Apteka.uz
SavatKirish

GALAVIT suppozitorii 100mg N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:SELVIM,OOO
ATX kodi:L03, G02
Barcha Galavit dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 235 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qo'llanilgandan so'ng T 40-60 daqiqani tashkil qiladi.

Asosiy farmakologik ta'sirlar 72 soat davomida kuzatiladi.

Farmakologik ta'siri

Ta'sir mexanizmi makrofaglarning funktsional-metabolik faolligiga ta'sir qilish qobiliyati bilan bog'liq.

Yallig'lanish kasalliklarida yallig'lanish reaktsiyalari darajasini, ularning tsiklliligini, shuningdek intoksikatsiya yaqqolligini belgilovchi giperfaollashgan makrofaglar tomonidan o'sma nekrozi omili, interleykin-1 va boshqa yallig'lanish oldi sitokinlari, kislorodning faol shakllari ortiqcha sintezini qaytar (6-8 soatga) ingibitsiya qiladi. Makrofaglar funktsional holatining normallashishi makrofaglarning antijenni taqdim etish va tartibga solish funktsiyasini tiklashga, autoagressiya darajasini pasaytirishga olib keladi.

Neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini rag'batlantiradi, fagotsitozni kuchaytiradi va organizmning infektsion kasalliklarga nospetsifik rezistentligini oshiradi.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda: allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Galavit® preparati antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgi sanalganlarning kursli dozalari kamayishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • homiladorlik;
  • laktatsiya davri;
  • 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (50 mg suppozitoriylar uchun);
  • individual toqat qilolmaslik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Galavit® preparatining boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.

Dozirovkasi

Rektal. Suppozitoriy kontur o'ramdan chiqariladi va keyin to'g'ri ichakka kiritiladi. Oldindan ichakni bo'shatish tavsiya etiladi.

Preparatning dozasi va qo'llash davomiyligi kasallikning xarakteri, og'irligi va davomiyligiga bog'liq.

Suppozitoriy 100 mg

Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlarga

Diareya sindromi bilan kechuvchi o'tkir ichak infeksiyalarida boshlang'ich doza bir marta 2 supp., keyin - 1 supp. dan kuniga 2 marta intoksikatsiya belgilari bartaraf etilgunga qadar. Keyinchalik kursni 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan davom ettirish mumkin. Kurs 20-25 supp. ni tashkil qiladi.

Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligida o'tkir davrda - 2 supp. dan kuniga 1 marta 2 kun davomida, keyin - 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs 15-25 supp. ni tashkil qiladi. Surunkali davrda - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan 72 soatda. Kurs 20 supp. ni tashkil qiladi.

Virusli gepatitlarda boshlang'ich doza bir marta 2 supp., keyin 1 supp. dan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig'lanish belgilari bartaraf etilgunga qadar. Keyinchalik kursni davom ettirish - 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs 20-25 supp. ni tashkil qiladi.

Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 1 supp. dan har kuni 5 kun davomida, keyin - 1 supp. dan kunora 15 kun davomida buyuriladi.

Odam papillomasi virusi chaqirgan kasalliklarda preparat 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan kunora buyuriladi. Kurs 20 supp. ni tashkil qiladi.

Urogenital infeksiyalarda (xlamidiyali va trixomonadali uretrit, xlamidiyali prostatit) - 1-kuni 1 supp. dan kuniga 2 marta, keyin - 1 supp. dan kunora. Kurs patologik jarayonning og'irligiga qarab 10-15 supp. ni tashkil qiladi.

Salpingooforit, endometritda o'tkir davrda 2 kun davomida 2 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan buyuriladi. Surunkali davrda - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan har 72 soatda. Kurs 20 supp. ni tashkil qiladi.

Kichik chanoq a'zolarining o'tkir va surunkali yiringli kasalliklarida - o'tkir davrda preparat 1-kuni 2 supp. bir marta, keyin 3 kun davomida 1 supp. dan har kuni, keyin - 1 supp. dan kunora 5 kun davomida buyuriladi. Kurs - 10 supp. Surunkali davrda preparat 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan har 72 soatda buyuriladi. Kurs 20 supp. ni tashkil qiladi.

Bachadon miomasi bo'lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi va tug'ish yoshidagi bemorlarda operatsiyadan keyingi davr asoratlarida - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan kunora. Kurs - 15 supp.

Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda jarrohlik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) operatsiyadan oldin - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, operatsiyadan keyin - 1 supp. dan kunora (5 supp.) va 5 supp. - 72 soat oraliq bilan buyuriladi. Kasallikning og'ir kechishida preparatning boshlang'ich dozasi 2 supp. bir marta yoki 1 supp. dan kuniga 2 marta ni tashkil qiladi. Kurs - 20 supp.

Surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, saramasda - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin - 1 supp. dan kunora. Kurs - 20 supp.

Astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlarda, ruhiy, xulq-atvor va postabstinent buzilishlarda, alkogol va giyohvandlikka qaram bo'lgan bemorlarda - 5 kun davomida 1 supp. dan har kuni, keyin - 1 supp. dan 72 soatda. Kurs - 15-20 supp.

Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun - 1 supp. dan kunora - 5 supp., keyin - 1 supp. dan 72 soatda. Kurs - 20 supp. gacha.

Og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatining yallig'lanish kasalliklari, parodont kasalliklarida preparatning boshlang'ich dozasi 1 supp. dan har kuni 5 kun davomida, keyin - 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs - 15 supp.

Gripp va o'tkir respirator infeksiyalarning nospetsifik profilaktikasi va davolash uchun - 1 supp. dan kuniga 1 marta. Kurs - 5 kun.

Suppozitoriy 50 mg

6-12 yoshli bolalarga

Diareya sindromi bilan kechuvchi o'tkir infeksion ichak kasalliklarida, boshlang'ich doza bir marta 2 supp., keyin 1 supp. dan kuniga 2 marta intoksikatsiya belgilari bartaraf etilgunga qadar. Keyinchalik kursni 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan davom ettirish mumkin. Kurs - 20 supp.

Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligida o'tkir davrda - dastlabki 2 kunda 2 supp. dan kuniga 1 marta, keyin 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs - 15-25 supp. Surunkali davrda - 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin 1 supp. dan 72 soatda. Kurs - 20 supp.

Virusli gepatitlarda boshlang'ich doza bir marta 2 supp., keyin 1 supp. dan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig'lanish belgilari bartaraf etilgunga qadar. Keyinchalik kursni davom ettirish - 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs - 20 supp.

Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 1 supp. dan har kuni 5 kun davomida, keyin 1 supp. dan kunora - 15 supp. buyuriladi.

Odam papillomasi virusi chaqirgan kasalliklarda, 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, keyin 1 supp. dan kunora buyuriladi. Kurs - 20 supp.

Yiringli jarrohlik kasalliklarida (kuyish jarohatlari, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, yiringli plevrit) 1 supp. dan har kuni 5 kun davomida, keyin 1 supp. dan kunora 10 kun davomida buyuriladi.

Astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlarda - 5 kun davomida 1 supp. dan har kuni, keyin 1 supp. dan 72 soatda. Kurs - 15 supp.

Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun - 1 supp. dan kunora; kurs - 5 supp.

Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda jarrohlik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) operatsiyadan oldin 5 kun davomida 1 supp. dan kuniga 1 marta, operatsiyadan keyin 1 supp. dan kunora (5 supp.) va 5 supp. - 72 soat oraliq bilan buyuriladi. Kasallikning og'ir kechishida boshlang'ich doza bir marta 2 supp. yoki 1 supp. dan kuniga 2 marta ni tashkil qiladi. Kurs - 20 supp.

Bakterial va virusli etiologiyali urogenital infeksiyalarni davolash va oldini olish uchun preparat 1-kuni 1 supp. dan kuniga 2 marta, keyin 1 supp. dan kunora buyuriladi. Kurs 10-15 supp. (patologik jarayonning og'irligiga qarab).

Og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatining yallig'lanish kasalliklari, parodont kasalliklarida boshlang'ich doza har kuni 1 supp. dan - 5 supp., keyin 1 supp. dan 72 soat oraliq bilan. Kurs - 15 supp.

Bakterial va virusli etiologiyali nafas yo'llari va LOR-a'zolarining tez-tez qaytalanuvchi kasalliklarida (tez-tez O'RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit) - 1 supp. dan har kuni 5 kun davomida, keyin 1 supp. dan kunora 10 kun davomida. Kurs - 15 supp.

Gripp va o'tkir respirator infeksiyalarning profilaktikasi uchun - 1 supp. dan kuniga 1 marta. Kurs - 5 supp.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GALAVIT suppozitorii 100mg N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 o'xshash dorilari

POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
188 500 so'm dan
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
12 000 so'm dan
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan

Galavit boshqa chiqarish shakllari

GALAVIT poroshok 50mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
69 500 so'm dan
GALAVIT suppozitorii 50mg N5
Retseptsiz
GALAVIT suppozitorii 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
99 299 so'm dan
GALAVIT poroshok 100mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 100mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
269 000 so'm dan
GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
110 000 so'm dan

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 analoglari

GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
GALAVIT 0,025 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
110 000 so'm dan
GALAVIT poroshok 50mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
69 500 so'm dan
GALAVIT poroshok 100mg N5
Retseptli
GALAVIT poroshok 100mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
269 000 so'm dan
GALAVIT suppozitorii 50mg N5
Retseptsiz
GALAVIT suppozitorii 50mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SELVIM,OOO
Narxi
99 299 so'm dan

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
270 000 so'm
Buyurtma berish
Arzon Dorixona
Shayxontoxur tumani, Ibn Sino mavze, 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
235 000 so'm
A7 Chilonzor
Chilonzor tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-01:00
250 000 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
270 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
270 000 so'm
Bilol Farm Plus
Chilonzor tumani, 9 daha, Cho'pon ota ko'ch., 12 uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-09:00
360 000 so'm

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 haqida savollar

GALAVIT suppozitorii 100mg N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil