FUKORSIN eritma 25ml

FUKORSIN eritma 25ml haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Mahalliy reaksiyalar; achishish va og'riq hissi (ayniqsa bolalarda) bo'lishi mumkin, bu mustaqil ravishda o'tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni terining katta sohalariga surtmaslik kerak, chunki preparat tarkibiga kiruvchi fenol qonga o‘tishi va toksik ko‘rinishlarni (bosh aylanishi, holsizlik) chaqirishi mumkin. Preparat o‘ziga xos hidga va qizil rangga ega hamda kiyimlarni bo‘yashi mumkin.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Ayollarga homiladorlik va emizish davrlarida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri noma'lum.
Dozirovkasi
Dori preparatining birinchi qabulda yoki uni bekor qilishda ta'sir xususiyatlari - ma'lumotlar yo'q. Bolalar, surunkali kasalliklari bo'lgan kattalar tomonidan dori preparatini tibbiy qo'llash imkoniyati va xususiyatlari ko'rsatmasi - ma'lumotlar yo'q.Dozani oshirib yuborishFukorsinni uzoq muddat ishlatganda va uni terining katta joylarida ishlatganda preparat dozasini oshirib yuborish mumkin, bu fenol bilan zaharlanishga xos bo'lgan ko'rinishlar (bosh aylanishi, holsizlik, nafas olish buzilishi) bilan kechadi. Bunday ko'rinishlar yuzaga kelganda bemorga toza havo kirishini ta'minlash, simptomatik davolash o'tkazish kerak.
Hajm/og'irlik
FUKORSIN eritma 25ml o'xshash dorilari


Fukorsin boshqa chiqarish shakllari









