлса, шифокордан ёки фармацевтдан сўранг.
Тавсия этилган доза бир капсула кунига икки марта овқат қабул қилиш вақтида, кам миқдордаги сув билан ичиш керак.

Болалар ва ўсмирларда қўлланилиши
Ушбу препарат болалар ва ўсмирларда қўллаш учун мўлжалланмаган.

Агар Сиз ПЕРМИКСОНни керагидан ортиқ қабул қилган бўлсангиз:
Симптомлар – ўткинчи меъда-ичак йўлларини бузилишлари (қоринда оғриқ) пайдо бўлади.
Доза ошириб юборилганда ёки бехосдан ичга тушса, шифокор ёки фармацевтга маълум қилинг.

Агар Сиз ПЕРМИКСОНни қабул қилишни унутган бўлсангиз:
Ўтказиб юборилган дозани ўрнини тўлдириш учун икки баробар дозани қабул қилманг.
Дозани ўзгартирмай, даволашни давом эттиринг.
Агар Сизда қандайдир саволлар бўлса, шифокордан ёки фармацевтдан сўранг.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ushbu preparat ayollarda qo'llanmaydi.
Har qanday preparatni qo'llashdan oldin shifokor yoki farm

Xususiyatlar PERMIKSON kapsulalar 160mg N30

Analoglar PERMIKSON kapsulalar 160mg N30
Analoglari yo'q

PERMIKSON kapsulalar 160mg N30 savollari

PERMIKSON kapsulalar 160mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil