Apteka.uz
SavatKirish

Fitolizin pasta 100g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Kategoriya:Urologik dorilar
Farmakoterapevtik guruh:

Urologiyada qoʼllanadigan boshqa dori vositalari.

Ishlab chiqaruvchi:Gerbapol Varshava, OOO
Teglar:Prostatitdan, Buyrak uchun, Prostata uchun, Prostata adenomasidan
ATX kodi:G04BC
Barcha Fitolizin dorilari
114 ta dorixonada bor
Narxi 67 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 114 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Fitolizin pasta 100g haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Yopiq oʼramlarda, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Shifokor retseptisiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
100 g pasta quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar: oddiy zolotarnik oʼti, dala qirqboʼgʼimi oʼti, achchiqtaron oʼti, bugʼdoyiq ildizpoyasi, piyoz qipigʼi, qayin barglari, pajitnik urugʼlari, petrushka ildizi, lyubistok ildizi - 67,2 g; marmarak moyi - 1,0 g, qalampir yalpizli moy 0,5 g, qaragʼay moyi 0,2 g, shirin apelьsin moyi 0,15 g aralashmasining quyultirilgan ekstrakti (1:1,3 – 1,6; spirt 45°);
yordamchi moddalar: glitserin 99,5%, agar, bugʼdoy kraxmali, vanilin, etilparagidroksibenzoat (E 214), tozalangan suv

Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta; 100 g dan ichki yuzasi lak bilan qoplangan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba tibbiyotda qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakoterapevtik guruh

Urologiyada qoʼllanadigan boshqa dori vositalari.

Farmakologik ta'siri

Siydik haydovchi, yalligʼlanishga qarshi, spazmolitik taʼsir koʼrsatadi, qum va mayda konkrementlarni siydik chiqarish yoʼllaridan yuvib chiqarib yuborilishiga yordam beradi, siydikning mineral komponentlarini kristallanishini kamaytiradi.

Dori shakli

ichga qabul qilish uchun pasta

Nojo'ya samaralari

Nojoʼya taʼsirlarni yuz berish tezligi yuz berish tezligiga muvofiq quyidagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha); juda kam hollarda (<1/10,000); tez-tezligi nomaʼlum: mavjud maʼlumotlar asosida tezligini aniqlsh mumkin emas. 
Ulьtrabinafsha nurlarga yuqori sezuvchanlikda fotosensibilizatsiya koʼrinishlari yuz berishi mumkin.
Oq qayin bargi
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar (koʼngil aynishi, qusish, diareya) va allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma, eshakemi, allergik rinit). Tez-tezligi nomaʼlum.
Pajitnik
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar: qorinni dam boʼlishi, diareya. 
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi. Tez-tezligi nomaʼlum.
Oddiy Zolotarnik 
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar va allergik reaktsiyalar. Tez-tezligi nomaʼlum.
Dala qirqboʼgʼimi 
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan oʼrtacha buzilishlar va allergik reaktsiyalar (masalan, toshma). Tez-tezligi nomaʼlum.

Maxsus ko‘rsatmalari

Аgar simptomlar kuchaysa, oʼtib ketmasa yoki ularga yondosh ravishda isitma, ogʼriq va siyishni qiyinlashishi yoki siydikda qon paydo boʼlishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Fitolizin® ni 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarda qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Dori preparati koʼpi bilan 4% (hajm/hajm) etanol saqlaydi, yaʼni bir dozada koʼpi bilan 200 mg etanol saqlanadi, bu 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga ekvivalentdir. U alkogolizm bilan aziyat chekuvchi patsientlarga zarar keltirishi mumkin. Preparatning tarkibida etanolni borligi, preparat homilador yoki emizikli ayollarga, bolalarga yoki jigar kasalliklari diagnostika qilingan yoki tutqanogʼi boʼlgan patsientlarga buyurilganda eʼtiborga olinishi kerak. 
Pajitnikning qandni pasaytiruvchi samarasi tufayli, diabet yuzasidan davolanayotgan patsientlarda qonda qand darajasini sinchkov nazoratini amalga oshirish kerak.
Fitolizin® bugʼdoy kraxmali saqlaydi. Bugʼdoy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, biroq faqat juda ham oz miqdorlarda saqlashi mumkin.
Fitolizin® etilparagidroksibenzoat saqlaydi, u yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini (sekin kechuvchi reaktsiyani) chaqirishi mumkin. 
Fitolizin® preparatini qoʼllash vaqtida koʼp miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrda preparatni qoʼllanishi
Preparatning komponentlarini genotoksik taʼsirga taalluqli boʼlgan yetarli maʼlumotlar yoʼqligi sababli, preparatni homiladorlik va emiziklik davrida qoʼllash tavsiya etilmaydi. Preparatni homiladorlik davrida, agar shifokor fikriga koʼra, ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun boʼlsa, qoʼllash mumkin.
Аvtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirini oʼziga xosligi
Hozirgi vaqtga qadar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy taʼsiri aniqlanmagan, biroq preparatda etanol saqlanishini hisobga olish kerak.
Bir doza 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga toʼgʼri keladi.

Qo'llanilishi

Oʼsimliklardan olinadigan anʼanaviy dori preparati boʼlib, siydik yoʼllarining infektsion-yalligʼlanish kasalliklari bilan xastalangan patsientlarni, urolitiazni (mayda konkrementlar, «qum» bor boʼlganida) kompleks davolash tarkibida va nefrourolitiazni profilaktikasi sifatida qoʼllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•    Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik (preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar), astradoshlar (murakkab guldoshlar) (Asteraceae (Compositae)), soyabonlilar oilasi oʼsimliklariga, zolotarnikka, lyubistokka yoki oq qayin changiga (oq qayin bargiga) individual yuqori sezuvchanlik
•    buyrak yetishmovchiligi
•    yurak yetishmovchiligi
•    yurak yoki buyrak kasalligi oqibatidagi shishlarda qoʼllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning siydikni haydovchi taʼsiri tufayli, boshqa bir vaqtda qoʼllanilayotgan dori vositalarining tez chiqarib yuborilishi ehtimolini xisobga olish kerak.
Fitolizin® quyidagilarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin:
- antikoagulyantlar, nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar
- gipoglikemik dori vositalari
- litiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari
- monoaminooksidaza ingibitorlarining taʼsirini kuchaytirishi mumkin
- pentobarbital, aminopirin va paratsetamolning taʼsirini uzaytirishi mumkin.
Fitolizin® ingichka ichakda dori vositalarini soʼrilishini, shu jumladan, beta-karotin, alьfa-tokoferol va xolesterinni soʼrilishini kamaytirishi mumkin

Ta'rifi

mayda donador, yarim qattiq konsistentsiyali, qoʼngʼir-yashil rangli, oʼziga xos xushboʼy xidli pasta.

Dozirovkasi

Kattalarga, ichga pastaning 1 choy qoshigʼini ½ stakan iliq, shirin suvda eritib, kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi.
Keksa yoshdagi patsientlar: keksa yoshdagi patsientlar uchun dozani modifikatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlar: 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar: Fitolizin® ni buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar: jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda preparatni dozalash tartibi yuzasidan tavsiyalar yoʼq.
Preparatni qoʼllash kursi davomiyligi: preparatni koʼpi bilan 2-4 hafta davomida ishlatish mumkin. Аgar simptomlar kuchaysa yoki oʼtib ketmasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Diurezni kuchayishini taʼminlash uchun adekvat miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya qilingan.

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtganidan keyin ishlatilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Fitolizin pasta 100g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Fitolizin pasta 100g o'xshash dorilari

EREGRA tabletkalari 100mg N4
EREGRA tabletkalari 100mg N4
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•39 ta dorixonada bor
Narxi
10 819 so'm dan
URINAL KIDS sirop 150ml N1
URINAL KIDS sirop 150ml N1
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Walmark, a.s.»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
150 000 so'm dan
Analoglar Fitolizin pasta 100g
Analoglari yo'q

Fitolizin pasta 100g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
67 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
67 900 so'm
Bron qilish

Fitolizin pasta 100g haqida savollar

Anvar
20.11.2020 11:15
Bu siydik yo'li uchunmi erkaklar ham ishlatsa bo'ladimi?

Fitolizin pasta 100g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil