GENFERON suppozitorii 1000000me N10

GENFERON suppozitorii 1000000me N10 o'xshash dorilari




GENFERON suppozitorii 1000000me N10 qo'llanmasi
Preparat rektal kiritilganda interferonning yuqori biokiraolishligi (80% dan ortiq) qayd etiladi, shu sababli ham mahalliy, ham yaqqol tizimli immunomodulatsiyalovchi ta’sirga erishiladi; intravaginal qo‘llanilganda infeksiya o‘chog‘ida yuqori konsentratsiya va shilliq qavat hujayralarida fiksatsiya hisobiga yaqqol mahalliy virusga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunda qin shilliq qavatining past so‘rilish qobiliyati hisobiga tizimli ta’sir arzimas darajada bo‘ladi. Qon zardobida interferonning Cmax ko‘rsatkichiga preparat kiritilgandan so‘ng 5 soat o‘tgach erishiladi. Chiqarilishining asosiy yo‘li buyrak katabolizmidir. T1/2 12 soatni tashkil etadi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash zaruratini belgilaydi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish. Bu hodisalar qaytuvchan va doza kamaytirilgandan yoki preparat bekor qilingandan keyin 72 soat o'tgach yo'qoladi.
Preparat 10 mln. ME/ dozada yuborilganda quyidagi nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshadi.
MNS tomonidan: bosh og'rig'i.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya.
Boshqalar: tana haroratining oshishi, ko'p terlash, toliqish, mialgiyalar, ishtahaning yo'qolishi, artralgiyalar
Urogenital reinfeksiyani oldini olish uchun jinsiy sherikni bir vaqtda davolash masalasini ko'rib chiqish tavsiya etiladi.
Preparatni hayz ko'rish vaqtida qo'llashga ruxsat beriladi.
Genferon® preparati alohida diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (transport vositalarini, mashina uskunalarini boshqarish va h.k.) ta'sir qilmaydi.
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Genferon® urogenital kasalliklarni davolash uchun qo'llaniladigan DVs (shu jumladan antibiotiklar va boshqa mikroblarga qarshi preparatlar) bilan kombinatsiyada eng samarali. Nonarkotik analgetiklar benzokain ta'sirini kuchaytiradi. Benzokain sulfanilamidlarning antibakterial faolligini pasaytiradi.
Erkaklarda urogenital traktning infeksion-yallig'lanish kasalliklarida preparat rektal 1 supp. dan (kasallik og'irligiga qarab 500 ming-1 mln. ME) kuniga 2 marta 10 kun davomida buyuriladi.
Xususiyatlar GENFERON suppozitorii 1000000me N10
Genferon boshqa chiqarish shakllari







