URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60

URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
UDXK ingichka ichakda passiv diffuziya (taxminan 90%) hisobiga, yonbosh ichakda esa faol transport orqali so'riladi. 50 mg ichga qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Сmах) 30, 60, 90 daqiqadan so'ng - mos ravishda 3,8 mmol/l, 5,5 mmol/l va 3,7 mmol/l. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (ТСmах) 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori - 96-99 %. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Preparat muntazam qabul qilinganda UDXK qon zardobidagi asosiy o't kislotasiga aylanadi. Jigarda taurinli va glitsinli kon'yugatlarga metabolizmga uchraydi (jigar orqali «birlamchi o'tish»dagi klirens). Hosil bo'lgan kon'yugatlar safroga sekretsiya qilinadi. Preparat umumiy dozasining taxminan 50-70 % i safro bilan chiqariladi. So'rilmagan UDXK ning oz miqdori yo'g'on ichakka tushadi, u yerda bakteriyalar tomonidan parchalanishga uchraydi (7-degidroksi- lillanish); hosil bo'lgan litoxol kislotasi qisman yo'g'on ichakdan so'riladi, lekin jigarda sulfatlanadi va sulfolitoxolilglitsin yoki sulfolito-xolil- taurin kon'yugati ko'rinishida tez chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Gepatoprotektiv vosita, shuningdek o't haydovchi, xolelitolitik, gipolipidemik, gipoxolesterinemik va biroz immunomodulyatsion ta'sir ko'rsatadi. Yuqori qutbli xususiyatlarga ega bo'lgan ursodezoksixol kislotasi (UDXK) gepatotsit, xolangiotsit va oshqozon-ichak trakti epiteliotsiti membranasiga joylashib oladi, uning tuzilishini barqarorlashtiradi va hujayrani toksik o't kislotalari tuzlarining shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi, shu tariqa ularning sitotoksik samarasini kamaytiradi. Apolyar (toksik) o't kislotalari bilan notoksik aralash mitsellalar hosil qiladi, bu biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda oshqozon reflyuktatining hujayra membranalarini shikastlash qobiliyatini kamaytiradi. Bikarbonatlarga boy xolerezni rag'batlantirib va kontsentratsiyani kamaytirib, UDXK jigar ichi xolestazini bartaraf etishga samarali yordam beradi. Xolestazda Ca2+-ga bog'liq alfa-proteazani faollashtiradi va ekzotsitozni rag'batlantiradi, surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda kontsentratsiyasi oshgan toksik o't kislotalari (xenodezoksixol, litoxol, dezoksixol va b.) kontsentratsiyasini kamaytiradi. Lipofil o't kislotalarining ichakda so'rilishini raqobatli ravishda kamaytiradi, enterojigar aylanishida ularning «fraktsion» aylanishini oshiradi, xolerezni induktsiya qiladi, o't o'tishini va toksik o't kislotalarining ichak orqali chiqarilishini rag'batlantiradi. Ichakda xolesterin so'rilishini susaytirish, jigarda sintezni bostirish va o'tga sekretsiyani pasaytirish hisobiga o'tning xolesterin bilan to'yinishini kamaytiradi; xolesterinli o't toshlarining asta-sekin parchalanishiga yordam beradi, bunga asosan xolesterin dispersiyasi va suyuq kristallar hosil bo'lishi hisobiga erishiladi; o'tning litogen indeksini kamaytiradi, unda o't kislotalari kontsentratsiyasini oshiradi. Natija xolesterinli o't toshlarining erishi va yangi konkrementlar hosil bo'lishining oldini olish hisoblanadi. Oshqozon va pankreatik sekretsiyaning kuchayishini chaqiradi, lipaza faolligini kuchaytiradi, gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi. Immunomodulyatsion ta'sir gepatotsitlar membranalarida gistomutanosiblik antigenlari - HLA-1 va xolangiotsitlarda HLA-2 ekspressiyasining susayishi, limfotsitlarning tabiiy killer faolligining me'yorlashishi, interleykin-2 hosil bo'lishi, eozinofillar sonining kamayishi, immunokompetent immunoglobulinlarni (Ig), birinchi navbatda - IgM ni bostirish bilan bog'liq. Fibroz rivojlanishini kechiktiradi. Gepatotsitlar, xolangiotsitlar va oshqozon-ichak trakti epiteliotsitlari apoptozi jarayonlarini tartibga soladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish trakti tomonidan:
Klinik tadqiqotlarda ursodezoksixol kislotasi bilan davolash fonida tez-tez diareya yoki pasta ko'rinishidagi axlat kuzatilgan. Birlamchi biliar tsirrozni davolashda juda kam hollarda qorinning yuqori qismida kuchli og'riq qayd etilgan.
Jigar va o't yo'llari tomonidan:
Ursodezoksixol kislotasi bilan davolash fonida juda kam hollarda o't toshlarining kaltsiylanishi kuzatilgan. Birlamchi biliar tsirrozni kechki bosqichlarda davolashda juda kam hollarda jigar tsirrozining dekompensatsiyasi qayd etilgan, bu davolash to'xtatilgandan so'ng regressiyaga uchragan.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan:
Juda kam hollarda eshakemi kuzatilishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ursosan® Forte, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari shifokor tayinlovi bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Davolashning dastlabki uch oyi davomida shifokor jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari ACT (SGOT), ALT (SGPT) va GGT (y-GT) ni har 4 haftada va keyinchalik har 3 oyda tekshirishi kerak. Bu davolanayotgan bemorlar massasi ichidan davolashga reaksiya qiluvchi va reaksiya qilmaydigan shaxslarni aniqlashga imkon berish bilan birga, jigarning potensial shikastlanishini erta bosqichda aniqlashga, xususan PBTning kechki bosqichidagi bemorlarda imkon beradi.
Davolash jarayonini baholash uchun, shuningdek o‘t toshlarining har qanday ohaklanishini o‘z vaqtida aniqlash uchun, tosh o‘lchamiga qarab, davolash boshlangandan 6-10 oy o‘tgach o‘t pufagini vizualizatsiya qilish (oral xolesistografiya) - umumiy ko‘rinish va tik turgan hamda chalqancha yotgan holatdagi okklyuziya (UTT yordamida tekshirish) zarur.
Agar o‘t pufagini rentgen tasvirida vizualizatsiya qilish imkoni bo‘lmasa yoki ohaklangan o‘t toshlarida, o‘t pufagining qisqarish qobiliyati buzilishlarida yoki tez-tez o‘t sanchig‘i xurujlarida Ursosan® Forte ni qo‘llash mumkin emas. Birlamchi biliar sirrozning kechki bosqichini davolash uchun ishlatilganda:
Juda kam hollarda jigar sirrozi dekompensatsiyasi kuzatilgan, davolash to‘xtatilgandan so‘ng qisman regressiya bilan.
PBT bo‘lgan bemorlarda kamdan-kam hollarda davolash boshida klinik simptomlarning yomonlashishi yuzaga kelishi mumkin, ya'ni qichishish kuchayishi mumkin. Bunday holda dozani kuniga 250 mg gacha kamaytirish va uni asta-sekin tavsiya etilgan dozagacha oshirib borish kerak.
Diareya holatida dozani kamaytirish kerak, to‘xtamaydigan diareya hollarida esa davolashni bekor qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- o‘t kislotalariga yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik;
- o‘t pufagi yoki o‘t yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari;
- o‘t yo‘llarining o‘tkazmasligi (umumiy o‘t yo‘li yoki o‘t pufagi yo‘lining tiqilishi);
- tez-tez o‘t sanchig‘i xurujlari;
- rentgenmusbat (tarkibida kalsiy miqdori yuqori) o‘t toshlari.
Bolalar populyatsiyasi:
- muvaffaqiyatli natijaga olib kelmagan portoenterostomiya yoki o‘t yo‘llari atreziyasi bo‘lgan bolalarda yetarli o‘t oqimi tiklanmagan bo‘lsa.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
UrsosanВ® Forte plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini xolestiramin, xolestipol yoki alyuminiy gidroksid va/yoki smektit (alyuminiy oksidi) saqlovchi antatsidlar bilan bir vaqtda tayinlash kerak emas, chunki bu preparatlar ichakda UDXK ni bog'laydi va demak, uning so'rilishi va samaradorligini bostiradi. Ushbu preparatlarni UrsosanВ® Forte plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.
UrsosanВ® Forte plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari ichakdan siklosporin so'rilishiga ta'sir qilishi mumkin, bu qon plazmasida siklosporin kontsentratsiyasi monitoringini o'tkazishni, zarurat bo'lganda esa - uning dozalash tartibini to'g'irlashni talab qiladi. Ayrim hollarda ursodezoksixol kislotasi siprofloksatsin so'rilishini pasaytirishi mumkin.
UDXK (500 mg/kun) va rosuvastatinni (20 mg/kun) bir vaqtda qabul qilish plazmada rosuvastatin darajasining engil darajada oshishiga olib kelgan. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik relevantligi, shu jumladan boshqa statinlarga nisbatan ham noma'lum. UDXK kaltsiy antagonisti nitrendipinning plazmadagi eng yuqori kontsentratsiyasini (Smax) va farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydonini (AГњC) pasaytirishi haqida ma'lumotlar mavjud, bu nitrendipin kontsentratsiyasi monitoringini o'tkazishni talab qiladi. Nitrendipin dozasini oshirish zarurati istisno qilinmaydi. UDXK va dapson o'zaro ta'siri oxirgisining samarasi pasayishiga olib kelishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Ushbu kuzatishlar UDXK ning P450 ZA sitoxrom fermentlarini induktsiya qilish potentsialidan dalolat berishi mumkin. Biroq, P450 ZA sitoxrom substrati sifatida ma'lum bo'lgan budesonid bilan UDXK o'zaro ta'sirini puxta o'rganish davomida induktsiya kuzatilmagan.
Ba'zi dori preparatlari, masalan estrogenlar, progestogenlar (peroral kontratseptivlar), neomitsin, klofibrat xolelitiazni oshirishi mumkin, shu bilan ursodezoksixol kislotasining xolesterinli o't toshlarini eritish qobiliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Dozirovkasi
Qo'llash usuli:
Ichga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi. Tavsiya etilgan dozalashni ta'minlash uchun tabletkani bo'lish chizig'i bo'ylab sindirib ikkiga bo'lish kerak. Noto'g'ri sindirilgan segmentlar ishlatilmasligi kerak. Segment og'iz bo'shlig'ida ushlab turilganda achchiq ta'm seziladi. Ursodezoksixol kislotasining qo'llanilishida yosh bo'yicha cheklovlar yo'q, ammo 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni ushbu dori shaklida qo'llash tavsiya etilmaydi. Muntazam qabul qilish kerak.
Doza va davolash davomiyligi individual belgilanadi va ko'rsatmalarga, bemor holatining og'irligiga bog'liq.
Kattalarda o't toshlarini eritish va o't safrosi dimlanishi sababli yuzaga kelgan holatlarni davolash uchun tavsiya etilgan doza bemorning vazniga qarab har kuni 1 dan 3 tagacha plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkani tashkil qiladi (10 mg/kg/ sutka).
Odatda kechqurun bir marta qabul qilinadi.
Davolashni 4-12 hafta oraliq bilan o'tkazilgan 2 ta ketma-ket xoletsistogramma va/yoki UTT o't toshlari yo'qligini ko'rsatguncha davom ettirish kerak. Agar o't pufagidagi toshlar 12 oylik davolashdan keyin o'lchami kamaymasa, preparatni bekor qilish kerak. Toshlar qayta hosil bo'lishini oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida qo'llash tavsiya etiladi.
Xoletsistektomiyadan keyin qaytalauvchi xolelitiazni oldini olish uchun 250 mg dan (Plyonka qobiq bilan qoplangan 1/2 tabletka) sutkasiga 2 marta bir necha oy davomida tayinlanadi.
Xoletsistektomiyadan keyin qaytalauvchi xolelitiazni oldini olish uchun - 8-10 mg/kg/sut bir necha oy davomida.
Gipokinetik turdagi o't chiqarish yo'llari diskineziyasida o'rtacha sutkalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi 2 qabulda 2 haftadan 2 oygacha davomida. Zarurat bo'lganda davolash kursini takrorlash tavsiya etiladi.
Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda - sutkasiga 250 mg dan (Plyonka qobiq bilan qoplangan 1/2 tabletka), uyqudan oldin. Davolash kursi - 10-14 kundan 6 oygacha, zarurat bo'lganda - 2 yilgacha.
Turli genezli jigarning xolestatik kasalliklari, shu jumladan:
Birlamchi biliar sirroz I va II bosqich, Birlamchi sklerozlovchi xolangit.
O'rtacha sutkalik doza 1 1/2-3 1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkani tashkil qiladi (1 kg tana vazniga 14 ± 2 mg ursodezoksixol kislotasi).
Davolashning dastlabki uch oyi davomida Ursosan® Forte plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni kun davomida taqsimlash kerak. Davolash boshida klinik simptomlar yomonlashganda (qichishish kuchayishi) davolashni davom ettirish kerak, Ursosan® Forte plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini har kuni qabul qilib, keyin dozani asta-sekin oshirish kerak (haftasiga sutkalik dozani plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkaga oshirib), tavsiya etilgan dozalash rejimiga qayta erishilguncha.
Turli genezli surunkali gepatitlar (virusli, toksik, dori vositalari ta'siridagi va b.), surunkali virusli gepatit, jigarning noalkogol yog'li kasalligi, shu jumladan noalkogol steatogepatit, jigarning alkogolli kasalligida o'rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi 2-3 qabulda. Terapiya davomiyligi 6—12 oy va undan ortiqni tashkil qiladi.
Hajm/og'irlik
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60 o'xshash dorilari



URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60 xususiyatlari
Ursosan boshqa chiqarish shakllari




URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60 analoglari



URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 59881,
"stores_apteka_id": 457929,
"slug": "ursosan-forte-tabletki-500-mg-60sht",
"stores_apteka_slug": "ursosan-forte-60",
"name": "URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60",
"brand_name": "URSOSAN FORTE",
"image": "uploads/iblock/e9a/e9a670786accd01f140408a4974e2d06.webp",
"atx_code": "A05AA02",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Pro. Med. CS Praha a.s.",
"representative": {
"id": 95813,
"slug": "promed-cs-praha",
"name": "PRO.MED. CS Praha a.s."
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 508,
"slug": "gepatoprotektory-fosfolipidy",
"name": "Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar",
"external_link_title": "Gepatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gepatolog"
},
"drug_group": {
"id": 5224,
"slug": "ursosan",
"name": "Ursosan"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 22,
"slug": "chexiya",
"name": "Chexiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9298,
"slug": "ursodezoksikholevaya-kislota",
"name": "Ursodezoksixolevaya kislota"
}
],
"tags": [
{
"id": 155,
"slug": "dlya-pecheni",
"name": "Jigar uchun"
}
]
}
}













