Apteka.uz
SavatKirish

Prostamol Uno

Prostamol Uno chiqarilish shakllari

PROSTAMOL UNO kapsulalar  N30
Retseptsiz
PROSTAMOL UNO kapsulalar N30
Germaniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Katalent Germaniya Eberbax GmbX/Berlin-Farma ZAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
124 400 so'm dan
- Prostamol Uno qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Prostamol Unoning tarkibi
- Prostamol Uno ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Prostamol Uno narxi Toshkent dorixonalarida

Prostamol Uno qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya/Rossiya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi I va II bosqichi sababli yuzaga kelgan siyishning funktsional buzilishlari; — surunkali prostatitda (majmuaviy terapiya tarkibida) dizuriya simptomlarini (siyish buzilishi, tungi pollakiuriya, og'riq sindromi) bartaraf etish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 kaps. emaklovchi palma mevalari spirtli ekstrakti (9-11:1) 320 mg Yordamchi moddalar: suktsinillangan jelatin, glitserol, tozalangan suv, titan dioksidi, bo‘yoqchi temir oksidi qora, bo‘yoqchi qirmizi (Ponso 4R). sabal palmasi mevalari quyuq ekstrakti (9-11:1) 320 mg Yordamchi moddalar: suktsinillangan jelatin, glitserol 85%, tozalangan suv, titan dioksidi (E171), temir oksidi qora (E172), bo‘yoqchi ponso 4R 80% (E124).

Farmakokinetikasi

Prostamol Uno preparatining ta'siri Sabalis serrulatae mevalari ekstrakti komponentlarining umumiy ta'siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Farmakologik ta'siri

Sudraluvchi palma (Serenoa repens) mevalari ekstrakti antiproliferativ antiandrogen, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi samaralar ko'rsatadi, ular prostata bezi darajasida tanlab namoyon bo'ladi. Bunda preparat qon plazmasidagi jinsiy gormonlar darajasiga ta'sir qilmaydi, potentsiya va libidoga ta'sir qilmaydi va qon plazmasidagi prostata-spetsifik antigen darajasini o'zgartirmaydi. Preparatning mahalliy antiproliferativ ta'siri o'sish omillari (birinchi navbatda epidermal va fibroblastik) faolligining pasayishida, prolaktin retseptorlari bog'lanishining tormozlanishida va keyinchalik prostata hujayralariga signal uzatish jarayonlarining buzilishida va prostata hujayralari apoptozi jarayonlarining tezlashishida namoyon bo'ladi, bu prostata bezi hajmi o'sishining tormozlanishida aks etadi. Mahalliy antiandrogen ta'sir mexanizmi testosterondan digidrotestosteron sintezini ingibitsiya qilish (5-alfa-reduktaza I va II turdagi fermentini bostirish hisobiga) va uning prostata hujayralarining sitozol retseptorlariga fiksatsiyasi bilan bog'liq bo'lib, bu gormonning yadroga kirishiga to'sqinlik qiladi. Buning natijasida oqsil sintezi kamayadi. Mahalliy yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi sudraluvchi palma (Serenoa repens) mevalari ekstrakti fosfolipaza A2, 5-lipooksigenaza faolligini va araxidon kislotasi ajralib chiqishini ingibitsiya qilishi, shu bilan yallig'lanish mediatorlari bo'lgan prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini kamaytirishi bilan bog'liq. Prostamol® Uno kapillyarlar o'tkazuvchanligini va tomir stazini kamaytiradi, prostatada shish va yallig'lanish jarayonini kamaytiradi, siydik pufagi bo'yni va siydik chiqarish kanalining kompressiyasini bartaraf etadi, urodinamika ko'rsatkichlarini yaxshilaydi. Shu tariqa, Prostamol® Uno preparati, bir tomondan, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi patologik simptomlari (dizuriya, pollakiuriya, nikturiya, og'riqli hislar va siydik chiqarishdagi zo'riqish hissi, siydik pufagining to'liq bo'shalmasligi) ifodalanishining kamayishiga, siydik chiqarish hajmi va kuchining oshishiga yordam beradi. Boshqa tomondan, preparatni qo'llash fonida prostata bezining keyingi o'sishi va hajmining oshishi sekinlashadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar. Kamdan-kam hollarda: oshqozon sohasida og'riqlar, ko'ngil aynishi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Kapsulalar Yumshoq jelatin kapsulalar, oval, nur o'tkazmaydigan ikki rangli qizil-qora qobiqli; kapsula ichidagisi - o'ziga xos hidli yashil-jigarrang suyuqlik

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgi vaqtda Prostamol Uno preparatining klinik ahamiyatli dori o‘zaro ta’siri holatlari haqida xabar berilmagan.

Umumiy ma'lumot

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Prostamol® uno

yumshoq kapsulalar 320 mg

Serenoa palmasi mevalaridan olingan ekstrakt

Iltimos, ushbu dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotlar saqlaydi.

Bu preparatni ushbu ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga yoki shifokor yoki dorixona xodimining yo‘riqnomalariga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qilish kerak.

–     Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

–     Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumotlar yoki davolash bo‘yicha maslahatlar kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

–       Biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

–     Agar Siz o‘zingizni yaxshi his etmasangiz yoki ahvolni yomonlashishini sezsangiz, davolovchi shifokorga xabar bering.

Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:

  1. Prostamol® uno nima va u nima uchun ishlatiladi
  2. Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Prostamol® unoni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
  5. Prostamol uno preparatini qanday saqlash kerak
  6. O‘ramning ichidagisi va qo‘shimcha ma‘lumotlar.

  1. Prostamol® uno nima va u nima uchun qo‘llanadi

Prostamol® uno o‘simlikdan olingan urologik vosita (prostata bezi kasalliklarini davolash uchun dori preparati) bo‘lib, tarkibida o‘rmalovchi palma mevalarining ekstraktini (Serenoae repentis extractum) saqlaydi.

Prostamol® uno prostata bezini 1 va 2 bosqichlaridagi xavfsiz kattalashishi (kelib chiqishi xavfsiz bo‘lgan) oqibatida siyishni qiyinlashishidan aziyat chekuvchi erkaklarni davolash uchun ishlatiladi.

Prostata bezini xavfsiz kattalashishi (prostata bezini xavfsiz giperplaziyasi) ning bosqichlarini tasnifi

Bosqich Nomi Simptomlari
I Ta‘sirlanish bosqichi –      Siydik chiqarilishini tutilishi

–      Siyish vaqtini uzayishi va bo‘lib-bo‘lib siyish

–      Siydik oqimini kuchsizlashishi

–      Siyishlar sonini oshishi (ayniqsa tunda)

–      Qovuqni to‘liq bo‘shashi

II Qoldiq siydik bosqichi –      Siyishni yanada qiyinlashishi

–      Qovuqni to‘liq bo‘shamasligi, qovuqda xatto siyishdan keyin xam qoldiq siydik qoladi

–      Pasient qovuq to‘liq bo‘shamaganini his etadi

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida quyidagi simptomlar yuz berishi mumkin:

  • Tez-tez siyish, ayniqsa tunda
  • Kuchsiz yoki uzuq-uzuq siydik oqimi
  • Siydikni tomchilab chiqishi
  • Qovuqni to‘liq bo‘shamaganlik hissi
  • Siyish vaqtida og‘riq
  • Jinsiy faoliyatni buzilishi

Bu simptomlarning ko‘pchiligi prostata bezining kattalashishi hisobiga siydik chiqarish kanalini (bu kanal orqali siydik qovuqdan oqib chiqadi) torayishi oqibatida kelib chiqadi.

Prostamol® uno prostata bezi to‘qimasini o‘sishini davom etishini oldini oladi.

Prostamol® uno jinsiy faoliyatga ta‘sir qilmaydi.

Agar simptomlar kuchaysa yoki ahvolni yaxshilanishi yuz bermasa, shifokorga murojaat qilish lozim.

  1. Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak

Prostamol® unoni quyidagi holatlarda qabul qilish mumkin emas:

Serenoa palmasi mevalari ekstrakti yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga (6 bo‘limda ko‘rsatilgan) allergiyada qo‘llash mumkin emas.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qiling.

Prostamol® uno prostata bezining kattalashishidagi simptomlarni yengillashtiradi xolos. U prostata bezi kattalashishini ortga rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning uchun shifokor bilan muntazam ravishda maslahatlashish kerak.

Agar quyidagilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak:

  • Agar Sizda siydikda qon paydo bo‘lsa
  • Agar Sizda doimiy siydikni tomchilab chiqishi o‘rin tutsa (qovuqni haddan tashqari to‘lib ketishi tufayli siydikni tutib tura olmaslik)
  • Agar Sizda to‘satdan siya olmaslik (siydikni o‘tkir tutilishi) bilan birga siydik chiqarishga og‘riqli qistovlar paydo bo‘lsa.

Boshqa dori preparatlari va Prostamol® unoni qabul qilish

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ma‘lum emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Prostamol® uno transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta‘sir qiladi.

  1. Prostamol® unoni qanday qabul qilish kerak

Bu preparatni ushbu ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga yoki shifokor yoki dorixona hodimining yo‘riqnomalariga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

 

 

Dozalash:

Tavsiya qilinadigan doza: Prostamol® unoning 1 yumshoq kapsulasidan har kuni, sutkaning ayni bir vaqtida qabul qilinadi. Yumshoq kapsula ovqatdan keyin, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutiladi.

Davolash davomiyligi

Qo‘llash davomiyligi kasallikning turi, og‘irlik darajasi va kechishiga bog‘liq va vaqt bo‘yicha cheklanmagan. Davolash davomiyligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.

Prostamol® uno bilan davolash uzoq muddatli va doimiy hisoblanadi. Davolashni muvaffaqiyati uchun har kuni muntazam qabul qilish ayniqsa muhimdir. Simptomlarni yengillashishini taxminan, olti haftadan keyingina kutish mumkin. Preparatning ta‘siri to‘laqonli namoyon bo‘lguncha taxminan uch oy o‘tishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Prostamol® uno 18 yoshdan kichik bolalar va o‘smirlarga tasiya qilinmaydi.

Agar Siz Prostamol® uno ning tavsiya etilgan dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz

Hozirgi vaqtgacha Prostamol® unoning dozasini oshirib yuborish hollari qayd etilmagan.

Agar Siz Prostamol® unoni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilgan qabulni kompensasiya qilish uchun Prostamol® unoning ikki barobar dozasini qabul qilmang.

Agar Siz Prostamol® uno preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar Siz Prostamol® uno ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada xam yuz bermasada, nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin.

 

Kam paydo bo‘ladigan (1000 pasientdan 1 da kuzatilishi mumkin) nojo‘ya ta‘sirlar

  • Me‘da va ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: me‘da tomonidan nohush hislar

Nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lishi haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sir to‘g‘risida “Berlin-Xemi” Kompaniyasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzilga: Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes markaz) xabar berishingiz mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumoti yig‘ishga yordam berishingiz mumkin.

  1. Prostamol® uno ni qanday saqlash kerak

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu preparatni yig‘ma karton qutichada ko‘rsatilgan “Goden do” so‘zlaridan keyingi yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuni hisoblanadi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!

Dori vositasini kanalizasiya orqali yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Ishlatilmagan preparatni utilizasiya qilish usuli to‘g‘risida dorixona xodimidan so‘rang. Ushbu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi

Berish tartibi

Ushbu dori preparati shifokor reseptisiz beriladi

  1. O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma‘lumotlar

 

Prostamol® uno preparatining tarkibi

  • Bir kapsulada 320 mg Serenoa palmasi mevalari ekstrakti (9-11:1) saqlanadi.
  • Boshqa komponentlar: suksinillangan jelatin, gliserin, titan dioksidi bo‘yovchisi
    (Ye 171), temir (II) oksidi, temir (IV) oksidi (Ye 172), karmin laki (Ye 120).

Prostamol® uno preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Oval shaklli, tiniq bo‘lmagan, ikki xil qizil-qora rangli qobiqli, jigarrangdan to sarg‘ish yoki yashil-jigarranggacha bo‘lgan suyuqlik (moyli) saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalar.

Konteyner sifatida bosib ochish uchun alyumin folga bilan qoplangan tiniq PVDX/PVX o‘rami ishlatiladi.

15, 30 va 60 ta yumshoq kapsula saqlovchi original o‘ramlar.

Savdoda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Prostamol Uno preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Prostamol Uno narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish

Prostamol Uno barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Prostamol Uno haqida savollar

Prostamol Uno haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.1, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil