Ташкент
logo
SavatKirish

GALAVIT suppozitorii 50mg N5

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Farmakoterapevtik guruh:

immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi vosita.

Ishlab chiqaruvchi:SELVIM,OOO
ATX kodi:L03, G02
Barcha Galavit dorilari
134 ta dorixonada bor
Narxi 100 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 134 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 o'xshash dorilari

5
1 отзывов
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Retseptsiz
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
Narxi
36 000 so'm dan
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO, OOO
•136 ta dorixonada bor
Narxi
178 000 so'm dan
5
1 отзывов
ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun
ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•132 ta dorixonada bor
Narxi
41 700 so'm dan

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 

Faol modda: aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®) 50 mg;

Yordamchi moddalar:  vitepsol W-35 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg, vitepsol N-15 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg.

Chiqarilish shakli

Rektal shamchalar 50 mg. 5 donadan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 

Farmakokinetikasi

Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qo‘llanganidan keyin yarimchiqarilish davri 40-60 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakologik samaralari 72 soat davomida kuzatiladi.

Farmakoterapevtik guruh

immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi vosita.

Farmakologik ta'siri

Preparatning ta'sir mexanizmi makrofaglarning funktsional-metabolik faolligiga ta'sir qilish qobiliyati bilan bog‘liq.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat yallig‘lanish reaktsiyalarining darajasini, ularning siklikligini, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligini belgilovchi o‘ta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan o‘smalar nekrozi omili, interleykin-1 va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, kislorodning faol shakllarini oshiqcha sintezini 6-8 soatga qaytar ingibirlaydi. Makrofaglarning funktsional holatini normallashishi ularning antigen ifodalovchi va boshqaruvchi faoliyatini tiklanishiga va autoagressiya darajasini kamayishiga olib keladi. Preparat fagotsitozni kuchaytirib va infektsion kasalliklarga organizmning nospetsifik rezistentligini oshirib, neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini rag‘batlantiradi.

Dori shakli

Rektal shamchalar.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.



Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.



Qo'llanilishi

1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda majmuaviy davolash tarkibida immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida:

- intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi ichakning infektsion kasalliklari;

- me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;

- virusli gepatitlar;

- gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;

- papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;

- yiringli xirurgik kasalliklar (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omnetit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);

- astenik xolatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobilyatini pasayishi;

- operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);

- bakterial va virusli etiologiyali urogenital infektsiyalarni davolash va oldini olish;

- og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradontning kasalliklari;

- bakterial va virusli etiologiyali nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez kuzatiladigan O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit);

- gripp va o‘tkir reapirator infektsiyalarni oldini olish.



Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.  1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanganida antibiotiklarning kursli dozalarini pasaytirish mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.



Ta'rifi

Oqdan to sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli, uzunasiga kesimda ko‘rinadigan dog‘lari bo‘lmagan shamchalar.

Dozirovkasi

Rektal. Shamcha kontur o‘ramdan chiqarib olinadi va so‘ngra to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Oldindan ichakni bo‘shatish tavsiya etiladi. 

Preparatning dozasi va qo‘llashning davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irligi va davomiyligiga bog‘liq.

- Diareya sindromi bilan birga kechuvchi o‘tkir infektsion ichak kasalliklarida: boshlang‘ich doza bir marta 2 50 mg li shamchani tashkil qiladi, so‘ngra 1 shamchadan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari yo‘qotilgunicha. Keyinchalik kursni 1 shamchadan 72 soatlik interval bilan davom ettirish mumkin. Kurs - 20 50 mg li shamcha.

- Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida: 2 kun 2 shamchadan kuniga 1 marta, so‘ngra 1 shamchadan 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15-25 shamcha. Surunkali davrida: 5 kun 1 shamchadan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan – har 72 soatda. Kurs - 20 shamcha. 

- Virusli gepatitlarda: boshlang‘ich doza bir marta 2 shamchani tashkil qiladi, so‘ngra bittadan – kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunicha. Keyinchalik kurs 1 shamchadan 72 soatlik interval bilan davom ettiriladi. Kurs - 20 shamcha.

- Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda: 1 shamchadan har kuni 5 kun davomida, so‘ngra bittadan kunora – 15 shamcha.

- Papilloma virusi chaqirgan infektsiyalarda: 5 kun 1 shamchadan kuniga 1 marta, so‘ngra bir shamchadan kunora. Kurs – 20 shamcha.

-Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, surunkali plevritda): 5 kun bir shamchadan xar kuni, so‘ngra 1 shamchadan kunora 10 kun davomida.

- Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda: 5 kun bir shamchadan har kuni, so‘ngra bittadan har 72 soatda. Kurs - 15 shamcha. Jismoniy ishlash qobilyatini oshirish uchun: 1 shamchadan kunora, kursga - 5 shamcha.

- Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda): 1 shamchadan kuniga 1 marta - 5 shamcha operatsiyagacha, 5 - operatsiyadan keyin bittadan kunora va 5 shamcha - 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘ir kechishida boshlang‘ich doza 2 shamcha bir marta yoki bittadan kuniga 2 marta. Kurs - 20 shamcha.

- Bakterial va virusli etiologiyali urogenital infektsiyalarni davolash va oldini olishda: 1 kuni 1 shamchadan kuniga 2 marta, so‘ngra 1 shamchadan kunora. Kurs - 10-15 shamcha (patologik jarayonning og‘irligiga qarab),

- Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida: boshlang‘ich doza 1 shamchadan har kuni – 5 shamcha, so‘ngra bittadan – 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 shamcha.

- Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining tez-tez qaytalanuvchi bakterial va virus etiologiyali kasalliklarida: (tez-tez kuzatiladigan O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit): bir shamchadan xar kuni 5 kun davomida, so‘ngra 1 shamchadan kunora 10 kun davomida. Kurs - 15 shamcha.

-  Gripp va o‘tkir respirator infektsiyalarni oldini olish uchun: bir shamchadan kuniga 1 marta. Kurs - 5 shamcha.



Sotuvi

Retseptsiz.

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 boshqa chiqarish shakllari

GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
110 000 so'm dan
GALAVIT poroshok 50mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
56 295 so'm dan
GALAVIT poroshok 100mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 100mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
269 000 so'm dan
GALAVIT suppozitorii 100mg N10
Retseptsiz
GALAVIT suppozitorii 100mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
235 000 so'm dan

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 analoglari

GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
110 000 so'm dan
GALAVIT poroshok 50mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
56 295 so'm dan
GALAVIT poroshok 100mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 100mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
269 000 so'm dan
GALAVIT suppozitorii 100mg N10
Retseptsiz
GALAVIT suppozitorii 100mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
235 000 so'm dan

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 savollari

GALAVIT suppozitorii 50mg N5 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil