GIDROKORTIZON 3,0 ko'z uchun maz 0,5%

GIDROKORTIZON 3,0 ko'z uchun maz 0,5% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Nojo'ya samaralari
Ko‘rish a'zosi tomonidan: achishish, skleralar qizarishi; uzoq vaqt qo‘llanilganda - orqa subkapsulyar katarakta, ko‘z ichi bosimining oshishi, ekzoftalm, ko‘zning ikkilamchi zamburug‘li, bakterial yoki virusli infektsiyasi rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o‘zgarishlari.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat bilan davolash vaqtida kontakt linzalardan foydalanmaslik kerak.
Ko'z tomchilari qo'llanilganda, ularning applikatsiyasi va mazni surtish orasidagi vaqt oraliq - kamida 15 daqiqani tashkil qilishi kerak.
Maz 2 haftadan ortiq qo'llanilsa va anamnezda glaukoma bo'lsa, ko'z ichki bosimini nazorat qilish kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Maz qo'llanilgandan so'ng 30 daqiqa davomida yuqori diqqatni talab qiluvchi mashg'ulotlardan saqlanish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— vaksinatsiya davri;
— ko'zning virusli, zamburug'li va infeksion zararlanishlari;
— ko'z epiteliysi butunligining buzilishi;
— traxoma;
— ko'z sili;
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Arterial gipertenziya, qandli diabet, homiladorlikda, laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
GKS fonida antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), karbutamid va azatioprin qo'llanilganda katarakta rivojlanish xavfi oshadi.
GKS ni xolinoblokatorlar (shu jumladan antigistamin preparatlar, tritsiklik antidepressantlar) va nitratlar bilan bir vaqtda qo'llash ko'z ichki bosimi oshishiga yordam beradi.
Dozirovkasi
GIDROKORTIZON 3,0 ko'z uchun maz 0,5% o'xshash dorilari



Gidrokortizon boshqa chiqarish shakllari



GIDROKORTIZON 3,0 ko'z uchun maz 0,5% analoglari








